Sirtqi bo`lim ta'lim sohasidagi tadqiqotlar va innovatsiyalar


IQTISODIYOT VA IMKONIYATLAR TAXLILI



Yüklə 4,07 Mb.
səhifə11/182
tarix01.10.2023
ölçüsü4,07 Mb.
#125125
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   182
to\'plam tayyor

IQTISODIYOT VA IMKONIYATLAR TAXLILI.
O. UMAROV, FARDU DOTSENTI.
IJTIMOIY GUMANITAR FANLAR KAFEDRASI O‘QITUVCHISI B.EMINCHAYEV
FARG‘ONA POLITEXNIKA INSTITUTI TALABASI F.URAIMOV
Annotatsiya: Yangi O‘zbekistonning ilmiy va amaliy jabxalarida yangi,”imkoniyatlar iqtisodiyoti” tushunchasidan foydalanishdan olinadigan daromadlar va ish o‘rnilari oddiy misollar bilan izoxlab beriladi.
Kalit so‘zlar: Imkoniyat,iqtisodiyot,mulk,rag‘bat,xamkorlik,soliq,ichki investitsiya,ish o‘rnilari.
Imkoniyatlar hamma sohalarda bor. 30 sentner o‘rniga 60 sertner paxta hosili olish imkoniyati bor. Buning uchun qo‘shimcha xarajatlar qilish yoki yangi texnologiyalarni qo‘llash kerak bo‘ladi. Qo‘shimcha hosil ko‘proq daromad olib keladi. Sanoat hom ashyolari ko‘payib, qo‘shimcha ish o‘rnilari paydo bo‘ladi. Eksport xajmi ortib, valyuta tushumlari ko‘payadi. Yosh tadqiqotchilar yangiliklar asosida doktorlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilib olishadi v.x.k.
Yutuqlar, imkoniyatlarni ko‘ra bilish va ulardan to‘g‘ri foydalana olish bilan bevosita bog‘liq. Imkoniyatlar hamma sohalarda bor. Hamma joylarda bor. Farg‘ona tumani va Quvasoy shaxarlari xududlarida qir-adirlar bor. O‘sha bekor yotgan suvsiz, baland-past, tosh- shag‘al joylardagi imkoniyatlardan xam foydalanish mumkin. Byujet mablag‘ini sarflamay foydalanish mumkin. Buning uchun jurnalistlarni muhokamaga taklif qilib, maqsadni oddiy tilda tushintirib berish va ular bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhim. Jurnalistlar o‘z chiqishlarida suvsiz dashtda yong‘oq,o‘rik pista, bodom yetishtirishga talabgor ishbilarmon tadbirkorlarni topa olishadi. Tadbirkorlar esa 2-3 yil sun’iy sug‘orish yo‘li bilan, keyinchalik esa yomg‘ir va qor suvi bilan o‘saveradigan daraxtzorlarni tashkil eta oladilar. Buning uchun ularda kerakli tajriba, mablag‘ va ishchi kuchi bor. O‘zlashtiriladigan dasht-qirlar kim oshdi tartibida sotilmasligi, soliqlarga tortilmasligi muhim. Natija tezda bo‘y ko‘rsata qolmaydi. Yong‘ok, o‘rik, pista, bodom 5-10 yilda meva beradi. Tadbirkor daraxtlari hosil bera boshlashiga qadar tezroq daromad olishi kerak. Qanday? Mevali daraxtlari orasidagi 2-3 metrli bo‘sh joylarga bir tupdan tut(serbarg,past bo‘yli,foydalanish uchun qulay) daraxtlarini ham qo‘shimcha sifatida ekadi. Tut yerga o‘rnashib olgach, birinchi yilning o‘zida, sentabr oyida 100-300 gramdan barg beradi. Barglarni qo‘llar bilan terib olinadi va daraxtzor ichida o‘rnatiladigan qurtxonalarda ipak qurti boqib, sarflangan xarajatlarni qoplab olinadi. 19 gram-bir quti ipak qurti boqib 50 kg. pilla olish uchun 1000-1200 kg. barg sarflanadi. 3 quti ipak qurti boqib, 150 kg. pilla yoki 50 kg. ipak olgan tadbirkor 5ta ipak gilamni qo‘lda to‘qittirib 50 ming dollor daromad oladi.
Bunday imkoniyatlar juda ko‘p. Ularni ko‘ra olish va to‘g‘ri foydalanish juda muxim. Mamlakatimizda 7500 km. ichki temir yo‘llar borligini bilamiz. Lekin, qancha magistral yo‘llar, qancha dala uvvotlari borligini, qancha foydalanishga yaroqli tutlar, tut plantatsiyalari borligi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega emasmiz. Orol dengizi o‘rnida 1,8 million gektar sun’iy o‘rmonzorlar barpo qilingani to‘g‘risida ma’lumotga egamiz. Shu va boshqa imkoniyatlardan qanday foydalanayapmiz?. Qanday foydalanish mumkin? Bu imkoniyatlardan foydalanishning iqtisodiyoti qanday?. Iqtisodiyot- xo‘jalik yuritish san’ati nima beradi? Nega ishlarga bir yoqlama yondoshamiz? Sun’iy o‘rmonga sarflanayotgan xarajatlarni ortig‘i bilan qoplab olish imkoniyatlari bormi? Dala uvvotlari, ekin yerining o‘zidan ko‘proq daromad berishi mumkinligi to‘g‘risida o‘ylab ko‘rganmizmi? Axoli turar joylaridan tashkaridagi magistral yo‘llar chetidan juda ko‘p miqdorda daromad,ish o‘rnilari, sanoat xom ashyolari olish to‘g‘risida o‘ylab ko‘rganmizmi? O‘ylab ko‘rib taklif beruvchilarning fikrini nega o‘rganib chiqmaymiz?
Sababi bitta. Ish,xizmat,vazifa xususiy emas. Davlat xizmatchilarining ish vakti 8 soatgacha. Klaster, harid narhi, reja, topshiriq ... lardan ishchi o‘zi hoxlagan nafni ko‘rmaydi. Mulk va uni tasarruf qilish xususiy bo‘lishi kerak. Mulk, uni egasining avlodlariga meros bo‘lib qolishi kerak. Shunda ish vaqti, YA’ni nazorat 24 soat bo‘ladi. Shunda mulkdor tushida xam izlanadi, yangi yechimlar topadi. Talabgor kishiga 5 km. magistral yo‘l chetidan foydalanish xuquqini bepul berib, soliqlardan ozod qilinsa, 10 yil o‘tmay o‘sha xududda otasining nomi bilan nomlanadigan aholi yashash manzilini barpo qiladi. Suv masalasiga ham o‘zi yechim topadi. Yong‘oq va boshqa mahsulotlarini ham chuqur qayta ishlashni tashkil qiladi. Yo‘l chetida turli xizmatlarni ham yo‘lga qo‘yadi. Ko‘p ish o‘rnilari barpo qiladi.Daromad ishlab topadi
Xozircha sun’iy o‘rmonlarda o‘sib turgan daraxtlar oralaridagi bo‘sh joylardan foydalanish uchun yetarli ishchi kuchlariga ega emasmiz. Vaqti kelib, bu katta imkoniyatdan xam foydalanib 10 millionlab ish joylari tashkil qilinadi. Gap insonlarning imkoniyatlaridan to‘g‘ri,to‘liq foydalanish to‘g‘risida borayapti. Har bir mexnatga yaroqli fuqaro, har bir qarich yer, har bir daraxt nima berayapti? Ingliz tilini bilmaydigan, axborot texnologiyalaridan ham yaxshi habardor bo‘lmagan, amaliyotdan kelgan, katta amaliy tajribalarga ega, ilmiy darajasi, ilmiy unvonlari ham bor mutaxasisdan foydalanish kerakmi? Yoki, fakat ingliz tilini biladigan amaliyotni tushida ham ko‘rmagan, fan to‘g‘risida tasavvuri cheklangan magistrantga suyanish kerakmi? Yevropa davlatlarida kamida 5 yil amaliy ish stajiga ega mutaxassislardan foydalaniladi. O‘qishlarni bitirib chiqayotgan mutaxassislar ham shunga yarasha. Bu ham imkoniyatlardan biri. Bu imkoniyatning ham iqtisodiy jihatlari bor. Muammolari va yechimlari bor. Ertalab soat 8.00 dan 17.00 gacha kafedrada o‘tirish talab qilinadigan bo‘ldi. Hayotdan ajralib qolgan professor-o‘qituvchi qachon ijod qiladi?. Qayerga bora oladi. Tadbirkorlikning ikkinchi yo‘lini topmasa nochor bo‘lib qoladi.( Professor 10 mln.so‘mdan maosh olsa 12 oyda 120 mln. so‘mga ishlay oladi xolos.) Chunki, yakka tartibdagi tadbirkor 1 milliard so‘mdan ortiq daromadga ishlayapti. Akademik tadbirkorlikka tezrok kirishmasak bo‘lmaydi. Baland tribunalardan turib hammaga aql o‘rgatayotgan ayrim professor va dotsentlarning keyingi 5-10 yilda e’lon qilgan ilmiy ishlarini o‘rganib chiqilsa,mazmun taqchilligini ko‘rish mumkin. Qolaversa, mamlakat iqtisodiyotiga 1 so‘m xam naf keltirmasligi ma’lum bo‘lib qoladi. Imkoniyatlar esa bor. Manfaatli ijodiy muhit yaratish kerak, xolos. Manfaat eng muhim rag‘batligini hamma biladi.Uyg‘unlashtirilgan manfaatlar katta samara beradi.
Imkoniyatlar ichida talabalarning o‘qishdan bo‘sh vaqtlaridan to‘g‘ri foydalanish ham bor. Universitet-3.0 konsepsiyasi xorij mamlakatlarida katta naf keltirayapti. Talaba o‘z mehnat haqi hisobidan o‘kish pulini to‘laydi. Amaliy biznes tajriba orttiradi. O‘qishni bitirib diplom oladi. Uyiga ozroq jamg‘arma olib ketadi. Innovatsiyalarni o‘z amaliy faoliyatida qo‘llaydi. Tezroq sarmoya orttiradi. Yangiliklarni amaliyotga joriy qiladi. Xorijiy safarlarga boradi. Tajriba orttirib qaytadi. Talabaning 3-4 soatlik bo‘sh vaqti bekor o‘tayapti. Hatto zarar keltirayapti. O‘quv yurtining o‘z ishlab chiqarish sexlari, zavod, fabrikalari, doimiy xamkorlari bo‘lishi kerak. Bitiruvchilariga katta talab bo‘lishi kerak. Yechim?. Rahbarlar egallab turgan vazifasiga yarasha iqtisodiy saloxiyatga ega bo‘lishi kerak. Keraksiz majlislardan voz kecha olishi kerak. Akademik bo‘lishi mumkin. Lekin,katta va chuqur bilimlari asosiy vazifasi bilan bog‘liq bo‘lmasa, hech qanday naf keltira olmasligini o‘zi ham uning rahbarlari ham tushunishlari juda muhim.Juda muhim. Bu davlatning rivojlanishi bilan ham chambarchas bog‘liq. Iqtisodiyotga oid fanlardan geogrif, tarixchi, rus tili, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari dars berib, diplom oldi amaliyotiga rahbar, bitiruv ishiga rahbar bo‘lib ishlab kelayotganlarni nazorat qila olmaydigan tarmoq tashkilotlari haliyam bor.Nazoratchi moliyachi bo‘lsa, uning ko‘z o‘ngidan 5 yillik da’vo muddati o‘tadi.Noto‘g‘ri to‘langan maoshlarni qaytarish yo‘llarini o‘ylaydi.Buning orqasida bilim olmay diplom olayotgan talaba,o‘qish puli to‘lab kutilgan natija olmagan ota-onalar,savodsiz bitiruvchilarga ega bo‘lgan davlat turganini tushunish uchun ko‘p aql kerak bo‘lmaydi.Imkoniyatlardan noto‘g‘ri foydalanishga ham mutaxassis o‘z o‘rnida o‘tirmagani sabab bo‘layapti.Imkoniyatlardan noto‘g‘ri foydalanish iqtisodiyoti to‘g‘risida ham o‘ylash,katta zararlarni ko‘ra bilish muxim.
Manzarali daraxtlar orasida bekor turgan 2-3 metr bo‘sh joylardan foydalanish io‘tisodiyotini ham atroflicha o‘rganib chiqish muhim.Turkiyaliklar baland va tik tog‘larda pista ekib o‘stirib,butun dunyo farmatseptikasini pista yog‘i bilan ta’minlayapti.Pista yog‘i, Turkiya iqtisodiyotining mustaxkamlik zahiralaridan biriga aylangan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:


1. Умаров О. Қ. Хўжалик ҳуқуқи. “Фарғона” нашрёти, 2008 й. 148 б.
2. Умаров О.Қ. Солиқлар ва солиққа тортиш. “Фарғона” нашрёти, 2009 й. 162 б.
3. Умаров О.Қ. Жумақулов З.И. ва бошқалар. Бухгалтерия ҳисоби асослари. Тошкент “Давр пресс”, 2010 й. 196 б.
4. Умаров О.Қ. Маннопова М.С. Каримова Д.О. Солиқлар ва солиққа тортиш. Фарғона-2013 й. 143 б
5. Умаров О.Қ. Жумақулов З.И. ва бошқалар. Молия ва солиқлар. Фарғона-2014 й. 308 б.
6. Бутабаев М.Т. Умаров О.Қ. ва бошқалар. Макроиқтисодиёт. Фарғона-2019 й. 318 б.
7. Бутабаев М.Т. Умаров О.Қ. и др. Теория и практика “зелёной” экономики. Фергана-2019 г. 506 ст
8. Умаров О.Қ. Маданият ва санъат муассасалари иқтисодиёти. Фарғона-2022 й. 166 б.
9. Умаров О.Қ. Солиқлар ва солиққа тортиш ноиқтисодиёт таълим йўналишларининг талабалари учун. Фарғона-2022 й. 76 б.
10. Умаров О.Қ. Оила иқтисодиётининг мустаҳкамлик заҳираси. Фарғона- 2023 й. 162 б.
11. О.Умаров. Ҳудудларда иқтисодий мустахкамлик заҳираси яратишнинг самарадорлиги. Фар ДУ илмий хабарларини 2019 йил № 5-сони 61-63 бетлар.
11. О.Умаров. Д.Хакимов. Экономика и социум. №6 (73)-2020. 265-268 стр. CONCEPT OF GUAPANTEE DEVOLEPMENT OF ENCLAVE TERRITORUES. www.iupr.ru
12. О.Умаров, О.Олимов Ердан фойдаланиш самарадорлиги. ОБРАЗОВАНИЕ И НАУКА В ХХI ВЕКЕ. №26. 2022 года.
13. О.Умаров, О.Олимов Фермер хўжалигининг самарадорлиги. ОБРАЗОВАНИЕ И НАУКА В ХХI ВЕКЕ. №26. 2022 года.
14. Eminchayev B. O'ZBEKISTONDA ZAMONAVIY MAXSUS PEDAGOGIKANING HOZIRGI MUAMMOLARI //Евразийский журнал технологий и инноваций. – 2023. – Т. 1. – №. 5 Part 2. – С. 115-119.

  1. Eminchayev B. DEVELOPMENT TENDENCIES OF THE ECONOMY OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN //International Bulletin of Applied Science and Technology. – 2023. – Т. 3. – №. 5. – С. 751-754.

  2. Akhmadalieva, M. (2023). WAYS OF INCREASE EFFICIENCY IN BUILDING MATERIALS ENTERPRISES. International Bulletin of Applied Science and Technology3(5), 755-760.

  3. Qodirovna, A. M., & Doniyor o'g'li, O. J. (2023). ASOSIY IQTISODIYOT MUAMMOLARINI YECHISHDA O ‘ZBEKISTON INFRATUZILMASIGA INVESTITSIYALARNING O ‘RNI. Gospodarka i Innowacje.34, 21-27.

  4. Qodirovna, A. M., & Doniyor o'g'li, O. J. (2023). ASOSIY IQTISODIYOT MUAMMOLARINI YECHISHDA O ‘ZBEKISTON INFRATUZILMASIGA INVESTITSIYALARNING O ‘RNI. Gospodarka i Innowacje.34, 21-27.




Yüklə 4,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə