Sitologiya va genetika


Fenotipik (modifikatsion) o'zgaruvchanlik



Yüklə 244,49 Kb.
səhifə84/100
tarix22.12.2023
ölçüsü244,49 Kb.
#154335
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   100
9-sinf biologiya

Fenotipik (modifikatsion) o'zgaruvchanlik. Har bir orga­nizm tashqi muhitning ma’lum sharoitlariga mos ravishda yashay- di va rivojlanadi. Ularga tashqi muhit omillari - harorat, namlik, ozuqa miqdori va sifati o'z ta’sirini ko'rsatadi. Shu bilan birga u o'z turidagi boshqa organizm va turlarga mansub bo'lgan orga­nizmlar bilan o'zaro munosabatda bo'ladi. Bu omillar organizm- ning fiziologik, morfologik xususiyatlarini hamda fenotipini o'zgarti- rishi mumkin. Organizmga tashqi muhit omillarining ta’siri natijasi­da vujudga keladigan o'zgarishni ko'rib chiqamiz.
Himolay quyonining yelkasidagi oq junlarni yulib tashlab, o'sha joyga sovuq ta’sir etilsa, qora jun o'sib chiqadi (54- rasm).
Bordi-yu, shu qora junlarni olib tashlab issiq belbog' bog'lansa, yana oq jun o'sib chiqadi. Himolay quyonlarini 30 °C da boqilsa, uning hamma juni oq rangda bo'ladi. Normal sharoit- da o'stirilgan ikkita ana shunday oq quyonlar avlodida, pigment- laming tarqalishi odatdagidek bo'ladi. Ozuqa yetishmasa yoki ota-onaga spirtli ozuqa berilsa, tug'ilgan quyonchalar chala bo'lib, rivojlanishi sust bo'ladi. Tashqi muhit ta’sirida belgilarning o'zgari- shi nasldan-naslga o'tmaydi.
Tashqi muhit ta’sirida vujudga kelgan yana bir o'zgaruvchan- likka to‘xtalib o‘tamiz. Nilufar gul (55- rasm) va suv yong‘og‘i (56- rasm)da suv osti va ustidagi barglari har xil shaklga ega: nilufar- ning suv ostidagi bargi ingichka lansetsimon, suv ustidagi barglari voronkasimon, suv yong‘og‘ida esa suv osti barglari patsimon qir- qilgan, suv usti barglari esa yaxlit bo‘ladi.
Barcha odamlarda (agar ular albinos bo‘lmasa) ultrabinafsha nurlar ta’sirida melanin pigmenti to‘planishi tufayli terisi qoramtir tusga o‘tadi.
Shunday qilib, tashqi muhitning ma’lum ta’sirida organizmlar­ning har bir turi o‘ziga xos o‘zgarishlarga duch keladi va bunday o‘zgarishlar shu tur vakillarining barchasi uchun bir xilda bo‘la- di. Shu bilan birga, tashqi muhit sharoitlari ta’sirida belgilarning o‘zgarishlari chegarasiz emas. Belgilarning tashqi muhit omillari- ning ta’sirida muayyan doirada, organizmning genotipiga bog‘liq holda o‘zgarish darajasi yoki o‘zgaruvchanlik chegaralariga reak­siya normasi deb ataladi. Reaksiya normasining kengligi geno­tip bilan aniqlanadi va organizm hayot faoliyatidagi belgilarining ahamiyatiga bog‘liq. Reaksiya normasining torligi bosh miya yoki yurak kattaligi kabi muhim belgilarga xosdir. Shuningdek, orga- nizmdagi yog‘ miqdori juda keng doirada o‘zgaravchan bo‘ladi (sut tarkibidagi yog‘ miqdori qoramol zotiga, genotipga bog‘liq).
Hasharotlar yordamida changlanadigan o‘simliklar guli kam- dan-kam hollarda o‘zgaradi, lekin barglarining kattaligi juda
o‘zgaruvchan bo‘ladi. Inson uchun foydali bo‘lgan o‘simliklar, hay­vonlar, mikroorganizmlarni olish uchun modifikatsion o‘zgaruv- chanlikning reaksiya normasini bilish seleksiya amaliyotida kat­ta ahamiyatga ega. Ayniqsa, qishloq xo‘jaligida yangi sermahsul zot va navlarni yaratishdan tashqari, mavjud bor zot va nav- lardan yuqori darajada foydalanish imkonini beradi. Modifikatsion o‘zgaruvchanlik qonuniyatlarini o‘rganish tibbiyotda inson orga- nizmi reaksiya normasi doirasida saqlab turish va rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shunday qilib, fenotipik(modifikatsion) o‘zgaruvchanlik quyida­gi asosiy xususiyatlar bilan xarakterlanadi:

  1. irsiylanish xususiyatiga ega emas;

  2. o‘zgarishlar guruhli xarakterga ega;

  3. o‘zgarishlar tashqi muhit ta’siriga bog‘liq;

  4. o‘zgaruvchanlik chegaralari genotip bilan aniqlanishi,

ya’ni o'zgarishlar bir xil yo'nalishda bo'lishiga qaramay, ularning namoyon bo'lish darajasi har xil organizmlarda turlicha bo'ladi.


O
-ГТ
2.
3.
4.

0
'zgaruvchanlik deb nimaga aytiladi? O'zgaruvchanlikni qanday xillarini bilasiz? Reaksiya normasi deb nimaga aytiladi? Fenotipik o'zgaruvchanlikning o'ziga xos xususiyatlarini tushuntiring.




  1. Yüklə 244,49 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə