Sitologiya va genetika


Diduragay yoki poliduragay



Yüklə 244,49 Kb.
səhifə74/100
tarix22.12.2023
ölçüsü244,49 Kb.
#154335
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   100
9-sinf biologiya

Diduragay yoki poliduragay chatishtirish deb, ikki yoki un­dan ortiq juft belgilari bilan farq qiladigan ota-ona organizmlarni o'zaro chatishtirishga aytiladi.
Diduragay chatishtirishni tekshirish uchun Mendel ikki juft belgisi bilan: donining rangi (sariq va yashil) va shakli (silliq va burishgan) bo'lgan gomozigota holdagi no'xat o'simliklarini o'za­ro chatishtirdi. No'xat donining sariq rangi (A) va silliq shakli (B) dominant, yashil rangi (a) va burishgan shakli (b) retsessivdir. Har bir o'simlik bir tipdagi gametalarni hosil qiladi. Bunday gameta- larning qo'shilishidan olingan naslning barchasi bir xil, ya’ni sariq-silliq bo'ladi.
Birinchi bo'g'in duragaylarida har juft allel genlardan faqat bit­tasi gametalarga tushib qoladi. Ya’ni birinchi meyoz bo'linish nati­jasida A gen B gen bilan bitta gametaga yoki b gen bilan tushishi, huddi shuningdek, a gen B gen yoki b gen bilan bitta gametaga tushishi mumkin.
Har bir organizmda juda ko'p jinsiy hujayralar hosil bo'ladi, statistik qonuniyat bo'yicha har bir F1 duragayda to'rt xilda 25 % dan - AB, Ab, aB, ab gametalar hosil bo'ladi. Urug'lanish jarayo­nida bitta organizm gametalari ikkinchi organizmning har bir gameta I ari bilan tasodifan uchrashishi mumkin. Buni Pennet katak- chasi yordamida osongina aniqlash mumkin. Pennet katakchasiga gorizontal bo'yicha bitta organizm gametalari, vertikal bo'yicha ka- takchalarning chap tomoniga ikkinchi organizm gameta I ari yozila- di. Katakchalar ichiga esa gametalar qo'shilishidan hosil bo'lgan zigotalarning genotipi yoziladi (50- rasm). F2da hosil bo'lgan orga­nizmlarni fenotip bo'yicha hisoblab chiqish nihoyatda oson.
Duragaylar fenotip bo‘yicha to‘rtta guruhga bo‘linadi: 9 ta sariq silliq; 3 ta yashil silliq; 3 ta sariq burishgan; 1 ta yashil burishgan duragaylar hosil bo‘ladi. Agar har bir belgilar bo‘yicha ajralishni hisoblab chiqiladigan bo‘lsa, sariq donning soni yashil rangga, silliq shaklining soni burishgan shakliga nisbatan 3:1 bo‘ladi. Shunday qilib, diduragay chatishtirishda har juft belgilar boshqa juft belgilarga bog‘liq bo‘lmagan holda xuddi monodura- gay chatishtirishdagidek ajralishga uchraydi.
Diduragay chatishtirishda F2 bo‘g‘inda fenotip jihatdan nisbat 9:3:3:1, genotip jihatdan nisbat 1:2:2:4:1:2:1:2:1 bo‘ladi.
urug‘lanish jarayonida gametalarning tasodifan uchrashish ehtimoli barchasi uchun bir xil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan zigotalar- da genlarning har xil kombinatsiyalari amalga oshadi. Diduragay

Yüklə 244,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə