Sitologiya va genetika



Yüklə 244,49 Kb.
səhifə60/100
tarix22.12.2023
ölçüsü244,49 Kb.
#154335
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   100
9-sinf biologiya

§. Urug‘lanish

Urug‘lanish deb - xromosomalarning gaploid to'plamiga ega bo'lgan urg'ochi va erkak gametalar (jinsiy hujayralar)ning bir-biriga qo'shilishiga aytiladi. Urug'langan tuxum hujayra zigota deb ata I adi. Zigota yadrosida xromosomalarning hammasi yana juft bo'lib qoladi: har bir juft gomologik xromosomaning bittasi otadan o'tgan, ikkin- chisi onadan o'tgan xromosoma bo'ladi. Demak, urug'lanish vaqti- da organizmlar har bir turning somatik hujayralari uchun xarakterli bo'lgan xromosomalarning diploid to'plami tiklanadi.
Hayvonlarda urug‘lanish. Ko'pgina suv hayvonlari, jum- ladan, baliqlar va suvda hamda quruqlikda yashovchilarda urug'lanish bevosita suv bilan bog'liq. Bu hayvonlar ko'payish davrida juda ko'p tuxum hujayra va spermatozoidini suvga chiqa- radi. Suv orqali spermatozoid tuxum hujayra ichiga kirib uni urug'lantiradi. Bu jarayonga tashqi urug'lanish deyiladi. Quruqlik­da yashaydigan hayvonlarda esa ichki urug'lanish kuzatiladi.
Urug'lanish jarayonida avval spermatozoid tuxum hujayra- ga yaqinlashadi, uning bosh qismidagi fermentlar ta’sirida tuxum hujayra qobig'i erib, kichik teshikcha paydo bo'ladi. Bu teshikcha orqali spermatozoid yadrosi tuxum ichiga kiradi. Keyin har ikkala gametaning gaploid yadrolari qo'shilib, umumiy diploid yadro hosil bo'ladi, so'ngra bo'linish va rivojlanish boshlanadi.
Ko'pchilik holatlarda bitta tuxum hujayrani faqat bitta sperma­tozoid urug'lantiradi. Ba’zi hayvonlarda tuxum hujayraga ikki yoki bir nechta spermatozoid kirishi mumkin. Lekin ularni urug'lanti- rishda faqat bittasi qatnashadi, boshqalari esa nobud bo'ladi.
O‘simliklarda urug‘lanish. Yopiq urug‘li o‘simlik (gulli o‘sim- lik)larda urug‘lanish va urug‘ning rivojlanishini ko‘rib chiqamiz (40- rasm). Yopiq urug‘li o‘simliklarda erkak gametalari chang dona- chasida yetiladi. Chang donachasi ikkita hujayradan tuzilgan. Ana shu hujayralarning yirigi vegetativ hujayra, maydasi esa genera- tiv hujayra deyiladi. Vegetativ hujayra o‘sib uzun, ingichka nay- chani vujudga keltiradi. Generativ hujayra vegetativ naycha ichi- da ikkiga bo‘linib, ikkita spermiy hosil qiladi. Chang naychalari tez o‘sib, urug‘chidagi tumshuqcha hamda ustuncha ichiga kiradi va tuguncha tomon yo‘naladi. Chang naychalari turli tezlikda o‘sadi. Lekin shulardan faqat bittasi boshqalaridan o‘zib ketib, tuguncha ichidagi urug‘kurtakka yetib boradi va uning ichiga kiradi.
Spermiyning biri tuxum hujayra bilan qo‘shilib zigota hosil qiladi, undan murtak rivojlanadi. Ikkinchi spermiy markaziy (dip­loid) hujayra bilan qo‘shiladi va natijada yadrosi triploid, ya’ni uch-



Yüklə 244,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə