Sirtqi bo`lim ta'lim sohasidagi tadqiqotlar va innovatsiyalar


Oliy ta’limda, Fan va Innovatsiyalar birligining samaradorligi



Yüklə 4,07 Mb.
səhifə13/182
tarix01.10.2023
ölçüsü4,07 Mb.
#125125
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   182
to\'plam tayyor

Oliy ta’limda, Fan va Innovatsiyalar birligining samaradorligi.
O.Umarov FarDU dotsenti.
Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi B.Eminchayev
Farg‘ona Politexnika instituti talabasi F.Uraimov
ANNOTATSIYA: Maqola oliy o‘quv yurtlari o‘z talabalarini ish bilan ta’minlashi bilan bogliq yechimlarga bag‘ishlangan.
Kalit so‘zlar: Rekreatsiya xududlari.Tutlar ko‘chatlari.Ipak qurti.Qurtxona.Ijara.Amaliy tadqiqotlar.Kasaba uyushmasi.Iqtisodiy mustaqil talaba.Xodimlarga qo‘shimcha daromad.Ilmiy uslubiy Markaz.O‘z-o‘zini mablag‘ bilan ta’minlash.Top mingtalik.
Yangi tashkil topgan vazirlik kompleks(to‘liq),keng ko‘lamli tashkilot bo‘lib, unda bor imkoniyatlar boshqa xech bir vazirlikda yo‘q.Vazirlik,uzog‘i bilan 4 yil o‘tib,davlat budjeti mablag‘larini olishdan voz kecha oladi. Qanday? Vazirlik” nazorat”ni boshqa funksiyalar bilan almashtiradi.Chunki,bitiruvchining bilim,tajriba va tashkilotchilik bo‘yicha sifati uchun oliy o‘quv yurti o‘zi javob baradi.Oliy o‘quv yurti yaxshi ishlay olmasa o‘z-o‘zidan tugab ketaveradi.O‘quv yurtlari o‘rtasida raqobat boshlandi. Raqobat chegarasi kengayib boraveradi. Vazirlik, endi ilmiy-metodik markazga aylanib boradi. Akademik tadbirkorlik,o‘quv adabiyotlari yetkazib berish,Universitet-3.0 konsepsiyasi kabi sohalar vazirlikni molyaviy ta’minlash yechimlariga aylanadi.Dunyo ta’limi va fani soxalaridagi yangiliklarni muttasil o‘rganib borish xam shular jumlasidan.Kadrlarga bo‘lgan talabni o‘rganish va yangi ta’lim yo‘nalishlarini tezkor tashkil qilib borish boshqaruv soxasidagi №1 vazifa bulib qoladi.Bugun 2- 3-kursda, keraksiz yo‘nalishda o‘qib turgan talabani turdosh, kerakli yo‘nalishda o‘qishini davom ettirib,yangi yo‘nalish bitiruvchisi sifatida diplomli bo‘lishigacha bulgan vaziyatlarni,talabga ko‘ra boshqarish odatiy xolga aylanadi. Xavas uchun ochilgan,real ish joyi yo‘q yo‘nalishlarni ko‘rib chiqish vaqti xam kelib qoldi.Ish joyi va talab bo‘yicha kerakli kadrlarni tayyorlash kerak.
Oliy o‘quv yurtlari,talabalar,vazirlik bo‘limlari pulni qayerdan olishadi? Budjet mablag‘idan voz kechish uchun oldin manbaa yaratib olish kerak emasmi? Qolaversa, talabalar xam ta’lim uchun to‘lovni ota-onalaridan olmasdan qanday o‘qiy olishadi?
Bu juda oddiy. Ilmiy,texnik yechimlar topadigan bo‘lgunimizcha,oddiy imkoniyatlardan foydalanib turamiz.Shunda,oliygox 100% o‘z-o‘zini mablag‘ bilan ta’minlab,yuqori turuvchi tashkilotini xam pul bilan ta’minlab turadigan bo‘ladi.Talaba uyidan pul so‘ramay,o‘qish pulini o‘zi to‘laydi.Kundalik xarajatlarini qoplab,kiyim bosh xam sotib oladi.Qo‘lida kichikroq sarmoya bilan, o‘qishdan diplom olib, ishlab chiqarishga ketadi.Biznes tajriba orttirib ketadi.Voyaga yetkazgan ota-onadan pul olib o‘qish modadan chiqadi.17 yoshdan keyin o‘zini pul bilan ta’minlash odatga kiradi.Yoshlarda ortiqcha bo‘sh vaqt bo‘lmaydi. Jinoyatchilik yoshlar orasida keskin kamayadi.Qanday?Qanday imkoniyat bor?Yoshlar o‘sha imkoniyatdan foydalanishni xoxlamasalar-chi?Bu yer O‘zbekiston.Bir jinsli nikoxlar tuzadigan g‘arb emas.Erkatoylarga, zarurat bo‘lsa ,qattiq turamiz.Darslardan keyingi bo‘sh vaqtda yoshlar mexnat qilishadi.Daromad ishlab topishadi.Amaliy biznes tajribalari orttirishadi .Mehnat qilishni xoxlamaganlarga ta’lim uchun to‘lov 2 karra orttirib qo‘yiladi.Bu chorani ota-onalar qo‘llab quvvatlashadi.Barcha oliy o‘quv yurtlari talabalar uchun ish o‘rinlari,texnik xodimlari uchun ikkinchi ish o‘rinlari barpo qilishi kerak.Tezroq xarakat boshlash kerak.
Professor-o‘qituvchilar ham,majlislarda o‘tirmay ijod bilan band bo‘lishadi.Akademik tadbirkorlik rivojlanadi. 800-1200 bet kitoblar yozish o‘rniga, naf keltiradigan tadqiqotlar olib borish bo‘yicha aniq yo‘nalishlarni, vazirlik ko‘rsatib turadi. Texnik xodimlar ham ikkinchi biznesda qatnashib katta daromad ishlab topadigan bo‘lishadi.Professor 12 oyda 120 million so‘m ishlab topayapti,xolos.Oddiy, yakka tartibda ishlovchi tadbirkor 1,2 milliard so‘mdan ko‘p pul ishlab topayapti. Olimlarning ixtirolarini patentlashda qog‘ozbozlik ko‘p.Mualliflik huquqlari ximoyasi to‘g‘risida gap xam yuritilmaydi.Professor o‘z ixtirosidan foydalanayotganlarni qidirib yurmasligi kerak.Bu ishlar bilan xam vazirligimiz shug‘ulanishi kerak.Professor gonorar olib turishi uchun nima qilish kerak?Professor-o‘qituvchilarga yana bitta daromad manbaasini taklif qilish mumkin. Qanday?Oliygoxlar atrofidagi ko‘chalar,bog‘-xiyobonlar,ko‘p qavatli uylar atrofida o‘sib turgan manzarali daraxtlar orasidagi bo‘sh joylarga bir tupdan past bo‘yli,foydalanish uchun qulay,serbarg tut ko‘chatlari ekiladi.Universitet atrofidagi 1-1,5 kilometr radius ichidagi xududda 30 ming tup atrofida ko‘chatlar ekib foydalanish imkoni bor. Ko‘chatlar va qurtxonalar Professor-o‘qituvchilarning puliga sotib olinadi.Ko‘chat va qurtxona egalari, ularni ijaraga berib daromad olishadi.Texnik xodimlar tut qatorlar yaqiniga o‘rnatiladigan qurtxonalarni tasarruf qilishadi.Talabalar ipak qurti uchun barg terib berishadi.Tutdan yilda bir marta olinadigan novda(mebel),qovzoq(ipak qog‘oz),ipak qurtidan ortib qolgan barg(choy),pilla ipagini chuqur qayta ishlashadi.Qurt qumalogi(oshqozon-ichak kasalliklarining davosi) va pilla g‘umbagi(inson terisini yoshartirib,silliqlaydi) xam shular jumlasidan.
Tut ko‘chatlari birinchi yildayoq, yerga o‘rnashib olgach(iyul oyidanboshlab),100-300 gramdan barg bera boshlaydi.Sentabr,oktabr oylarida 2 marta ipak qurti bokish mumkin.Bir quti(19 gram) ipak qurtini bir marta boqib 50-65 kg. pilla olish uchun 1000-1200 kg.gacha barg sarflanadi.Bir tup 5-6 yosh tut 5-6,5 kg.barg beradi.Pilladan 35-45 %-gacha ipak olinadi.2kg.pilladan 1 quti ipak qurti urugligi olinadi. 30 ming tup tutlar bargi bilan 150 quti ipak qurti 5 marta takror-takror boqiladi.Pilla(150 x 50 kg. x 5 marta)37500kg.,ipak 13125kg.Bir marta kesib olingan novda1500 kub metrdan ortiq yog‘och xom ashyosi,qovzoq 60 tonnadan ko‘proqni tashkil etadi.Qurt qumalog‘i va pilla g‘umbagi ham 100 kishini ishda band qiladi.Kosmetika maxsulotini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilsa, pilladan ham ko‘p daromad keltirishi mumkin.2-5 – marta qurt boqish uchun barglar qo‘l bilan terib olinadi.1 kg. terib berilgan barg uchun 2-3 ming so‘m xaq to‘lanadi.Oliy o‘quv yurti tashqaridan narsa sotib olmasdan,barcha xom ashyolarni o‘zi chuqur qayta ishlashi hatto ipak qurti urug‘ligini ham o‘z labaratoriyalarida jonlantirib,foydalanishi kerak.Baxona izlagan odam,demak maqsadni tushunmapti. Davlatdan ekin yeri so‘ralmaydi,mablag‘ so‘ralmaydi.Daromad solig‘i to‘lanadi. Bahona o‘rniga yechim izlash kerak
Ipakdan atlas,adras,ipak gilam,ayollar ichki kiyimlari,sharflari,kostyumlari,parashyut va jarroxlik iplari ishlab chiqariladi. 30-50 ming tup past bo‘yli tutlardan olinadigan xom ashyolar 10-15 ming kishini(0,5 stavka) yil davomida to‘liq band qiladi.Birinchi yildan boshlab yilma yil ortib boradigan bandlik,yetarli ish yuritish tajribasini beradi. Bu ishlarga kim,qaysi tashkilot bosh bo‘ladi? Kasaba uyushmalarida ko‘pchilik bilan ishlash tajribasi bor. Birinchi yili ishlagan- ko‘chat ekkan,sug‘organ,bosh bo‘lgan kishilarga ish xaqlari 2-yil oxirida to‘lanadi.Vaziyat shuni taqazo qiladi.Keyincha, har qanday mexnatga vaqtida haq to‘lab boriladi. Tutlarini va qurtxona(sex)larini ijaraga beruvchilar ham 1-2-yillari,kamroq haq olishadi. 5-yildan boshlab kamida 200ming so‘mdan 1 tup uchun ijara xaqi olishadi.Chunki(200 : 5)xar safar qurt boqish uchun 40 ming so‘m uncha qimmat bo‘lmaydi. Qurtxona uchun ijara to‘lovini xam amortizatsiya meyori va shu summaga nisbatan 25% foydani qo‘shish bilan boshqaruv kengashi belgilaydi.Necha yilgacha ijara xaqi olib turishadi? Kelishib olish, Nizomda ko‘rsatish kerak.Istiroxat(rekreatsiya) xududlari davlat yeri xisoblanadi.Mobodo, tutning o‘rni davlatga kerak bo‘lib,uni ko‘chirish kerak bo‘lib qolsa,tut egasi tovon puli talab qilmaydi.Davlat to‘lasa,olaveradi. Ijara puli olish muddati 25 yil qilib belgilanishi mumkin.Ijara muddati o‘tgach tutlar oliygox balansiga o‘tadi.Tutlar ekilgan yili davlat kadastirida ro‘yxatdan utkaziladi.Egasi, 25 yil muddatga ro‘yxatda ko‘rsatiladi.Ijaraga beruvchilar daromaddan 5-yildan boshlab daromad solig‘i to‘lashni boshlaydilar.
Oliygohlar ham 2-yildan boshlab vazirlikka boshqaruv haqi to‘lashga o‘tishlari kerak. Tutchilik biznesi,ko‘p qo‘l mexnati talab qiladigan,ekologik toza,haridori ko‘p,tayyor mahsulotlari uzoq saqlanadigan,transportda tashish oson,yengil,alohida tayyorgarlik talab qilmaydigan soha. .Yechilmagan muammolari juda ko‘p.Nega? Chunki,fan faqat ipakchilik bilan shug‘ulanib kelgan. Ipak yetishtirishning ozuqa bazasi bilan shug‘ulanilmagan. Turkiyaliklar baland va tik tog‘larda pista yetishtirib,butun dunyo farmatseptikasini pista moyi bilan ta’minlab kelayapti.Biz rekreatsiya xudadlari va boshqa noekin yerlardan foydalansak uyatmi?Universitet hovlisida past bo‘yli tutlar yoki manzarali(majnuntut) tutlar o‘sib tursa,daromad bersa yomonmi?
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Umarov O. Q. Xo‘jalik huquqi. “Farg‘ona” nashryoti, 2008 y. 148 b.
2. Umarov O.Q. Soliqlar va soliqqa tortish. “Farg‘ona” nashryoti, 2009 y. 162 b.
3. Umarov O.Q. Jumaqulov Z.I. va boshqalar. Buxgalteriya hisobi asoslari. Toshkent “Davr press”, 2010 y. 196 b.
4. Umarov O.Q. Mannopova M.S. Karimova D.O. Soliqlar va soliqqa tortish. Farg‘ona-2013 y. 143 b
5. Umarov O.Q. Jumaqulov Z.I. va boshqalar. Moliya va soliqlar. Farg‘ona-2014 y. 308 b.
6. Butabayev M.T. Umarov O.Q. va boshqalar. Makroiqtisodiyot. Farg‘ona-2019 y. 318 b.
7. Butabayev M.T. Umarov O.Q. i dr. Teoriya i praktika “zelyonoy” ekonomiki. Fergana-2019 g. 506 st
8. Umarov O.Q. Madaniyat va san’at muassasalari iqtisodiyoti. Farg‘ona-2022 y. 166 b.
9. Umarov O.Q. Soliqlar va soliqqa tortish noiqtisodiyot ta’lim yo‘nalishlarining talabalari uchun. Farg‘ona-2022 y. 76 b.
10. Umarov O.Q. Oila iqtisodiyotining mustahkamlik zahirasi. Farg‘ona- 2023 y. 162 b.
11. O.Umarov. Hududlarda iqtisodiy mustaxkamlik zahirasi yaratishning samaradorligi. Far DU ilmiy xabarlarini 2019 yil № 5-soni 61-63 betlar.
11. O.Umarov. D.Xakimov. Ekonomika i sotsium. №6 (73)-2020. 265-268 str. CONCEPT OF GUAPANTEE DEVOLEPMENT OF ENCLAVE TERRITORUES. www.iupr.ru
12. O.Umarov, O.Olimov Yerdan foydalanish samaradorligi. OBRAZOVANIYE I NAUKA V XXI VEKE. №26. 2022 goda.
13. O.Umarov, O.Olimov Fermer xo‘jaligining samaradorligi. OBRAZOVANIYE I NAUKA V XXI VEKE. №26. 2022 goda.

  1. Eminchayev B. O'ZBEKISTONDA ZAMONAVIY MAXSUS PEDAGOGIKANING HOZIRGI MUAMMOLARI //Евразийский журнал технологий и инноваций. – 2023. – Т. 1. – №. 5 Part 2. – С. 115-119.

  2. Eminchayev B. DEVELOPMENT TENDENCIES OF THE ECONOMY OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN //International Bulletin of Applied Science and Technology. – 2023. – Т. 3. – №. 5. – С. 751-754.

  3. Maxsud o‘g‘li B. M., Muxammadjonovich I. B. TA’LIM TIZIMIDA MOBIL ILOVALARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI //ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. – 2023. – Т. 22. – №. 2. – С. 24-32.

  4. Ergashev R. N., Bakhramov M. M. TRANSPARENT CONDUCTIVE SN BASED //Horizon: Journal of Humanity and Artificial Intelligence. – 2023. – Т. 2. – №. 5. – С. 724-727.

  5. Maksud B. M., Mukhammadjonovich I. B. The Importance of Using Mobile Applications in the Educational System //Best Journal of Innovation in Science, Research and Development. – 2023. – Т. 2. – №. 5. – С. 247-253.

  6. Maxsud o‘g‘li B. M., Muxammadjonovich I. B. TA’LIM TIZIMIDA MOBIL ILOVALARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI //ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. – 2023. – Т. 22. – №. 2. – С. 24-32.

  7. Akhmadalieva, M. (2023). WAYS OF INCREASE EFFICIENCY IN BUILDING MATERIALS ENTERPRISES. International Bulletin of Applied Science and Technology3(5), 755-760.

  8. Qodirovna, A. M., & Doniyor o'g'li, O. J. (2023). ASOSIY IQTISODIYOT MUAMMOLARINI YECHISHDA O ‘ZBEKISTON INFRATUZILMASIGA INVESTITSIYALARNING O ‘RNI. Gospodarka i Innowacje.34, 21-27.

  9. Qodirovna, A. M., & Doniyor o'g'li, O. J. (2023). ASOSIY IQTISODIYOT MUAMMOLARINI YECHISHDA O ‘ZBEKISTON INFRATUZILMASIGA INVESTITSIYALARNING O ‘RNI. Gospodarka i Innowacje.34, 21-27.




Yüklə 4,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə