Sitologiya va genetika


Mutatsiyaning namoyon bo‘lish xarakteri



Yüklə 244,49 Kb.
səhifə86/100
tarix22.12.2023
ölçüsü244,49 Kb.
#154335
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   100
9-sinf biologiya

Mutatsiyaning namoyon bo‘lish xarakteri. Mutatsiyalar dominant va retsessiv bo‘ladi. Ularning ko‘pchiligi retsessiv bo‘lib, geterozigota holdagi organizmlarda yashirin holda uchraydi. Bu holat turning yashashi uchun muhim ahamiyatga ega. Odatda mu­tatsiyalar zararli bo‘lib, organizmning nozik muvozanatdagi bio­kimyoviy jarayonlar tuzilishiga o‘zgartirishlar kiritadi. Dominant mutatsiyaga ega organizmlar gomo va geterozigota holatlarda ko‘pincha yashovchan bo‘lmaydi va individual rivojlanishning dast- labki bosqichlaridayoq nobud bo'ladi. Tashqi muhit o'zgarishi nati­jasida ilgari zararli bo'lgan mutatsiyalar, organizmga foydali ta’sir ko'rsatishi mumkin. Bunday mutatsiyalarni tashuvchi organizmlar tabiiy tanlanish natijasida saralanib boradi.
Mutatsiyalar paydo bo‘ladigan joylar. Mutatsiyalar genera- tiv va somatik bo'lishi mumkin. Jinsiy hujayralarda paydo bo'lgan mutatsiyalar shu organizmning belgilarining namoyon bo'lishi- ga ta’sir qilmaydi, u faqat keyingi bo'g'inlarda namoyon bo'ladi. Bunday mutatsiyalar generativ mutatsiyalar deyiladi. Agar so­matik hujayralarning genlari o'zgarsa, bunday mutatsiyalar shu organizmning o'zida namoyon bo'ladi va jinsiy ko'payishda keyingi avlodga o'tmaydi.
Biroq jinssiz ko'payishda, agar organizm hujayra yoki hujay­ralar to'plamidan ko'payayotgan va unda o'zgargan - mutatsiyaga uchragan gen bo'lsa, bunday mutatsiyalar somatik mutatsiyalar deb ataladi va ular keyingi avlodlarga o'tishi mumkin.
O'simlikshunoslikda somatik mutatsiyalardan madaniy o'sim­liklarning yangi navlarini yaratishda keng foydalaniladi.

Yüklə 244,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə