Sitologiya va genetika



Yüklə 244,49 Kb.
səhifə95/100
tarix22.12.2023
ölçüsü244,49 Kb.
#154335
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100
9-sinf biologiya

VIII bob



Seleksiya atamasi lotincha “selectio” so‘zidan olingan bo‘lib, “tanlash” degan ma’noni anglatadi. O‘simliklarning yangi navlari- ni, hayvonlarning yangi zotlarini, mikroorganizmlarning yangi shtammlarini yaratish, ularning mavjud nav, zot va shtammlarini yaxshilash seleksiyaning asosiy vazifasidir.

  1. §. Madaniy o‘simliklarning kelib chiqishi va xilma-xillik markazlari

Mavjud hayvon zotlari va madaniy o'simliklar navlarining genofondi, boshlang'ich yovvoyi turlarning genofondiga nisbatan kamroq bo'lishi tabiiydir. Shuning uchun ham seleksion ishlarning yutuqlari asosan o'simlik yoki hayvonlarning boshlang'ich guruh- larining genetik xilma-xilligi bilan bog'liq. O'simliklarning yangi navlari va hayvonlarning yangi zotlarini yaratishda yovvoyi shakl- larning foydali belgilarini qidirish va uni aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Madaniy o‘simliklarning xilma-xilligi va geografik tarqa- lishini o'rganish maqsadida rossiyalik genetik va seleksioner olim N.I.Vavilov 1920-1940 yillarda Rossiya va chet ellarga bir qator ekspeditsiyalarni uyushtirgan. Bu ekspeditsiyalar davomida dunyo o'simlik resurslari o'rganilgan va urug'chilik uchun g'oyat muhim kolleksiya to'plangan. Bular keyinchalik seleksion ishlarda, yangi navlarni yaratishda foydalanilgan.
N.I.Vavilov ekspeditsiya natijalari asosida seleksiya nazari- yasi uchun muhim hisoblangan, umumiy xulosalarni ishlab chiq- di. Madaniy o'simliklarning kelib chiqishini 7 markazga bo'ladi. Bu markazlar butun dunyo bo'ylab tarqalgan.

  1. Janubiy Osiyo tropik markazi. Tropik Hindiston, Hindi-Xi- toy, Janubiy Xitoy, Janubiy - Sharqiy Osiyo orollari kiradi (50 % madaniy o'simliklar, shu jumladan, sholi, shakarqamish va sabza- vot ekinlari vatani).


Yüklə 244,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə