Sitologiya va genetika


Jinsiy hujayralar va ularning tuzilishi



Yüklə 244,49 Kb.
səhifə58/100
tarix22.12.2023
ölçüsü244,49 Kb.
#154335
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   100
9-sinf biologiya

Jinsiy hujayralar va ularning tuzilishi. Jinsiy hujayralar o‘lchami va shakli jihatidan bir-biridan farq qiladi. Erkaklik jinsiy hujayralar - spermatozoid ya’ni urug‘ hujayra, urg‘ochilik jinsiy hu­jayralar - tuxum hujayra hisoblanadi. Spermatozoidlar tuxum hu- jayradan ancha kichik, biroq juda harakatchan bo‘ladi.
Sutemizuvchilar spermatozoidi (35- rasm) uzun ip shaklida bo‘lib, uch qismdan: bosh, bo‘yin, dumdan iborat. Bosh qismida yadro joylashadi, boshchasining oldingi qismida sitoplazmaning zichlashgan qismi mavjud, shu qismi spermatozoid yordamida tuxum hujayraga kiradi. Bo‘yin qismida hujayra markazi va mito- xondriyalar bo‘ladi. Bo‘yin bevosita dumga o‘tadi. Dum tuzilishiga ko‘ra xivchinga o‘xshaydi va spermatazoidning harakatlanish or- ganoidi hisoblanadi.
Sutemizuvchilar spermatozoidlari: A umumiyko‘rinishi;
Tuxum hujayra ko‘pincha yumaloq, amyobasimon shaklda bo‘lib, harakatsiz bo‘ladi. Boshqa hujayralardan asosiy farqi shak- lining juda katta bo‘lishidir. Tuxum hujayraning kattaligi sitoplaz- mada oqsilga boy oziq modda — sariqlikning mavjudligidir. Tuxum qo'yib ko'payadigan umurtqalilar (sudralib yuruvchi va qushlar)da tuxum hujayra ancha yirik bo'ladi (36- rasm). Tuxum hujayra or- ganizmning rivojlanishi uchun zarur bo'lgan hamma irsiy axborotni o'zida saqlaydi.
Jinsiy hujayralarning rivojlanishi (gametogenez). Jinsiy hujayralar (gametalar) jinsiy bezlarda rivojlanadi. Spermatozoid- lar - urug'donda, tuxum hujayra - tuxumdonda. Spermatozoidlar- ning rivojlanishi - spermatogenez, tuxum hujayraning rivojlanishi - ovogenez deyiladi (37- rasm).
Jinsiy hujayralarning hosil bo'lishi jarayonida spermatogenez va ovogenez bir nechta bosqichlarda amalga oshadi.

  1. bosqich. Ko‘payish davri, birlamchi jinsiy hujayralar mitoz yo'li bilan ko'payishi natijasida hujayralar soni ortadi. Spermatoge- nezda birlamchi jinsiy hujayralar juda tez ko'payadi, ko'pincha bu jarayon balog'atga yetish davridan boshlab qarilik davrigacha da- vom etadi. Ovogenezda birlamchi urg'ochi jinsiy hujayralarning

ko'payishi tuban umurtqasizlar- da butun umri mobaynida davom etadi.

  1. bosqich. O‘sish davri

boshlang'ich jinsiy hujayralar­ning ayrimlari o'sish zonasiga o'tib kattalashadi, oziq moddalar
po‘choq;
po‘choq osti parda; sariqlik; embrion diski; havo kamerasi; oqsil parda; oqsil ipcha; xalaza (tortma).
to‘playdi. Ularning DNK miqdori ikki hissa ortadi. Birlamchi sper- matozoidlar o‘sish zonasida tez kattalashmaydi. Lekin tuxum hu­jayralar ayrim vaqtlarda bir necha yuz va ming martagacha kat- talashadi. Birlamchi tuxum hujayralarning o‘sishi organizmning boshqa hujayralarida hosil bo‘ladigan moddalar hisobiga amalga oshadi. Misol uchun baliqlar, suvda ham quruqda yashovchilar, sudralib yuruvchilar va qushlardagi tuxum hujayraning asosiy qis- mini sariqlik tashkil etadi. Sariqlik zaxira oziq moddalar to‘plamidir (yog‘, oqsil, karbon suv). Bundan tashqari birlamchi jinsiy hujay- ralarda ko‘p miqdorda oqsil va RNKlar sintezlanadi.


  1. Yüklə 244,49 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə