Sintetik tolalar



Yüklə 419,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix05.10.2023
ölçüsü419,12 Kb.
#125635
1   2   3   4   5   6   7   8
Suniy tolalar

Poliefir tola. 
Lavsan nefti qayta ishlash mahsulotlaridan ishlab chiqariladi. 
Bunday tola AQSHda darkon, GDRda lalon, Angliya va Kanadada terilen
Polshada elana deb ataladi.
Lavsan tuzilishi va fizik-mexanik xossalari jihatidan kapronga o‗xshaydi: 
nisbiy uzilish nagruzkasi 40—45 kH/teks, uzilish paytidagi cho‗ziluvchanligi 20-
25%. U ho‗l holatda xossalarini o‗zgartirmaydi, engil, qayishqoq, sovuqqa, kuyaga 
chidamli, chirimaydi. Kaprondan farqli ravishda lavsan konsentrasiyalangan 
kislota va ishqorlar ta`sirida emiriladi.
Lavsan gigroskopikloigi juda past—0,4%. SHuning uchun gazlamalar 
to‗qishda shtapel tola tarzidagi lavsanga tabiiy va viskoza shtapel tolalar 
aralashtiriladi. Ayniqsa uni juni aralashtirib ishlatish keng rasm bo‗lgan. 
Sof lavsan g‗altak iplar, to‗r texnik gazlamalar, sun`iy mo‗yna, gilam va shu 
kabilar tayyorlash uchun ishlatiladi.
Issiqqa chidamliliga jihatidan lavsan kaprondan ustun turadi: yumshash 
temperaturasi 235
o
C. Lekin masus ishlov (termofiksatsiya) dan o‗tkazilmagan 
lavsanli gazlamar 140
o
C dan ortiq temperaturada va juda ho‗llab dazmollaganda 
kirishishi va rangi aynishi, hatijada gazlamalarda ketmas dog‗lar paydo bo‗lishi 
mumkin.
Alangaga tutilganda lavsan avval suyuqlanadi, so‗ngra tutovchi sarg‗ish 
alanga berib sekin yonadi.
Poliakrilonitril tolalar. 
Nitron toshko‗mir, neft yoki gazni qayta ishlash 
mahsulotlaridan olinadi. Bunay tolalar SHvetsiya va SHvetsariyada akril, Polshada 
anilana, yaponiyada beslon, ekslan, kashmilon, bonnel GDRda vetrelon deyiladi.
Bunday tolalar kapron va lavsanga qaraganda mayinroq va tovlanuvchanroq. 
Ishqalanshga chidamliligi jihatidan nitron hatto paxtadan ham past turadi. 
Nitronning uzilishga pishiqligi kapron va lavsannikidan ikki marta kichiq 
uzilishdagi uzayishi 16—22%, gigroskopikligi juda past – 1,5%. Nitronning ba`zi 
qimmatli xossalari bor: kiyim tozalashda ishlatiladigan material kislotalar
ishqorlar, organik erituvchilar, bakteriyalar, mog‗or, kuya ta`siriga chidamli. 
Issiqni saqlash xossalari jihatidan nitron jundan ustun turadi.
Nitronning yumshash temperaturasi 200—250
o
C. nitron alangaga tutilganda 
suyuqlanadi va yorqin sarg‗ish alanga berib, chaqnab-chaqnab yonadi. 
Ustki trikotaj kiyimlar tikishda nitron sof holda, ko‗ylaklik va kostyumlik 
gazlamalar to‗qishda jun, paxta va viskoza tolalarga aralashtirib ishlatiladi. 

Yüklə 419,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə