Sitologiya va genetika


Genlarning o‘zaro epistaz ta’siri



Yüklə 244,49 Kb.
səhifə78/100
tarix22.12.2023
ölçüsü244,49 Kb.
#154335
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   100
9-sinf biologiya

Genlarning o‘zaro epistaz ta’siri. Fenotipda bir dominant genning allel bo‘lmagan ikkinchi dominant gendan ustunlik qilishi epistaz deb ataladi. Bu qonuniyatning mohiyatini tovuq zotlarida pat rangining irsiylanishi misolida ko‘rib chiqaylik. Patlari oq rang- dagi ikkita tovuq zotlarining fenotipi bir xil bo‘lsa ham, ularning bu belgi bo‘yicha genotiplari har xilligi aniqlandi. Buni tekshirish uchun har ikkalasiga ham oq patli tovuq zotlari chatishtirildi. F1 da hamma duragaylarning pati oq rangli chiqdi. F1 duragay avlodi- dagi xo‘roz va tovuqlarni o‘zaro chatishtirib olingan ikkinchi av- lodda patning rangi bo‘yicha ikkita fenotipik guruhga ajralish ku- zatildi. Ularning 13/16 qismi oq patli, 3/16 qismi esa rangli patli tovuq-xo‘rozlar ekanligi aniqlandi.
Shunday qilib, ikkita oq patli tovuq zotlarini chatishtirib olin­gan duragaylarning ikkinchi avlodida yangi belgi (patning rangli bo‘lishi)ga ega bo‘lgan organizmlar paydo bo‘ldi. Tovuq zotlari- da IICC, IiCC, IiCc, iicc, IIcc, licc genotiplar patning oq bo‘lishi- ni ta’minlaydi. iiCC, iiCc genotiplar esa patning rangli bo‘lishini ta’min etadi. Tovuq zotlarida patning oq yoki rangli bo‘lishi ikki juft allel bo‘lmagan genlarga bog‘liq. Ularning birinchi jufti Cc genidir. Bu genning dominant alleli (CC) va (Cc) holatda patning rangli bo‘lishini ta’minlaydi. Bu genning (cc) holati patning oq bo‘lishiga zamin yaratadi. Unga allel bo‘lmagan ikkinchi juft gen I-i esa, C-c genning faoliyatini boshqaradi. Bu gen ingibitor gen deb atala­di va II, Ii holatlarida patga rang beruvchi (C) genining faoliyatini to‘xtatadi. Natijada C geni genotipda bo‘lsa ham, patning rangli bo‘lishini fenotipda namoyon eta olmaydi va pat rangi oqligicha qoladi. Shunday qilib, allel bo‘lmagan genlarning o‘zaro epistaz ta’siridagi irsiylanish jarayonida ham duragay avlodlarda, ota-ona organizmida bo‘lmagan yangi belgilar paydo bo‘ladi.
Genlarning dominant epistaz ta’sirida F2 avlodida 13:3, 12:3:1; retsessiv epistazda esa 9:3:4 nisbatda ajralish ro‘y beradi.

  1. Genlarning o‘zaro ta’sir etishi qanday xillarga bo‘linadi?

  2. Genlarning komplementar ta’siri nima? Misollar bilan tushuntiring.

  3. Epistaz nima? Misollar keltiring.

  1. §. Genlarning polimer ва ko‘p tomonlama ta’siri


Yüklə 244,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə