Sitologiya va genetika


Genlarning polimer ta’siri



Yüklə 244,49 Kb.
səhifə79/100
tarix22.12.2023
ölçüsü244,49 Kb.
#154335
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   100
9-sinf biologiya

Genlarning polimer ta’siri. Allel bo‘lmagan bir nechta gen­ning bitta belgining rivojlanishiga o‘xshash ta’sir ko‘rsatishi gen­larning polimer ta’siri deyiladi. Genlarning polimer ta’siri orga-

  1. Biologiya, 9- sinf.

nizmlarning miqdoriy belgilarida uchraydi. Masalan, hayvonlarning vazni, o'sishi, o'simliklarning bo'yi, tovuqlarning tuxum qilishi, qo- ramol sutining miqdori va yog'liligi, o'simliklar tarkibidagi vitamin- lar miqdori va boshqalar. Miqdor belgilarning rivojlanish darajasi unga ta’sir etuvchi polimer genlar soniga bog'liq bo'ladi.
Polimer irsiylanishni dastavval shved olimi Nilson Ele o'rgan- di. U bug'doyning qizil (A1A1A2 A2) va oq (a1a1a2a2) navlarini o'zaro chatishtirib, F1 o'simliklarni oldi (52- rasm).
F1da donlarning rangi pushti bo'ldi. F1 o'zaro chatishtirilib, F2 dagi o'simliklarning don rangiga qarab beshta guruhga ajratildi. Ularning miqdoriy nisbati quyidagicha: bitta qizil, to'rtta och qizil rangli, oltita pushti, to'rtta och pushti rangli, bitta oq donli o'sim­liklar olindi.
Polimer irsiylanish kumulyativ va nokumulyativ xillarga bo'li­nadi. Nokumulyativ polimeriya ko'proq sifat belgilarni irsiylanishi dominant genlar soniga bog'liq bo'lmagan holda namoyon bo'ladi. Miqdor belgilarning irsiylanishi kumulyativ polimeriya orqali amalga oshadi. Kumulyativ polimeriyada duragaylarda belgining har xil da- rajada rivojlanishi dominant genlarning soniga bog'liq bo'ladi. Ku­mulyativ polimeriyada fenotip jihatdan nisbat F2 da 1:4:6:4:1, noku­mulyativ polimeriyada esa 15:1 nisbatda bo'ladi.
Polimer irsiylanish qonuniyatlarini o'rganishning ahamiya- ti juda katta. Organizmlardagi, xususan, madaniy o'simlik va uy hayvonlarining inson uchun foydali miqdoriy belgilari polimer gen­lar ta’sirida irsiylanadi va rivojlanadi. Masalan, uy hayvonlarining og'irligi, sut miqdori va yog'liligi, lavlagi ildizmevasidagi shakar- ning miqdori, g'alladoshlarda boshoqning uzunligi, makkajo'xori so'tasining uzunligi va hokazo.

Yüklə 244,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə