Sintetik tolalar



Yüklə 419,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix05.10.2023
ölçüsü419,12 Kb.
#125635
1   2   3   4   5   6   7   8
Suniy tolalar

Polinoz tola. 
Polinoz tola viskoza shtapel tolaning bir xili bo‗lib, xossalari 
jihatidan uzun tolali paxta tolalarining xossalariga yaqin turadi. 
Polinoz tolalar ishlab chiqarish jarayoni oddiy viskoza tolalar olish 
jarayoniga o‗xshaydi. 
Polinoz tolalar ko‗ndalang kesimi bo‗yicha strukturasining bir tekisligi 
jihatidan boshqa tolalardan farq qiladi. Polinoz tolalar oddiy viskoza shtapel 
tolalarga 
qaraganda 
cho‗zilishga pishiqroq bo‗ladi, kamroq uzayadi 
(cho‗ziluvchanligi kam), qayishqoqligi katta, ho‗l holatda pishiqligini kamroq 
yo`qotadi, ishqorlar ta`siriga yaxshiroq chidaydi. 
Polinoz tolalarning asosiy ko‗rsatkichlari: 
chiziqli zichligi 
0,166—0,126 
teks, 
uzilishdagi uzayishi 
12—14 %, ho‗l holatda 
pishiqligini yo`qotishi 
20—25 %.
Polinoz tolalarning qimmatli xossalari ularni uzun tolali a`lo navli paxta 
o‗rniga ishlatishga va viskoza tolalardan tayyorlanadigan buyumlar ishlab 
chiqarshga imkon beradi. 
Ko‗ylaklik vaplashlik gazlamalar, mayin trikotaj polotnolar, g‗altak iplar 
ishlab chiqarishda polinoz tolalardan sof holda ham, paxta bilan aralashtirib ham 
foydalanish munkin. Kirishmaydigan va kam kirishadigan gazlamalar ishlab 
chiqarishda uzun tolali paxta o‗rniga polinoz tolalarni ishlatish mumkin. Bunday 
tolalardan tayyorlangan buyumlar kirishmaydi, ko‗rkam, shoyiga o‗xshab tovlanib 
turadi.
Mis-ammiak tola. 
Bunday tola paxta sellyulozasidan tayyorlanadi. Paxta 
momig‗ini mis-ammiak reaktivida eritish yo`li bilan yigiruv eritmasi olinadi. 
Bunday tola ho‗l usulda olinadi; cho‗ktirish vannasiga cuv yoki kuchsiz ishqor 
solinadi. 
Mis-ammiak tolaning ko‗ndalang kesimi deyarli dumaloq, boyalma 
ko‗rinishi silindir shaklida. Viskoza tolalarga qaraganda ingichkaroq, mayiroq, 
kamroq tovlanadi va ho‗l holatda pisiqligini kamroq (40—45 %) yo`qotadi. Mis-
ammiak tolalarning kimyoviy xossalari va yonishi viskoza tolalarnikiga o‗xshaydi. 
Mis-ammiak tolalar uncha ko‗p ishlatimaydi, chunki viskoza tolalarni ishlab 
chiqarishga qaraganda ularni ularni chiqarishga ko‗proq mablag‗ sarflanadi. 

Yüklə 419,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə