Sitologiya va genetika


§. 8- laboratoriya mashg‘uloti. Modifikatsion o‘zgaruvchanlikning statistik qonuniyatlarini



Yüklə 244,49 Kb.
səhifə85/100
tarix22.12.2023
ölçüsü244,49 Kb.
#154335
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   100
9-sinf biologiya

§. 8- laboratoriya mashg‘uloti. Modifikatsion o‘zgaruvchanlikning statistik qonuniyatlarini

o‘rganish
Mavzuning maqsadi: reaksiya me’yori, organizmlarning moslanuvchanlik chegarasi haqidagi o'quvchilarning bilimini chuqur- lashtirish. Modifikatsion o'zgaruvchanlikning statistik qonuniyatlari to'g'risida bilimlarni shakllantirish, belgilarning o'zgaruvchanligini variatsion qatori, tajriba yo'li bilan variatsion qator olish va reaksiya me’yorining egri chizig'ini hosil qilish. Laboratoriya mashg'ulotining asosiy qoidalarini mustahkamlash. Organizm belgilarini tashqi muhit omillari ta’sirida o'zgarishi. Modifikatsion o'zgaruvchanlikning statis­tik qonuniyatlari. Organizmda o'rtacha belgilarning ko'p uchrashi sa- bablarini o'rganish.
Jihozlar (har bir stolga): biologik obyektlar yig'indisi: loviya urug'i, dukkak, bug'doy boshoqlari, olma barglari, akatsiya barglari va boshqalar. Har biri 100 donadan kam bo'lmasligi kerak.
Uslubiy tavsiyalar: O'qituvchi modifikatsion o'zgaruvchanlikning statistik qonuniyatlari, namoyish qilinayotgan obyektlar haqida qisqa- cha ma’lumot beradi.
Mashg‘ulotning borishi. 1. Laboratoriya mashg'uloti o'tkazish- ning maqsadi, vazifasi, olinadigan xulosalar haqida ko'rsatmalar berish. 2. Mashg'ulotni o'tkazish. 3. Laboratoriya mashg'ulotining yakuni haqida umumlashtiruvchi suhbat.
Instruktiv kartochka:
a) bitta o‘simlik bargi, urug‘i, dukkagi va boshoqlarining uzunligi- ga qarab ketma-ket terib chiqing; b) barg uzunligini o‘lchang, olingan ma’lumotlarni daftaringizga yozing. d) o‘zgaruvchanlikni grafik jihat­dan aks ettiruvchi variatsion egri chiziqni chizing.

  1. §. Mutatsion (genotipik) o‘zgaruvchanlik

Organizm genotipining o‘zgarishi bilan boradigan va bir nech- ta avlodlarda saqlanadigan o‘zgaruvchanlik irsiy (mutatsion) o‘zgaruvchanlik deyiladi. Ba’zan bular aniq ko‘zga tashlanadigan o‘zgarishlar bo‘lib, ularga: kalta oyoqli qo‘ylarning paydo bo‘lishi, tovuqlarda patning bo‘lmasligi (57- rasmga qarang), mushuk bar- moqlarini ayri bo‘lishi, pigmentlarning bo‘lmasligi (albinizm), odam- larda barmoqlarning kalta bo‘lishi (58- rasm) va ko‘p barmoqlilik (polidaktiliya) (59- rasm) kabilarni misol qilib ko‘rsatish mumkin.
To‘satdan vujudga keladigan va qat’iy ravishda nasldan-nasl- ga o‘tadigan o‘zgarishlar natijasida xushbo‘y no‘xatning kalta poya I i navlari, qat-qat tojibarg hosil qiladigan o‘simliklar va juda ko‘p boshqa belgilar paydo bo‘lgan. Ko‘pincha ular juda kichik, le­kin sezilarli o‘zgarishga uchragan o‘zgarishlar hisoblanadi. Gene­tik materialning irsiy o‘zgarishiga mutatsiyalar deyiladi.
Mutatsiyalar gen yoki xromosomaning tuzilmasini o‘zgarishi tufayli hosil bo‘ladi va tur ichidagi xilma-xillikning birdan-bir man- bayi bo‘lib xizmat qiladi.

Yüklə 244,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə