Sitologiya va genetika



Yüklə 244,49 Kb.
səhifə97/100
tarix22.12.2023
ölçüsü244,49 Kb.
#154335
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100
9-sinf biologiya

Tanlash va duragaylash seleksiyaning asosiy usullaridir.
12. Biologiya, 9- sinf.
Tanlashning ikkita shakli: yalpi va individual tanlash bor. O'simlik- shunoslikda chetdan changlanuvchi o'simliklarga nisbatan ko'pin- cha yalpi tanlash usuli qo'llaniladi. Bunday tanlashda ekinzordan faqat kerakli sifatga ega bo'lgan o'simliklar guruhi ajratib olina- di. Kelgusi yili bu o'simliklardan olingan urug'lar ekilib, o'simliklar orasidan ham ma’lum belgiga ega bo'lganlarini tanlab olish tak- rorlanadi. Bu usulda olingan nav genetik nuqtayi nazardan bir xil bo'lmaydi va shuning uchun tanlashni vaqti-vaqti bilan qaytarib tu- rish kerak.
Individual, ya’ni yakka tanlashda ekinzordan qimmatli belgi­ga ega ayrim o'simliklar tanlanadi va ulardan yangi avlod olinadi. Yakka tanlash orqali toza liniyalarni genetik jihatdan bir xil orga­nizmlar guruhi olinadi. Tanlash yo'li bilan madaniy o'simliklarning juda qimmatli navlarini yaratishga muvaffaq bo'lingan (61- rasm).
Hozirgi vaqtda o'simliklarning yangi navlarini yaratish hamda o'zgaruvchanlik doirasini oshirishda quyidagi usullar qo'llaniladi: duragaylash, sun’iy mutagenez, eksperimental poliploidiya va ge- netik injeneriya.
Duragaylash. Seleksiyada duragaylashning har xil usullari qo‘llaniladi. Ular tur ichidagi duragaylash, geografik uzoq formalarni duragaylash, genetik uzoq formalarni duragaylashlardir. Tur ichi­dagi duragaylash o'simliklar seleksiyasida keng qo'llaniladi. Bunda bitta turga mansub o'simlik navlari o'zaro chatishtiriladi. Davlatimiz- da yaratilgan ko'plab g‘o‘za navlari shu usulda yaratilgan.
Geografik uzoq formalarni duragaylashda bir turga mansub, lekin Yer yuzasining turli joylaridan keltirilgan o'simliklar o'za- ro chatishtiriladi. Olingan duragaylarda o'zgaruvchanlik yuqori bo'lib, ular yashash sharoitiga tez moslashadi. Bu usul yordamida bug'doyning “Saratov-29” navlari yaratilgan hozirgi vaqtda bu nav MDH davlatlarining bug'doy ekiladigan hududlarini 50 % iga ekil- moqda. Akademik Sodiq Mirahmedov Meksikadan keltirilgan vilt- ga chidamli yovvoyi g‘o‘za bilan O'zbekistonda yaratilgan viltga chidamsiz g‘o‘za navini chatishtirib viltga chidamli “Toshkent-1”, “Toshkent-2”, “Toshkent-3” navlari yaratgan.
Genetik uzoq formalarni duragaylashda har xil turga yoki har xil turkumga mansub o'simliklar chatishtiriladi. Bu usul orqali hozirgi zamon seleksiyasining erishgan yutuqlaridan biri - dura- gaylarning turlararo bepushtligini bartaraf qilish usulini ishlab chi- qish bo'ldi. Dastlab bu usulni o'tgan asrning 20- yillarida rossiya- lik olim G.D.Karpechenko karam bilan turpni chatishtirishda qo'l- lashga muvaffaq bo'ldi. Inson tomonidan yaratilgan bu yangi o'simlik karamga ham, turpga ham o'xshamagan. Ularning mevasi ikki qismdan iborat bo'lib, yarmi karamga, yarmi turpga o'xshaydi.
Keyinchalik esa bug'doy bilan bug'doyiq duragayini olishga muvaffaq bo'lindi. Bu duragay asosida bug'doyning yangi don- li yem-xashak navi yaratildi, u bir mavsumda 3-4 marta o'rib oli- nadi, 300-450 s/ga yashil massa beradi. Bir-biridan uzoq tur- larni duragaylash yo'li bilan yana yangi donli va yem-xashakbop o'simlik - bug'doy bilan javdar duragayi olindi. Bu duragay tri- tikale deb ataladi. Bug'doy va javdarning eng yaxshi xususiyat- larini to'plagan bu o'simlik yuqori hosildor, ko'p miqdorda yashil massa to'playdi va yuksak dara- jadagi oziqlik sifatiga ega. O'sim- likshunoslikda ko'pincha organik moddalarning bir muncha faol sintez qiluvchi, hosildorligi yuqori, katta o'lchami bilan farqlanadigan poliploid o'simliklar ham olinadi (180- betdagi 62-, 63- rasmlar).

Yüklə 244,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə