Sitologiya va genetika


§. 7- laboratoriya mashg‘uloti. G‘o‘za, pomidor, nomozshomgulning chatishtirish natijasini gerbariy asosida o‘rganish



Yüklə 244,49 Kb.
səhifə77/100
tarix22.12.2023
ölçüsü244,49 Kb.
#154335
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   100
9-sinf biologiya

§. 7- laboratoriya mashg‘uloti. G‘o‘za, pomidor, nomozshomgulning chatishtirish natijasini gerbariy asosida o‘rganish

Ishning maqsadi: o‘quvchilarga irsiylanishga oid bilimlarni ger- bariylar asosida mustahkamlash.
Kerakli jihozlar: g‘o‘za, pomidor, nomozshomgulning har xil nav- laridan tayyorlangan gerbariylar, g‘o‘zaning oq, qo‘ng‘ir, mallarang, novvotrang tolalari, pomidorning turli shakl va rangdagi mevalari.
Ishning borishi: O‘quvchilar 3 guruhga bo‘linadi. Har bir guruh alohida o‘simliklar ustida ishlab, ish natijalarini e’lon qilib, himoya qiladi.
Pomidor o‘simligining har xil navlari gerbariylarini o‘rganib chiqing. Dominant, retsessiv belgilarini aniqlang, poya, barg, meva shakllarini o‘rganib chiqing va taqqoslang.
G‘o‘za o‘simligini har xil navlaridan tayyorlangan gerbariylarni o‘rganib chiqing. Dominant, retsessiv, oraliq belgilarini aniqlang. Tola ranglarini turlicha bo‘lish sababini o‘rganing.
Nomozshomgul o‘simligini qizil, oq, pushti gulli navlarini gerbariylar asosida o‘rganing. Poya, barg, gul tuzilishini taqqoslang.
Ish natijalari asosida quyidagi jadvalni to‘ldiring.

O'simlik turi

Dominant
belgi

Retsessiv
belgi

Oraliq holda hosil bo'ladigan belgi

G'o'za










Pomidor










Namozshomgul










53- §. Noallel genlarning o‘zaro ta’siri

G.Mendel kashf etgan irsiyat qonunlari organizmlarning har qaysi belgisi faqat bir gen ta’sirida irsiylanishiga oid holatlarni o'zi­da aks ettiradi.


Organizmlarning boshqa ko'p turlari, navlari va zotlaridagi belgilarning irsiylanishini o'rganish natijasida genlar faoliyatidagi yangi qonuniyatlar ochildi. Organizmdagi aksariyat belgilarning ir- siylanishi bittagina genga emas, balki bir necha allel bo'lmagan genlar faoliyatiga bog'liq ekanligi isbotlandi.
Belgilarning bir necha juft allel bo'lmagan genlarning o'zaro ta’sir etib irsiylanishi quyidagi xillarda bo'lishi mumkin:

  • genlarning komplementar ta’siri (komplementar);

  • genlarning epistatik (epistaz);

  • polimer ta’siri (polimer).

Genlarning komplementar ta’siri turli allelga mansub genlar ba’zi belgilarning rivojlanishiga bir muncha mustaqil ta’sir etishi bilan birga, ko'pincha turli shaklda o'zaro ta’sir ko'rsatadi. Natija- da organizmda biron belgining rivojlanishi bir necha gen nazora- ti ostida bo'ladi. Misol uchun, tovuqning toji har xil zotlarida turli shaklda bo'ladi. Bu narsa ikki juft genning o'zaro ta’siri natijasida genlarning alohida kombinatsiyasi tufayli tojlar to'rt xil variantda: ya’ni oddiy (aabb), no'xatsimon (aaBB yoki aaBb), gulsimon toj (AAbb, Aabb) yong'oqsimon toj (AABB, AaBB, AABb yoki AaBb) lar shaklda namoyon bo'ladi (51- rasm).

144

GENETIKA HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT

VI BO'LIM




Genotipda allel bo‘lmagan genlarning o‘zaro ta’siri natijasi­da organizmda yangi belgining rivojlanishiga olib kelishi genlar­ning komplementar, ya’ni to‘ldiruvchi ta’siri deb ataladi. Genlar­ning bunday ta’siri genotipi har xil bo‘lgan xushbo‘y hidli, oq gulli no‘xatni o‘zaro chatishtirishda ham aniq namoyon bo‘ladi. Olingan birinchi bo‘g‘in duragaylar qizil rangda bo‘ladi.


Birinchi bo‘g‘in duragaylar o‘zaro chatishtirilganda ikkinchi bo‘g‘in o‘simliklarda ajralish: 9:7 nisbatda, ya’ni bir fenotipik sinf (9/16) qizil, ikkinchisi (7/16) oq bo‘ladi, demak natijaviy nisbat 9:7. Ota-ona o‘simliklarning genotipi - AAbb va aaBB bo‘lib, ularning har biri bittadan dominant (A yoki B) genga ega. Bu dominant genlar alohida-alohida holda gulga qizil rang bera olmaydi, shu- ning uchun ota-ona no‘xat o‘simliklarining guli oq bo‘ladi. Kom­plementar irsiylanishda fenotip jihatdan ajralish F2 da 9:3:3:1, 9:7, 9:3:4, 9:6:1 nisbatlarda bo‘ladi.

Yüklə 244,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə