Sitologiya va genetika


Odam irsiyatini o‘rganish usullari



Yüklə 244,49 Kb.
səhifə89/100
tarix22.12.2023
ölçüsü244,49 Kb.
#154335
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   100
9-sinf biologiya

Odam irsiyatini o‘rganish usullari. Odam irsiyatini o'rganish anchagina qiyinchiliklar tug'diradi. Ma’lumki, eksperimental gene­tika usullarini odamga tatbiq etib bo'lmaydi. Odam sekinlik bilan rivojlanib, ancha kech balog'atga yetadi. Bir oilaning ko'radigan farzandlari soni nisbatan kam bo'ladi. Bunday hollar odam irsiyati­ni o'rganishga qiyinchilik tug'diradi. Odam genetikasini o'rganish-
da quyidagi asosiy: geneologik, egizaklar, sitogenetik, biokimyo- viy, populyatsion, ontogenetik usullardan keng foydalaniladi.
Endi bu usullarning ta’rifiga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Geneologik (shajara) usulini dastlab F.Galton joriy etgan. Bu usul mumkin qadar ko'proq odamlarning nasl-nasabini o'rganib chiqishdan iborat. Shundan foydalanib, insonning ko'pgina belgi­lari, jumladan irsiy kasalliklarining nasldan-naslga o‘tib borishini aniqlash mumkin bo'ladi. Odamdagi qobiliyat, iste’dod va boshqa fazilatlarning rivojlanishi irsiy omillarga bog'liq ekanligi geneologik usul bilan aniqlangan. Masalan, musiqa, matematikaga bo'lgan iste’dod va qobiliyatlar.
Tarixda qobiliyatli mashhur kishilar ko'plab yetishib chiqqan sulolalar, oilalar shajarasi ma’lum. Bunga bir necha misollar kel- tiraylik. Muqaddas diyorimiz va dunyo tarixida sharafli o‘rin egal- lagan Temuriylar sulolasi insoniyatga buyuk davlat arboblari, sarkardalar, olimlar, yozuvchilarni yetkazib berdi. Ular orasida ulug‘ bobokalonlarimiz Amir Temur, Mirzo Ulug'bek, Zahiriddin Muhammad Bobur va Akbarshohlar alohida o‘rin tutadi.
Ma’lumki, odamning genotipiga bog'liq bo'lgan u yoki bu ruhiy xususiyatlari, jumladan, iste’dodning yuzaga chiqishi ijtimoiy mu- hitga ham bog'liq.
Ko'pgina kasalliklar retsessiv holda nasldan-naslga o'tishi geneologik usul yordamida aniqlangan. Jumladan: qandli diabet, tug‘ma karlik, gemofiliya, shizofreniya (og‘ir ruhiy kasallik)ning ba’zi formalari.
Faqat retsessiv genlar bilan emas, balki dominant genlar bilan belgilanadigan irsiy kasalliklarni braxidaktiliya yoki kaltabarmoqlik, ko‘z shox pardasining ko'rlikka olib keladigan irsiy degeneratsiya- si, sil kasalligiga moyillik kabilar ham geneologik usul yordamida nasldan-naslga o'tishi aniqlangan.

Yüklə 244,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə