Sitologiya va genetika



Yüklə 244,49 Kb.
səhifə98/100
tarix22.12.2023
ölçüsü244,49 Kb.
#154335
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100
9-sinf biologiya

Sun’iy mutagenez usuli deb - kuchli ta’sir etuvchi omillar ta’sirida o'simliklarda mutatsiya­lar olishga aytiladi. Bu usulni qo'llash orqali akademiklar Nabi-
jon Nazirov va Oston Jalilovlar tomonidan g‘o‘zaning serhosil AN- 402, Samarqand-3, Yulduz kabi navlari yaratilgan.
Geterozis. O‘simliklarda chetdan changlanadigan o‘simliklarni tabiiy changlantirish orqali seleksiya uchun ahamiyatga ega gen­lar ushbu liniyalarda mustahkamlanadi. So‘ngra olingan duragay- lar chetdan changlantiriladi. Bu usul yordamida serhosil o'simliklar navlari chiqariladi. Bunda geterozis, ya’ni duragay kuchining sa- marasi namoyon bo'ladi. Geterozisning mohiyati shundan iborat- ki, birinchi avlod duragaylar ota-ona organizmga nisbatan hosildor chidamli va yashovchan bo'ladi.
Hayvonlar seleksiyasi. Hayvonlar seleksiyasida o'simliklar seleksiyasida qo'llaniladigan usullardan ham foydalaniladi. Le­kin hayvonlar seleksiyasining o'ziga xos xususiyatlari hayvon ta- biat idan kelib chiqadi: 1) xonakilashtirilgan hayvonlar faqat jinsiy yo'l bilan ko'payadi, 2) har bir hayvon kam nasl beradi va har bir hayvon ancha qimmat turadi.
Hayvonlar seleksiyasida eksterer belgilarni hisobga olish mu­him rol o'ynaydi. Hayvonlar tashqi shakllarini butun yig'indisi, ta- nasining tuzilishi, tana qismlarining o'zaro nisbati eksterer deb ataladi. Xo'jalik uchun muhim bo'lgan ko'pgina belgilar, masalan, qoramolning sersutliligining rivojlanishi muayyan tana tuzilishiga, qon aylanish va nafas olish sistemalari va boshqa belgilarni yax- shi rivojlanganligiga bog'liq. Hayvonlar seleksiyasida turli belgilar o'rtasidagi bog'lanishlarni hisobga olish muhim, chunki biron belgi bo'yicha yuqori hosildorlik - muayyan eksterer belgilarga bog'liq.
Chorvachilikda avlodlar soni kam bo'lganligi sababli xo'jalik ji­hatdan foydali bo'lgan belgilarga qarab yakka tanlash keng qo'lla- niladi. Qishloq xo'jalik hayvonlarida bir zotga mansub hayvonlarni o'zaro chatishtirish yoki bir-biridan uzoq, ya’ni begona zot yohud turga mansub hayvonlarni chatishtirish olib boriladi. Begona zot- larni chatishtirish bir necha foydali belgilar kombinatsiyasini hosil qilish maqsadida amalga oshiriladi. Bunday duragaylash ke- yinchalik qat’iy tanlash bilan qo'shib olib borilganda zotning xusu- siyatlarini yaxshilashga imkon yaratadi.
Hayvonlarning har xil zotlarini yoki o'simliklarning navlari hamda turlararo chatishtirishda hosil bo'lgan birinchi avlod du- ragayi hayotiy xususiyatlari bir muncha yuqori bo'lishi va kuchli rivoj l anishi bilan farq qiladi.
Bu hodisa duragay kuchi yoki geterozis deyiladi. Bunda ko'pchilik genlar geterozigotali holatga o'tadi va dominant gen­larning qulay o'zaro ta’siri vujudga keladi.
Uy hayvonlarini sermahsul zotlarini yaratishda zotlararo va uy hayvonlarining uzoq formalarini duragaylash orqali ko'plab zotlar yaratilgan. Zotlararo chatishtirish orqali mayin jun beradigan aska- niya rambulesi, hisor va qorako'l qo'y zotlari, ko'p sut beradigan kostroma qoramol zoti, axaltaka ot zoti, tovuqlarning broyler va sertuxum zotlari, ipak qurtining zotlari yaratilgan.
Uy hayvonlarini uzoq formalari duragaylash orqali ham xo'jalik uchun katta ahamiyatga ega zotlar yaratilgan. Ularga misol qilib mayin jun beradigan merinos qo'y zoti bilan yovvoyi qo'y arxarni chatishtirish orqali arxaromerinos qo'y zoti, baland tog'li hudud- larda yashaydigan uy hayvoni qo'tos bilan qoramol chatishtirilib duragay olingan. Olingan bu zotlar turli muhit sharoitida bemalol yashay oladi va mahsuldorligi ham yuqori bo'ladi.
O'simliklar seleksiyasida qanday usullar qo'llaniladi? O'simliklar seleksiyasida duragaylashning qanday usullaridan foydalaniladi?
O
2.
'zbek olimlarining o'simliklar seleksiyasi sohasidagi ishlari haqida ma’lumot bering.

Geterozis nima?


  1. Yüklə 244,49 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə