Sirtqi bo`lim ta'lim sohasidagi tadqiqotlar va innovatsiyalar


Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati



Yüklə 4,07 Mb.
səhifə10/182
tarix01.10.2023
ölçüsü4,07 Mb.
#125125
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   182
to\'plam tayyor

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

  1. Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi (yangi tahriri) qonuni. Toshkent sh., 2016-yil 13-aprel, OʻRQ-404-son. https://lex.uz/uz/docs/-2931253.

  2. Кудбиев, Д. К. (2019). Учет арендованных основных средств и взаимоотношений арендодателей и арендаторов. In БУХГАЛТЕРСКИЙ УЧЕТ: ДОСТИЖЕНИЯ И НАУЧНЫЕ ПЕРСПЕКТИВЫ XXI ВЕКА (pp. 144-150).

  3. Кудбиев, Д. (2021). МЕТОДОЛОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ УЧЕТА АРЕНДОВАННЫХ ОСНОВНЫХ СРЕДСТВ. In Современная наука. XXI век: научный, культурный, ИТ контекст (pp. 119-124).

  4. Кудбиев, Д. (2021). ВОПРОСЫ УЧЕТА АРЕНДОВАННЫХ ОСНОВНЫХ СРЕДСТВ. In Современная наука. XXI век: научный, культурный, ИТ контекст (pp. 109-119).

  5. Kunduzova, K. I., Qudbiyev, N. T., & Asatullayeva, N. Y. Q. (2022). Iqtisodiyotning modernizatsiyalash sharoitida asosiy vositalar hisobini takomilashtirish masalalari. Scientific progress, 3(3), 837-846.

  6. Эрматов, А. А. (2022). Отражение Арендных Операций В Финансовой Отчетности В Соответствии С Правилами Мсфо. Periodica Journal of Modern Philosophy, Social Sciences and Humanities, 11, 108-112.



ISHSIZLIK VA KAMBAG‘ALLIK YECHIMLARINING TAXLILI
Umarov O,Q. i.f.n., dotsent,
Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi B.Eminchayev
Farg‘ona Politexnika instituti talabasi F.Uraimov
O‘zbekistonga 19 milliondan ortiqroq doimiy, serdaromad, davlatga ham naf keltiradigan ish o‘rinlari kerak. Xozirda statistika ma’lumotlariga ko‘ra 13 milliondan ortiqroq ish joylari bor. Uni ichida ham mamlakat yalpi ichki mahsuloti o‘sishiga xizmat qiladiganlari 53 foiz atrofidagi raqamni tashkil etadi. Qolganlari boshqaruv, jamoat tashkilotlari, aholiga madaniy xizmatlar ko‘rsatish va boshqa sohalardagi ish o‘rnilarini tashkil etadi.
Savol kelib chiqadi, doimiy, serdaromad, ekologik toza, xususiy, davlat budjetiga daromad keltiradigan ish joylari barpo qilish imkoniyatlari bormi? Ishlab chiqarilgan mahsulotlarga xaridorlar ko‘p bo‘lsin. Hom ashyo va tayyor mahsulotlar uzoq saqlansin, Saqlash, tashish qulay bo‘lsin. Iloji bo‘lsa, yangi ish joylari, bugun doimiy ishlab turgan hodimlarga ham ishdan ajralmagan holda, qo‘shimcha xususiy biznes yuritishlariga imkon bersin. Ko‘p qavatli uyda yashovchilar ham yerda biznesini yo‘lga qo‘yish imkoniga ega bo‘lsinlar. Ish joylari ko‘p bo‘lsin.
O‘zbekistonda buning yechimi topilgan. 2018 yil bahorida Marg‘ilon shahrida, 2022 yilda Toshkent shahrining markaziy bog‘ va hiyobonlarida, ko‘chalarida tut ko‘chatlari ekildi. Ko‘chatlar o‘sib turgan manzarali daraxtlar orasidagi bo‘sh joylarga ekildi. Manzarali daraxtlarga zarar yetkazilgani yo‘q. Tutlar soya-salqinlarda, kam suv va zah yerlarda ham o‘saveradi. Bir yilda 1-7 martagacha: tut novdasi; tut qovzog‘i; tut bargi; tut mevasi bera oladi. Mavjud imkoniyatlardan foydalanib, xozircha 15-20 million doimiy, serdaromad, xususiy ish joylari tashkil qilishimiz mumkin. Kelajakda aholi soni o‘sishiga qarab 200 milliontagacha bardavom ish joylari tashkil etishimiz mumkin. Bu o‘rinda orol dengizi o‘rnida barpo qilingan 1,8 million gektar sun’iy o‘rmon ichida o‘stirilishi mumkin bo‘lgan tut daraxtlari nazarda tutilayapti.
Tut-pilla biznesi jadal rivojlanib, mamlakat iqtisodiy rivojlanishining mustaxkamlik zahirasiga aylanishi uchun: tutlar va undan olinadigan hosil va sanoat hom ashyolari xususiy bo‘lishi muhim. Tut biznesiga chetdan xizmat ko‘rsatadigan tuzilmalar: ipak qurti urug‘ligini jonlantirib beruvchilar; Qurt boqish uchun plastik materiallardan qurtxonalar yasab, ichiga 4 qavat so‘kchak-stellajlar o‘rnatib ijaraga beradigan, sotadigan ustaxonalar; pilladan ipakni ajiratib berish xizmatlari; bo‘yash; to‘qish; tikish; sotish xizmatlari ham xususiy bulishi muhim. Amaldagi “klaster”, pillani “harid narxi”, reja, topshiriq, budjet puliga ko‘chat sotib olib, xashar yo‘li bilan ekish kabi xarakatlar natija bermaydi. Aksincha, rivojlanishga to‘siq bo‘ladi.
Ipak qurti aholi honadonlarida boqilmasligi ham muhim. Qurtxonalar tutqatorlar ichiga o‘rnatilishi kerak. Qurtxonalar ixcham 3x5 metr o‘lchamda bo‘lishi kifoya. Bir quti ipak qurtini boqib 55 kg. pilla olish uchun (19gram x 2) 38 kvadrat metr so‘kchak yetadi. 4 qavat x 10 teng 40kv. metr. 200 tup tutlari bor oila boshlig‘i, asosiy ishidan ajralmay (50 x 5) 250 kg. pilla yoki 90 kg. ipakka ega bo‘ladi. 90 kg. ipakdan 9 dona ipak gilam to‘qiladi. Bir dona qo‘lda to‘qilgan gilamning ulgurji narhi 10 ming AQSH dollori turadi. Oilaga 90 ming dollor daromad keladi.
Tut pillachiligi sanoat sohalardan: ipakchilik; mebelsozlik; choy tayyorlash; ipak qog‘oz; kosmetika( pilla g‘umbagi inson terisini yoshartirib, silliqlaydi); meditsina( qurt qumalog‘i oshqozon-ichak kasalliklarining samarali davosi) va oziq-ovqat(tut mevasidan mayiz, sharbat va shifobaxsh ichimlik-konyak tayyorlanadi) kabilar uchun hom-ashyolar ham beradi.
Mamlakatimizda 49154 gektar ekin yerlarida tut plantatsiyalari bor. Bir gektar plantatsiyada ko‘chatlar 4 x 2 metr sxemada ekilganda 1250 tup tutlar sig‘adi. Mavjud tut plantatsiyalarda 61442500 tup tutlar o‘sib turipdi(49154 x1250). Bir quti (19 gram) ipak qurtini boqib 55 kg. pilla olish uchun 1137,5 kg. tut bargi sarflanadi. Bir tup katta yoshli tut 5,5-6,5 kg. barg berishini hisobga olsak, bir quti ipak qurtini 200 tup tutlar bargi bilan boqish mumkinligi ma’lum bo‘ladi. U holda 61442500 tutlar bargi bilan(61442500 : 200) 307212,5 quti ipak qurti boqib, 15360tonna pilla yetishtirish imkoniyati bor(307200 x 50kg.). 49154 gektar tut plantatsiyasidagi tutlar bargi bilan 15360 tonna pilla yetishtirishda imkoniyat to‘liq foydalanilmaydi. Dunyo pillachiligi amaliyotida bivolting(takror-takror pilla yetishtirish) degan an’ana bor. Hindistonliklar tutlar bargi bilan bir yilda 10 marta, Xitoylik pillakorlar 8 marta takror ipak qurti boqishadi. 200 tup tut bargi bilan 8 marta takror qurt boqib(8 x 55 ) 440-450 kg. pilla oladilar. O‘zbekistonda 7 marta qurt boqish imkoni bor. Dastlabki paytlarda 5 marta takror-takror pilla yetishtirilsa ham daromad, ish joylari ko‘payadi. Plantatsiyalardagi tutlar bargi bilan kamida(15360 x 5) 76800 tonna pilla yetishtirilishi mumkin edi. Afsus, har yili (76800 – 2800) 48800 tonna pilla olish imkoniyati havoda qolib ketayapti. 48800 tonna pilla, nechta ish joyi bergan bo‘lar edi?
Plantatsiyalardan tashqari, yer konturlari atroflaridagi dala uvvotlarida an’anaviy tutchilik bor. Sug‘oriladigan 3658,4 ming gektar yerlarning dala uvvotlarida 2 qator zich tutlar o‘stiriladi. Tutlar yer ichidagi hosilni shamoldan to‘sib turadi. Yer osti zah suvlarni bug‘latadi. Tuproq sho‘rlashishining oldini oladi. Katta yoshli bir tup tut, bir kecha-kunduzda 800 litr zah suvni bug‘latib yuboradi. Bir gektar yer atrofida o‘rtacha 30-35 metr dala uvvoti bo‘ladi. Dala uvvotlarida o‘stirib foydalanish mumkinbo‘lgan tutlarning eng kam miqdori(3658400 x 30 x 2) 219504tupni, yaxlitlab olinsa 200 mln. tupni tashkil etadi. Istirohat(rekreatsiya) xududlarida o‘sib turgan manzarali daraxtlar oralaridagi 2-3 metr bo‘sh turgan joylarda 100 mln. tup past bo‘yli, foydalanish uchun qulay tutchalarni ekib, foydalanish mumkin. 300 mln. tup tutlar bargi bilan 1,5 mln.quti ipak qurtini 5 marta takror boqib 375 ming tonna pilla yoki 131 ming tonna ipak olish imkoniyati bor. Savol tug‘iladi: Nima uchun 28 ming tonna pilla yetishtirdik? Yoki 3.9 ming tonna ipak oldik? Javob, yuqorida aytib o‘tildi. Manfaatlar uyg‘unlashtirilmagan. Yangi ekilgan tut ko‘chatlari, birinchi yili, yerga o‘rnashib olgach, 2-3 marta 100-200 gramdan barg beradi. Barglarni choy tayyorlovchilarga yoki barg eksportchilariga sotish mumkin. Aholi yashash xududlaridan tashqari joylardan o‘tgan magistral yo‘llar chetlaridagi 5-50 metrli noekin yerlarda ham mevali daraxtlar ekib, ular orasidagi bo‘sh joylarda tutlar o‘stirish mumkin. Asosiy muammo suvsizlikdir. Biroq, yo‘l bor. Tadbirkorlar yechim izlab topishadi. Joylarni talabgorlarga 1-2 km. dan ajiratib berish kerak, xolos.
Sun’iy o‘rmon, magistral yo‘llar, 49154 gektar tut plantatsiyalaridagi 61 mln. tup tutlarni hisobga olmasdan, faqat dala uvvotlari va rekreatsiya hududlaridagi imkoniyatlar(200 va 100 mln. tup) ni o‘zidan yuqorida aytilganidek har yili(300.000.000 : 200) 1,5 mln. quti x 50kg. x 5 marta teng 375 ming tonna pilla olish imkoniyati bor. 375 ming tonna pilladan eng kamida 131 ming tonna ipak olinadi. Bu raqam butun dunyoda ishlab chiqarilayotgan ipakdan, taxminan 2 marta ko‘p. (Ayrim mamlakatlar ishlab chiqarish xajmlarini sir tutishadi).
131 ming tonna ipakdan(131000000kg. : 10 kg.) 13100 ming dona ipak gilam to‘qishning o‘zida 13 mln. ayollar bir yil davomida, o‘z uylarida kasanachilik asosida gilamdo‘zlikda band bo‘ladilar. Har yili band bo‘lishadi. Tut novdasi, tut qovzog‘i va ortib qolgan tut bargini qayta ishlashda, pillachilikda va boshqa xizmatlarda band bo‘ladigan fuqarolar soni ham 15 mln. kishidan kam bo‘lmaydi.
Plantatsiyalar band qilib turgan 49154 gektar ekin yerlarni bug‘doy va boshqa oziq-ovqat ekinlari uchun bo‘shatib berish imkoniyati ham bor. Noekin yerlardan to‘g‘ri foydalanishni o‘rgansak, kamida 30 million ish o‘rnilari barpo qila olamiz. Ipakni chuqur qayta ishlashning serdaromad usullari juda ko‘p. Bu sohalarda tajribali mutaxasislar ham yetarlicha bor. Muammo, bor imkoniyatlarni ishga solishda qolayapti. Mavjud imkoniyatlarni xarakatga keltirish uchun budjet mablag‘lariga ehtiyoj yo‘q. Yerlar band qilinmaydi. Italiyaliklar tilida “konstillyatsiya” – yulduzlar turkumi deb yuritilayotgan yangi mehnat taqsimoti, yangi mehnat munosabatlari, o‘zaro taqsimlashning yangi shaffof usullarini qo‘llashga o‘tish yaxshi yechim bo‘lishi mumkin. Ishlab chiqaruvchilar bilan davlat o‘rtasidagi munosabatlarni ham yangi sharoitga moslashtirish muhim. Shunda davlat o‘z funksiyalarini bajarish uchun yetarli budjet mablag‘lariga ega bo‘ladi. Ijtimoiy himoya yanada kuchayadi. Ishsizlar va kambg‘allar bo‘lmaydi. Odamlar kommunizm g‘oyasi noto‘g‘riligini amalda ko‘rishdi. “Har kimdan imkoniyatiga yarasha, har kimga ehtiyojiga yarasha” g‘oyasiga intilish odamlarni yotoq, tekinxo‘r qilib qo‘yar ekan. “Davlat boqib oladi “ degan salbiy tushuncha katta zarar keltiradi. Hayotiy g‘oyaga o‘tish uchun, “Har kimdan imkoniyatiga yarasha, har kimga mehnatiga yarasha” deb, teoremani tubdan o‘zgartirish kerakligini hamma tushunib yetdi. Kommunistik partiya amal qilib turgan Xitoy Halq Respublikasida ham mehnatdan qochadigan 2,5 mln.ga yaqin oilalar uysiz, avtobus bekatlarda yashashar ekan. Ularda ham ishlamagan tishlamaydi tamoili amal qilar ekan. Soliqlar ham qat’iy. Daromadning 25 % ti budjetga man’baada undirib olinishi bilan, bizning podishohlik davrlaridagi soliq-ushr, uchdan birga o‘xshab ketadi. O‘zing va nochorlar uchun mehnat qil. Xudo seni mehnat qila oladigan, sog‘lom qilgani uchun shukr qilib, nochorlar o‘rniga ham mehnat qil. Soliqdan qochma. Soliqni yashirib, nomozlarda oldingi qatorda o‘tirishdan foyda yo‘q. Iqtisodiy siyosatingni qayta ko‘rib chiq. O‘zbekistonda ishsiz va kambag‘al bo‘lishi mumkin emas. Yurtimizni jannat monand yurt deb hamma xavas qiladi. Yurtdoshlarimiz chetga ishlagani emas sayohat, ziyoratlarga borishlari muhim.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Umarov O. Q. Xo‘jalik huquqi. “Farg‘ona” nashryoti, 2008 y. 148 b.
2. Umarov O.Q. Soliqlar va soliqqa tortish. “Farg‘ona” nashryoti, 2009 y. 162 b.
3. Umarov O.Q. Jumaqulov Z.I. va boshqalar. Buxgalteriya hisobi asoslari. Toshkent “Davr press”, 2010 y. 196 b.
4. Umarov O.Q. Mannopova M.S. Karimova D.O. Soliqlar va soliqqa tortish. Farg‘ona-2013 y. 143 b
5. Umarov O.Q. Jumaqulov Z.I. va boshqalar. Moliya va soliqlar. Farg‘ona-2014 y. 308 b.
6. Butabayev M.T. Umarov O.Q. va boshqalar. Makroiqtisodiyot. Farg‘ona-2019 y. 318 b.
7. Butabayev M.T. Umarov O.Q. i dr. Teoriya i praktika “zelyonoy” ekonomiki. Fergana-2019 g. 506 st
8. Umarov O.Q. Madaniyat va san’at muassasalari iqtisodiyoti. Farg‘ona-2022 y. 166 b.
9. Umarov O.Q. Soliqlar va soliqqa tortish noiqtisodiyot ta’lim yo‘nalishlarining talabalari uchun. Farg‘ona-2022 y. 76 b.
10. Umarov O.Q. Oila iqtisodiyotining mustahkamlik zahirasi. Farg‘ona- 2023 y. 162 b.
11. O.Umarov. Hududlarda iqtisodiy mustaxkamlik zahirasi yaratishning samaradorligi. Far DU ilmiy xabarlarini 2019 yil № 5-soni 61-63 betlar.
11. O.Umarov. D.Xakimov. Ekonomika i sotsium. №6 (73)-2020. 265-268 str. CONCEPT OF GUAPANTEE DEVOLEPMENT OF ENCLAVE TERRITORUES. www.iupr.ru
12. O.Umarov, O.Olimov Yerdan foydalanish samaradorligi. OBRAZOVANIYE I NAUKA V XXI VEKE. №26. 2022 goda.
13. O.Umarov, O.Olimov Fermer xo‘jaligining samaradorligi. OBRAZOVANIYE I NAUKA V XXI VEKE. №26. 2022 goda.
14. Baxodir Eminchayev O'ZBEKISTONDA ZAMONAVIY MAXSUS PEDAGOGIKANING HOZIRGI MUAMMOLARI. Yevraziyskiy jurnal texnologiy i innovatsiya

  1. Eminchayev B. O'ZBEKISTONDA ZAMONAVIY MAXSUS PEDAGOGIKANING HOZIRGI MUAMMOLARI //Евразийский журнал технологий и инноваций. – 2023. – Т. 1. – №. 5 Part 2. – С. 115-119.

  1. Eminchayev B. DEVELOPMENT TENDENCIES OF THE ECONOMY OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN //International Bulletin of Applied Science and Technology. – 2023. – Т. 3. – №. 5. – С. 751-754.

  2. Maxsud o‘g‘li B. M., Muxammadjonovich I. B. TA’LIM TIZIMIDA MOBIL ILOVALARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI //ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. – 2023. – Т. 22. – №. 2. – С. 24-32.

  3. Ergashev R. N., Bakhramov M. M. TRANSPARENT CONDUCTIVE SN BASED //Horizon: Journal of Humanity and Artificial Intelligence. – 2023. – Т. 2. – №. 5. – С. 724-727.

  4. Maksud B. M., Mukhammadjonovich I. B. The Importance of Using Mobile Applications in the Educational System //Best Journal of Innovation in Science, Research and Development. – 2023. – Т. 2. – №. 5. – С. 247-253.

  5. Maxsud o‘g‘li B. M., Muxammadjonovich I. B. TA’LIM TIZIMIDA MOBIL ILOVALARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI //ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. – 2023. – Т. 22. – №. 2. – С. 24-32.

  6. Akhmadalieva, M. (2023). WAYS OF INCREASE EFFICIENCY IN BUILDING MATERIALS ENTERPRISES. International Bulletin of Applied Science and Technology3(5), 755-760.

  7. Qodirovna, A. M., & Doniyor o'g'li, O. J. (2023). ASOSIY IQTISODIYOT MUAMMOLARINI YECHISHDA O ‘ZBEKISTON INFRATUZILMASIGA INVESTITSIYALARNING O ‘RNI. Gospodarka i Innowacje.34, 21-27.

  8. Qodirovna, A. M., & Doniyor o'g'li, O. J. (2023). ASOSIY IQTISODIYOT MUAMMOLARINI YECHISHDA O ‘ZBEKISTON INFRATUZILMASIGA INVESTITSIYALARNING O ‘RNI. Gospodarka i Innowacje.34, 21-27.




Yüklə 4,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə