Sitologiya va genetika



Yüklə 244,49 Kb.
səhifə63/100
tarix22.12.2023
ölçüsü244,49 Kb.
#154335
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   100
9-sinf biologiya

Gastrulyatsiya. Blastula juda ko‘p hujayralardan tashkil to- padi (misol uchun, lansetnikda 3000 ta hujayra bo‘ladi), keyingi rivojlanish natijasida ikkinchi bosqich gastrula boshlanadi. Gas- trula bosqichida murtak ikki qavat bo‘lib qoladi. Murtakning tashqi qavati ektoderma, ichki qavati entoderma deyiladi. Gastrula hosil bo‘lishiga olib keladigan jarayonlar yig‘indisi gastrulyatsiya deb ataladi.
Lansetnikda gastrula blastula devorining ichkariga botib kirishi hisobiga hosil bo‘ladi, ayrim hayvonlarda - blastula devorini qat- qat bo‘lib joylashishi yo‘li bilan amalga oshadi (42- rasm).
Ko‘p hujayrali hayvonlarda (bo‘shliq ichlilardan tashqari) uchinchi qavat mezoderma hosil bo'ladi. Mezoderma ekto va en- todermaning o'rtasida birlamchi tana bo‘shlig‘i - blastoselda joy­lashadi. Mezoderma qavatining hosil bo‘lishi bilan murtak uch qavatdan iborat bo'ladi: ektoderma, entoderma va mezoderma murtak varaqlari hisoblanadi (43- rasm). Umurtqali hayvonlarning hammasida bu varaqlar bir-biriga oxshaydi.
Gastrulyatsiyaning mohiyati shundan iboratki, bu jarayon hu­jayralar to'plamini aralashishi bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda embrion hujayralari bo'linmaydi, o'smaydi. Lekin, bu bosqichda embrion hujayrasining dastlabki genetik axborotlaridan foydalana boshlanadi va dastlabki ixtisoslashish belgilari paydo bo'ladi.
Ixtisoslashish — bu embrionning ayrim qismlari va hujayra­larining tuzilishi hamda vazifasi jihatidan bir-biridan farq qilishi- dir. Ixtisoslashish morfologik nuqtayi nazardan qaraganda max­sus tuzilishga ega bir-biridan farq qiladigan yuzlab hujayra xillari- ni hosil bo'lishidir. Blastulaning ixtisoslashmagan hujayralaridan asta-sekin teri epiteliysi hujayralari, ichak epiteliysi, o‘pka, nerv, muskul va boshqa hujayralar paydo bo'ladi. Biokimyoviy nuqtayi nazardan hujayralarning ixtisoslashishi shu hujayra uchun xos oqsillarni sintezlash bilan xarakterlanadi. Misol uchun, limfositlar himoya qiluvchi oqsil antitanani, muskul hujayralari esa qisqa- ruvchi oqsil-miozinni sintezlaydi. Har qanday hujayra o‘zi uchun xos bo'lgan oqsilni sintezlaydi. Biokimyoviy ixtisoslashish natijasi­da embrion varaqalaridan alohida organ va organlar sistemasi- ni rivojl anishiga ta’sir ko'rsatadigan hujayralar tarkibidagi har xil genlarning ishlashi boshlanadi.
Har xil turlarga mansub hayvonlarning murtak varaqalaridan bir xil to'qima va organlar hosil bo‘la boshlaydi. Bu esa ular o‘zaro gomolog ekanligidan dalolat beradi. Embrionning ektoderma qa- vatidan - bo‘g‘imoyoqlilarda, xordalilar (baliqlar, amfibiyalar, rep- tiliyalar, qushlar va sut emizuvchilar)da teri qoplamlari, ya’ni teri epiteliyasi hamda uning hosilalari, nerv sistemasi va sezgi organ- lari, tishning emal qavati shakllanadi.


Yüklə 244,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə