Sirtqi bo`lim ta'lim sohasidagi tadqiqotlar va innovatsiyalar


OLIY TA’LIM PEDTEXNOLOGIYALARINING PROGNOZLARI



Yüklə 4,07 Mb.
səhifə12/182
tarix01.10.2023
ölçüsü4,07 Mb.
#125125
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   182
to\'plam tayyor

OLIY TA’LIM PEDTEXNOLOGIYALARINING PROGNOZLARI.
UMAROV O.Q., i.f.n., FarDU sirtqi bo‘lim dotsenti.
Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi B.EMINCHAYEV
Farg‘ona Politexnika instituti talabasi F.URAIMOV

Oliy ta’limda kunduzgi, kechki, sirtqi bo‘limlar faoliyat ko‘rsatib kelayapti. O‘quv yurtlarini bakalavrlar va magistrlar bitirib chiqishayapti. Ishlab chiqarishning kadrlarga bo‘lgan extiyoji umuman bajarilayapti. Ayrim sohalarda hamon mutaxassislar yetishmaydi. Masalan, buxgalteriya hisobi(tarmoqlar kesimida), soliq, budjet, sug‘urta sohalarida nomutaxassislardan foydalanib kelinayapti. Boshqaruvda ham sohadan uzoq mutaxassislardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Hatto, rus tili va adabiyoti mutahassisi buhgalteriya hisobi kafedrasini boshqarayotgan hollar ham uchraydi.


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ichki talabni alohda o‘rganib, kerakli mutaxassislarni yetarli miqdorda tayyorlash muammolariga alohida e’tibor qaratishi juda muhim. Vazirlik tarkibida fanlar bilan shug‘ulanadigan boshqarmaning borligi bu muammoni chuqur o‘rganish imkoniyatini beradi. Hamma o‘z bilim malakasi bo‘yicha faoliyat olib borsin. Vazirlikda bunday nazorat huquqi bo‘lmasa, endi berish kerak. Chunki, sohasining sirlaridan behabar kishilar fermer xo‘jaliklari boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotganligi sababidan har bir gektar paxta maydonidan 50 o‘rniga 28 sentnerdan hosil olib kelayapmiz. Ma’lumki, bundan 4 yil ilgari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘i bilan Xitoy Xalq Respublikasidan paxtachilik bo‘yicha mutaxassis taklif qilindi. Maqsad har bir gektar yerdan 50 va undan ortiq hosil olayotgan Xitoy texnologiyasini O‘zbekistonda joriy qilish edi. Mutaxassis Toshkent viloyatida 3 yil mehnat qildi. Natijaga erisha olmadi. Mutaxassisning aytishicha sabab, yerda emas. Yerlar juda yaxshi. Asosiy sabab, odamlar, ularning nomutaxassisliklari va mas’uliyatsizliklari bilan bog‘liq. Albatta, bularning orqasida manfaatlar turadi.
Fan xodimlari, ishlab chiqarishni tashkil etishning fermer xo‘jaligi shakli bugungi kun talablariga javob bera oladimi degan savol ustida tadqiqotlar olib borishlariga to‘g‘ri keladi. Ehtimol, ekin yerlarini talabgor oilalarga 5-6 gektardan ajiratib berib, dalada nima o‘stirishini davlat buyurtmasi asosida aniqlashtirish kerakdir? Tayyor mahsulotni haqiqiy tannarx ustiga 15-25 % gacha foyda qo‘shib tayyorlov toshkilotlari qabul qilib olib, chuqur qayta ishlovchilarga yetkazib berishi to‘g‘risida o‘ylab ko‘rish kerakdir? Shunda, mehnat taqsimoti samarali tashkil etilib, ishlab chiqaruvchi sotish to‘g‘risida o‘ylamay, faqat hosilni ko‘paytirish ustida izlanadigan bo‘larmidi?
Oliy ta’lim masofadan ham beriladigan bo‘lib borayapti. Buning yaxshi va kamchillik tomonlari ham bor. O‘qish, o‘rganishda qo‘l bilan ushlab turib kitob o‘qishning ahamiyati juda katta. Darsliklar yetarli bo‘lishi juda muhim. Internetdan olib, kompyuterdan chiqarib topshirilayotgan nazorat ishlari bilimga asos bo‘la olmaydi. Kitobdan o‘qib, qo‘l bilan yozib topshirilgan nazorat ishlari samara beradi. O‘qish og‘ir mehnatligini talabalar tushunib olishlari muhim. Axborot texnologiyalari material va topshiriqlarni tez, oson yetkazish uchun kerak. Nazorat ishlarini “bajarib” xeymsga yuklash, keyin kelib himoya qilish kutilgan natijani bermaydi. Internetdan olib, ayrim joylarini yodlab olib, mohiyatini tushunmay, himoya qilib uch baho olib keyingi kursga ko‘chishlar tayyorgarlik darajasini pasaytirib yuboradi. Professor-o‘qituvchi va talaba yuzma-yuz turib mehnat qilishlari juda muhim. Masofadan turib yuborilgan amaliyot hisobotlari ham naf keltirmaydi. Oliy o‘quv yurtlari ixtisoslashgan bo‘lishi ham juda muhim. 10-15ta yo‘nalishli universitetlarning ham 10-15 ta ishlab chiqarish fabrikalari, sexlari, bolalar ta’lim tashkiloti, maktablari, kasalhonalari bo‘lishi kerak. Universitet-3.0 konsepsiyasi amalda qo‘llanilishi kerak. Bu juda katta samara berishi dunyo amaliyotida o‘z tasdig‘ini topgan. Talaba diplom bilan birga amaliy ish tajribasi va ozroq, o‘qish uchun to‘lov va shaxsiy xarajatlaridan ortgan sarmoyani olib ketadi. Qishloq xo‘jalik sohalari uchun yer maydonlari o‘qish manziliga yaqin bo‘lishi kerak. 21-asrda aloqa va yo‘l, transport muammolari qolmadi. Oliy o‘quv yurtini qishloq joylarda ham tashkil etish mumkin, endi.
Professor-o‘qituvchilar ilmiy daraja va amaliy ish tajribalariga ega bo‘lishi muhim. Magistraturani o‘qib tamomlagan, lekin ish tajribasiga ega bo‘lmagan yoshlar oliygoh ixtiyoridagi zavod, fabrika, sexlarda ishlab chiqarish tajribasi olishlari mumkin. Ayrim yaxshi tashkil qilingan ishlab chiqarishlar katta daromadlar keltirishi, ilmiy tadqiqotlar, tajriba-sinov ishlarini samarali yo‘lga qo‘yishga sharoit yaratib berishi tabiiy hol.
Tabiiyki, hamma o‘z mutaxassisligini ustun qo‘yadi. Bu yaxshi va tabiiy hol. Lekin, oliy ma’lumotli fuqaro, ayniqsa ilmiy darajali rahbar boshqa sohlardan ham habardor ,keng mushohidalik bo‘lishi muhim. Har qanday harakat, hatto talaba yozgan tezis ham ozgina bo‘lsa ham naf olib kelishi kerak. Natija bo‘lishi karak. Ta’lim sohalaridagi rahbarlar Talabalarga va xodimlarga qulay sharoitlar yaratish to‘g‘risida o‘ylaydigan, yechim topadigan mutaxassislar bo‘lishlari kerak. Ming qo‘shchiga bir boshchi. Yangi O‘zbekistonda imkoniyatlar hamma joyda bor. Imkonyatni ko‘ra oladigan yo‘l boshchi kerak holos. Masalan, Prezidentning ko‘rsatmasi bilan poytaxt Toshkent shahrining markaziy maydonlarida o‘sib turgan manzarali daraxtlar orasidagi bo‘sh joylarga bir tupdan past bo‘yli, foydalanish uchun qulay, serdaromad tut daraxtlari ekildi. Ipakdan yigirilgan 1 gram jarrohlik ipi qancha turishini hammamiz bilamiz. Dunyo meditsinasiga tonnalab jarrohlik ipi kerakligini ham bilamiz. Shaharlarning istirohat xududlarini oliygohlar egallab olsalar bo‘ladi. Xodimlar, talabalar va ko‘plab mebelchi, ipak qog‘oz ishlab chiqaruvchi, pillakor, ipakchi, to‘quvchi, tikuvchi, eksportchilar ishda band bo‘ladilar. Professor-o‘qituvchilar, texnik xodimlar qo‘shimcha ish haqiga, talabalar daromadga ega bo‘ladilar. Mamlakat YAIMi ortadi. Davlat budjeti defitsitsiz bo‘ladi. Ijtimoiy ximoya imkoniyatlarimiz ortadi. Ta’lim sifati ko‘tariladi. Yoshlar faolligi keskin ortadi. Eng muhimi, bilim olishga intilish ortadi.
Jismoniy ta’lim sohalari bo‘yicha stadionlar, sport zallari bor. Bu juda yaxshi. Lekin, boshqa sohalar uchun kompyuter xonalari yetishmaydi. Kutubxonalarda fanlar kesimidagi darsliklar yetishmaydi. Darslik va qo‘llanmalar yaratishga katta e’tibor qaratish kun tartibida bo‘lishi muhim. Laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar uchun qo‘llanmalar ko‘plab fanlar bo‘yicha ishlab chiqilmagan. Joriy nazorat, oraliq nazorat, mustaqil ish, ishlab chiqarish amaliyoti bo‘yicha hisobot va bitiruv malakaviy ish kabi talabalar bajarishi kerak bo‘lgan yozma ishlarning 2-3 variantdagi namunalariga ham extiyojlar bor.
Sirtqi ta’limda talaba mustaqil o‘qib, o‘rganishi uchun oldinda turgan semestr boshlanishidan kamida 4-5 oy oldin o‘quv reja va oldinda turgan semestr fanlari bo‘yicha topshiriqlar, hamda darsliklar bilan ta’minlangan bo‘lishi muhim. Talaba semestr boshlangach kelib, darslar jadvalini ko‘rish hollari deyarli barcha oliygohlarda odatiy holga aylanib ulgurdi. Sirtqi ta’limning mohiyatini unutib qo‘yganmiz. Sirtqi ta’limdagi pedagogik texnologiyani tubdan qayta ko‘rib chiqish, fan o‘qituvchilari tarkibini amalyotdan kelgan talabalarga yangi bilimlar bera oladigan, amaliyotni ko‘rgan professor-o‘qituvchilar bilan boyitish masalasi ham kun tartibida turgan masalalardan biridir. Barcha ta’lim yo‘nalishlarida ishlab chiqarish va bitiruv oldi amaliyotlarini tashkil etishga yangicha yondashishga ehtiyoj bor. Bunda, tibbiyot oliy o‘quv yurtlari tajribalaridan keng foydalanishga extiyoj bor.
Ayrim yo‘nalishlarda, asosiy mutahassislik fanlaridan boshqa fanlarga e’tiborsizlik bilan qarash hollari ham uchraydi. Masalan, madaniyat va san’at yo‘nalishi kabi sohalar uchun iqtisodiyot, soliqlar va soliqqa tortish, sug‘urta ishi, buxgalteriya hisobi asoslari fanlardan o‘quv adabiyotlari umuman yo‘q. Shu kabi fanlardan har o‘quv yilida yangi o‘qituvchilar tayinlanadi. Vaholanki, har qanday yo‘nalishning bitiruvchisi o‘zining amaliy ish faoliyatida yuqoridagi kabi fanlardan olinadigan bilimlarga zarurat sezishadi.
Pedagogik texnologiyalarning samaradorligini ta’minlash uchun ta’lim olish madaniyati meyorlarini kelishib olishga extiyoj bor. Talaba har hil kiyimlarda, qo‘lida telefon va qulog‘ida eshitgich bilan, dars tugashiga 5 daqiqa qolganda, hammaning e’tiborini tortib, kirib kelmasligi kerak. Boshqa, o‘qishni hoxlovchi talabalarga halaqit bergan holda telefondagi rasmlarni tomosha qilib, yonida o‘tirgan talabani e’tiborini telefondagi ma’lumotlarga tortishga xarakat qilishi hollari ham uchraydi. Boshqalarga halaqit qiladi. Ayrim talabalar, juma nomoziga borishini aytib, darsdan ketishga ruxsat so‘raydi. Ularga bir kunlik tafakkur, bir yillik toat-ibodatdan afzalligini tushuntirishga urinish befoyda. Oliy ta’limning madaniyati masalasini xozirgi paytda hatto vazirlik doirasida ham hal qilish mumkin bo‘lmay qoldi. Extimol, Oliy Majlis bu masalani ko‘rib chiqib, zarur huquqiy asos ishlab chiqishi kerakdir. Chunki, ota-onalarning dunyo qarashlari turlicha. Masalaga nuqta qo‘yadigan qonuniy asosga extiyoj bor. Masalaga yechim topishning iloji bo‘lmasa, dam olish kunini yakshanbadan jumaga ko‘chirishga to‘g‘ri kelishi ham mumkin. Imomlarimiz, hatto maktab o‘quvchilariga ham, bolalar maktabga boringlar, oldin dunyoviy bilimlarni o‘rganinglar deya olmay, darsdan qochib, juma nomoziga kelishni amalda rag‘batlantirishayapti.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:


1. Umarov O. Q. Xo‘jalik huquqi. “Farg‘ona” nashryoti, 2008 y. 148 b.
2. Umarov O.Q. Soliqlar va soliqqa tortish. “Farg‘ona” nashryoti, 2009 y. 162 b.
3. Umarov O.Q. Jumaqulov Z.I. va boshqalar. Buxgalteriya hisobi asoslari. Toshkent “Davr press”, 2010 y. 196 b.
4. Umarov O.Q. Mannopova M.S. Karimova D.O. Soliqlar va soliqqa tortish. Farg‘ona-2013 y. 143 b
5. Umarov O.Q. Jumaqulov Z.I. va boshqalar. Moliya va soliqlar. Farg‘ona-2014 y. 308 b.
6. Butabayev M.T. Umarov O.Q. va boshqalar. Makroiqtisodiyot. Farg‘ona-2019 y. 318 b.
7. Butabayev M.T. Umarov O.Q. i dr. Teoriya i praktika “zelyonoy” ekonomiki. Fergana-2019 g. 506 st
8. Umarov O.Q. Madaniyat va san’at muassasalari iqtisodiyoti. Farg‘ona-2022 y. 166 b.
9. Umarov O.Q. Soliqlar va soliqqa tortish noiqtisodiyot ta’lim yo‘nalishlarining talabalari uchun. Farg‘ona-2022 y. 76 b.
10. Umarov O.Q. Oila iqtisodiyotining mustahkamlik zahirasi. Farg‘ona- 2023 y. 162 b.
11. O.Umarov. Hududlarda iqtisodiy mustaxkamlik zahirasi yaratishning samaradorligi. Far DU ilmiy xabarlarini 2019 yil № 5-soni 61-63 betlar.
11. O.Umarov. D.Xakimov. Ekonomika i sotsium. №6 (73)-2020. 265-268 str. CONCEPT OF GUAPANTEE DEVOLEPMENT OF ENCLAVE TERRITORUES. www.iupr.ru
12. O.Umarov, O.Olimov Yerdan foydalanish samaradorligi. OBRAZOVANIYE I NAUKA V XXI VEKE. №26. 2022 goda.
13. O.Umarov, O.Olimov Fermer xo‘jaligining samaradorligi. OBRAZOVANIYE I NAUKA V XXI VEKE. №26. 2022 goda.

  1. Eminchayev B. O'ZBEKISTONDA ZAMONAVIY MAXSUS PEDAGOGIKANING HOZIRGI MUAMMOLARI //Евразийский журнал технологий и инноваций. – 2023. – Т. 1. – №. 5 Part 2. – С. 115-119.

  2. Eminchayev B. DEVELOPMENT TENDENCIES OF THE ECONOMY OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN //International Bulletin of Applied Science and Technology. – 2023. – Т. 3. – №. 5. – С. 751-754.

  3. Maxsud o‘g‘li B. M., Muxammadjonovich I. B. TA’LIM TIZIMIDA MOBIL ILOVALARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI //ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. – 2023. – Т. 22. – №. 2. – С. 24-32.

  4. Ergashev R. N., Bakhramov M. M. TRANSPARENT CONDUCTIVE SN BASED //Horizon: Journal of Humanity and Artificial Intelligence. – 2023. – Т. 2. – №. 5. – С. 724-727.

  5. Maksud B. M., Mukhammadjonovich I. B. The Importance of Using Mobile Applications in the Educational System //Best Journal of Innovation in Science, Research and Development. – 2023. – Т. 2. – №. 5. – С. 247-253.

  6. Maxsud o‘g‘li B. M., Muxammadjonovich I. B. TA’LIM TIZIMIDA MOBIL ILOVALARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI //ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. – 2023. – Т. 22. – №. 2. – С. 24-32.

  7. Akhmadalieva, M. (2023). WAYS OF INCREASE EFFICIENCY IN BUILDING MATERIALS ENTERPRISES. International Bulletin of Applied Science and Technology3(5), 755-760.

  8. Qodirovna, A. M., & Doniyor o'g'li, O. J. (2023). ASOSIY IQTISODIYOT MUAMMOLARINI YECHISHDA O ‘ZBEKISTON INFRATUZILMASIGA INVESTITSIYALARNING O ‘RNI. Gospodarka i Innowacje.34, 21-27.

  9. Qodirovna, A. M., & Doniyor o'g'li, O. J. (2023). ASOSIY IQTISODIYOT MUAMMOLARINI YECHISHDA O ‘ZBEKISTON INFRATUZILMASIGA INVESTITSIYALARNING O ‘RNI. Gospodarka i Innowacje.34, 21-27.




Yüklə 4,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə