Sitologiya va genetika



Yüklə 244,49 Kb.
səhifə65/100
tarix22.12.2023
ölçüsü244,49 Kb.
#154335
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   100
9-sinf biologiya

47- rasm.
у
Kapalakning to‘la o‘zgarish bilan rivojlanish (metamorfoz) bos- qichlari: Tuxumdan qurtning chiqishi, g'umbak hosil qilishi, g'umbakdan kapalakning chiqishi.
mumkin. Misol uchun tut ipak qur- tining qurtlik davri 20-24 kun da- vom etadi. Voyaga yetgan kapala- gi esa 5-10 kun yashaydi. Baqa- ning lichinkasi itbaliq 2-3 oyda baqaga aylanadi. Voyaga yet­gan baqa bir necha yil yashaydi.
Postembrional rivojlanish o‘sish bilan birga davom etadi. O‘sish butun umr davomida hamda ma’lum muddat bilan chegaralangan bo‘ladi. Butun umri davomida o‘sish o‘simliklarda, tasmasimon chuvalchanglar, ayrim molluskalar va baliqlarda kuzatiladi.
Ko‘pchilik hayvonlar jinsiy balog‘atga yetgandan so‘ng o‘sish- dan to‘xtaydi. Odam 20-25 yoshda o‘sishdan to‘xtaydi.
P
1.
2.
3.
4.
5.
ostembrional rivojlanishni qanday xillarga ajratish mumkin?

Bevosita rivojlanishni misollar asosida tushuntiring. Assidiya metamorfozini tushuntirib bering.
Metamorfozli rivojlanishning biologik ahamiyati nimadan iborat?
Postembrional rivojlanish deb nimaga aytiladi?

  1. §. Embrion rivojlanishiga tashqi muhitning ta’siri

Tashqi muhit omillarining ta’siri homila davrida ham, undan keyingi davrida ham kuzatiladi. Ayniqsa, embrion tashqi muhit omillarining o‘zgarishiga juda ta’sirchan bo‘ladi.
Odam homilasining rivojlanishiga zarar ko‘rsatuvchi omillar- ga alkogol, tamaki tarkibidagi nikotin, giyohvand moddalar kiradi. Bu moddalar insonning faqat sog‘ligiga zarar yetkazibgina qol- masdan, balki jinsiy hujayralarning xromosomalari, genlarida mu- tatsiyalarga sabab bo‘lishi ham mumkin. Bunday o‘zgargan hujay­ralarning otalanishi natijasida hosil bo‘lgan homilaning yashash qobiliyati susayadi, noto‘g‘ri rivojlanadi va har xil mayib-majruh bolalar tugiladi.
Homilador ona tomonidan iste’mol qilingan hatto juda oz miq- dordagi alkogol, nikotin, giyohvand moddalar homilaning jismoniy va ruhiy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, zaif va kasal bolalar tug‘ilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Postembrional davrda ham or- ganizmning rivojlanishiga abiotik omillar harorat, yorug‘lik, namlik, kislorod, har xil kimyoviy birikmalar katta ta’sir ko‘rsatib, rivojla- nishini jadallashtirishi yoki susaytirishi mumkin.
Hozirgi vaqtda bundan 50-100 yillar ilgariga nisbatan bolalar va o‘smirlarning jismoniy funksiyalarining rivojlanishi ancha jadal- lashganligi kuzatilmoqda. Bu hodisani akseleratsiya (lotincha - jadallashish so‘zidan olingan) deyiladi.

Yüklə 244,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə