Sirtqi bo`lim ta'lim sohasidagi tadqiqotlar va innovatsiyalar


Mirzaliyeva Moxigul Mirzaxomid qizi



Yüklə 4,07 Mb.
səhifə22/182
tarix01.10.2023
ölçüsü4,07 Mb.
#125125
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   182
to\'plam tayyor

Mirzaliyeva Moxigul Mirzaxomid qizi
Talaba

XX asrning 80-yillariga kelib, iqtisodiy adabiyotlarda “investitsiya” atamasi sotsialistik takror ishlab chiqarish jarayoni tahlili amaliyotida foydalanilmagan va asosan, xorijlik iqtisodchi olimlar hamda kapitalistik iqtisodiy tadqiqotlardagina keltirilgan. Ta’kidlash lozimki, “investitsiya faoliyati” tushunchasi kapital qo‘yilmalar mazmunidan farq qilib, investitsiyadan ko‘ra ancha tor ma’noda qo‘llanilgan. Xususan, kapital qo‘yilmalar iqtisodiy resurslarning boshqa turlari: axborot resurslari, qimmatli qog‘ozlar, tovar moddiy zaxiralar va inson kapitaliga ham qo‘yilishi mumkin.


Keyingi rivojlanish bosqichlariga nazar soladigan bo‘lsak, investitsiya atamasi davlat va meyoriy-huquqiy hujjatlarda hamda ilmiy tadqiqotlarda keng ma’noda qo‘llana boshlangan. Hujjatlarning asosiy qismida investitsiyalarga berilgan ta’riflar, kapital qo‘yilmalar sifatida berilib, investitsiyalar nomoddiy aktivlar (nou-xau, patentlar), aylanma aktivlar, moliyaviy dastaklar (aksiyalar, qimmatli qog‘ozlar) ham bo‘lishi mumkinligi belgilangan. Bu esa “kapital qo‘yilmalar” investitsiyalarning tarkibiy qismi sifatida tor tushuncha ekanligidan dalolat beradi.
“Investitsiyalar” tushunchasiga bo‘lgan nazariy qarashlardagi sarfli yondashuvi mazmunan takror ishlab chiqarishdagi asosiy fondlarga qilingan xarajatlar, ularni kengaytirish va modernizatsiyalash bilan bevosita bog‘liqdir. Nazariyachilarning mazkur yondashuv bo‘yicha ilgari surgan g‘oyalari amaliy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lib, bu, asosan, ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyoti hukm surgan xo‘jalik mexanizmi sharoitidagina amal qilgan.
Jamiyat takror ishlab chiqarish jarayoni tovar-pul munosabatlari barqarorligini ta’minlash muammosining kuchayishi, ma’muriy-buyruqbozlik tizimini boshqarish samaradorligining umumiy pasayishiga va investitsiyalarning resurs yondashuviga murojaat qilishga olib kelgan. Resurs yondashuv negizida investitsiya resurslari nazariyasi yotadi. Shu jihatdan, fikrimizcha, investitsiyalar takror ishlab chiqarish asosiy fondlarida moliyaviy xarajat sifatida yuzaga chiqadi. Ikkala yondashuvda ham kamchiliklar mavjud bo‘lib, bu investitsiya faoliyati tahlilining obyekt sifatidagi turg‘un holati bilan chegaralanadi. Xarajat va resurs yondashuvi investitsiyalarning butun bir jarayon sifatidagi tadqiqot doirasini ham cheklab qo‘yadi.
Klassik iqtisodchilardan bo‘lgan J. Keyns tomonidan amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlarda investitsiyalar iste’mol qilinmagan daromadning bir qismi, ya’ni ma’lum davrdagi ishlab chiqarish faoliyati natijasidagi mulkiy qiymatning joriy o‘sishi sifatida e’tirof etiladi. Xorijlik iqtisodchi olimlardan Lorens J. Gitman va Maykl D. Jonklar: “Investitsiya – bu daromadning samaradorligi va kapital qiymati saqlanishini kafolatlaydigan yoki uning qiymatini oshirishga qaratilgan kapitalni joylashtirish usuli” deb talqin etadilar. Boshqa iqtisodchi olimlar esa: “Investitsiyalar - bu kapitalni saqlash va oshirish maqsadidagi pullik qo‘yilmalardir”, – deb ta’rif berishadi. Keyingi talqinlarga nazar soladigan bo‘lsak, aksariyat iqtisodchi olimlarning investitsiyalar mazmuniga bo‘lgan yondashuvlarida, ularning fikrlarida keskin o‘zgarishlar kuzatilmaydi.
Korxonalarning samarali investitsiya faoliyati va shunga mos ravishda investitsiya faoliyatini rivojlantirish mexanizmini takomillashtirish korxonaning barqaror o‘sishini anglatadi. Hozirgi kunda sanoat korxonalarining investitsiya faoliyatini rivojlantirishning asosiy manbaini real investitsiyalar tashkil etganligi sababli, korxonalar o‘z investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalarini izlab topishi va olayotgan foydalaridan investitsiya faoliyatlarini moliyalashtirish uchun mablag‘lar shakllantirishi dolzarb jarayon bo‘lib qolmoqda. Sanoat korxonalari investitsiya faoliyatini amalga oshirishda, avvalo, korxona o‘zining investitsiya strategiyasini ishlab chiqishi zarur. Ushbu strategiya orqali korxonalar rejalashtirgan investitsiya loyihalarini moliyalashtirishni bosqichma-bosqich amalga oshiradi. Sanoat korxonalarida investitsiya faoliyatini moliyalashtirish jarayoni bosqichlari reja asosida amalga oshirilishi natijasida, korxonalarning investitsiya faoliyatini moliyalashtirishga yo‘naltirilgan investitsiyalarning samarasi va samaradorlik ko‘rsatkichlari tahlili eng muhim vazifalarga aylanadi. Xususan, investitsiyalarning samarasi va samaradorlik ko‘rsatkichlari ikki turdagi ko‘rsatkichlar asosida tahlil qilinadi:
rejalashtirilgan ko‘rsatkichlar, ya’ni kelgusi davr uchun belgilangan va investitsiya faoliyatini moliyalashtirishga yo‘naltirilgan investitsiyalarning kelajakdagi samarasini ko‘rishga yordam beradigan ko‘rsatkichlar;
haqiqiy ko‘rsatkichlar, ya’ni ma’lum vaqtdan keyin, loyiha to‘liq amalga oshirilishi yoki uning oraliq bosqichida investitsiyalarning samaradorligini tahlil qilishda qo‘laniladigan ko‘rsatkichlar.
Iqtisodiy jihatdan investitsiyalar ma’lum vaqt oralig‘ida iqtisodiy samara olish maqsadida qo‘yilgan kapitalni anglatadi. So‘nggi yillarda amalda investitsiya faoliyatining asosiy xususiyatlari kengayib, tarkibiy jihatdan o‘zgarish tendensiyasiga ega bo‘ldi. Jumladan:
-investitsiyaning maqsadi – korxona foydasini oshirishdan tashqari, birinchi o‘rinda, kompaniya aksiyalarining bozor qiymatini oshirishga va bu orqali aksiyadorlarning iqtisodiy holati yaxshilanishiga olib kelishi;
-investitsiya jarayonining obyekti tadqiq etilishida uzoq muddatli aktivlardan tashqari, investitsiya jarayonida qisqa muddatli aktivlarning shakllanishi, ularga nisbatan inson kapitalining ta’sir doirasini ham o‘rganish;
-investitsiyalarni moliyalashtirish shakllari va usullarining ishlash mexanizmlarini tadqiq etishda ularning zamonaviy, ya’ni lizing, faktoring, forfeyting va boshqa turlarini ham inobatga olish kabilardir.
Alohida turkumlangan guruhlar investitsiya bo‘limlari investitsiya oldi tadqiqotlarning namunaviy hajmini aniqlashga, kapital qo‘yilmalarning tavakalchilik darajasini baholashga, shuningdek, boshqaruvchilar tomonidan qarorlarni qabul qilishga uzoq va qisqa muddatli istiqbolda investitsiyalarga ajratiladigan mablag‘ning qancha miqdorda kerakligini belgilab beradi.



Yüklə 4,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə