Sitologiya va genetika



Yüklə 244,49 Kb.
səhifə64/100
tarix22.12.2023
ölçüsü244,49 Kb.
#154335
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   100
9-sinf biologiya

К
mk

43- rasm.

Gastrulyatsiyaning har xil yo‘llari:
kovak ichlilarda hujayralar migratsiyasi;
lansetnikda blastulaning botib kirishi;
sudralib yuruvchilar va qushlarda qat-qat joylashuvi; amfibiyalarda o'sib kirishi;
1ektoderma; 2entoderma; 3blastosel.

2 talik blastomer bosqichi; 4 talik blastomer bosqichi; 8 talik blastomer;
16 talik blastomer.

Ektoderma Entoderma
Mezoderma
Murtakdagi dastlabki to‘qimalarda

Lansetnik zigotasining maydalanishi:












44- rasm. 1 Lansetnikda o‘zak organlar hosil bo‘lish sxemasi:

A

gastrula;

1

ektoderma;

7 •

xorda;

B,D

nerv nayining

2

entoderma;

8

ikkilamchi tana bo‘shlig‘i




shakllanishi;

3

mezoderma boshlang'ichi;

9

mezoderma;

E

xorda, ichak nayi va 3-

4

gastrula bo‘shlig‘i;

10 •

ichak nayi;




homila varag'ining hosil

5

nerv plastinkasi;

11

ichak bo‘shlig‘i.




bo'lishi.

6

nerv nayi;







Entodermadan - ichak epiteliyasi, ovqat hazm qilish bez I ari - jigar, oshqozon osti bezi, o‘pka va jabra rivojlanadi.
Mezodermadan biriktiruvchi (tog‘ay, suyak, qon va limfa) va muskul to‘qimalari, yurak-qon-tomir sistemasi, ayirish sistemasi hamda jinsiy organlar shakllanadi.
Ko‘pchilik hayvonlarda murtak varaqalarining gomologiyasi, hayvonot olamining kelib chiqishi bir xil ekanligini isbot etuvchi dalillardan biridir.
Organogenez. Gastrulyatsiya tugallangandan keyin o‘zak organlari majmui: nerv nayi, xorda, ichak naychasi hosil bo‘ladi. O‘zak organlarning hosil bo‘lishini neyrula bosqichi deb ham ata I adi. Lansetnikda o‘zak organlar quyidagicha hosil bo‘ladi (117- betdagi 44- rasm): lansetnik nerv naychasining rivojlanishi alohi­da diqqatga sazovordir; embrionning orqa tomonidan ektoderma tarnov shaklida o‘rta qismidan botib kira boshlab, naycha hosil qiladi. Ektoderma naychaning o‘ng va chap tomonlarida joylashib, uning chetlari bo‘ylab o‘sa boshlaydi. Naycha - boshlang‘ich nerv sistemasi bo‘lib, ektoderma ostiga tushadi, uning chetlariga birika­di va nerv naychani hosil qiladi. Ektodermaning qolgan qismidan boshlang‘ich teri epiteliysi paydo bo‘ladi.
Nerv naychasining bevosita ostida joylashgan entodermaning yelka qismidan xorda vujudga keladi. Xorda nerv naychasining ostida joylashadi. Embrion hujayralarining keyingi ixtisoslanishi natijasida murtak varaqalaridan juda ko‘p to‘qima va organlarning hosil bo‘lishi yuz beradi.
Embrionning rivojlanish davomida uning har xil qismlari o‘za- ro ta’sir ko‘rsatadi. Bitta rivojlanish kurtagi ikkinchisiga ta’sir qilib, uning rivojlanishini boshqaradi. Bunday ta’sirni embrional induk- siya deb ataladi. Embrional induksiyani birinchi bo‘lib nemis olimi G.Shpeman o‘tgan asrning 20-30- yillarida baqalar ustida o‘tkaz- gan tajribalarida kashf etgan. Embrional induksiyani o‘rganish uchun embrionning bir qismi ikkinchi embrionning boshqa qismi- ga ko‘chirib o‘tkaziladi. Agar baqaning gastrulasida nerv sistemasi rivojlanadigan qismini boshqa baqa gastrulasining qorin ektoder-
masiga ko'chirib o'tkazsak, o‘sha joyda qo'shimcha nevr naycha- si va xorda rivojlanib, qo'shimcha homila hosil bo'ladi. Shunday qilib, ko‘chirib o‘tkazilgan o‘zak organ atrofidagi to‘qimalarga ta’sir qilib tashkilotchi rolini o'taydi va ularning rivojlanishini boshqaradi.
O
01
4.
5.
ntogenez deb nimaga aytiladi?

Ontogenezning qanday tiplari bor? Ularni ta’riflab bering. Embrionning maydalanish bosqichini tushuntiring. Embrion varaqalarini sanang va ulardan qaysi organlar rivojlanishi ayting.
Embrional induksiya nima? Uni qaysi olim kashf etgan?
Mustaqil yechish uchun masalalar

  1. Lansetnikda embrionning maydalanish bosqichida 3 marta ekva- torial bo'lingandan so‘ng uning blastomerlari soni nechta bo'ladi?

  2. Lansetnik embrionidagi blastomerlar 128 taga yetishi uchun hu­jayralar necha marta meridianal va ekvatorial bo'linishi kerak?

  1. §. Postembrional rivojlanish

Embrionning tuxumdan chiqishi yoki tug'ilishi bilan embrio­nal rivojlanish davri tugallanadi va postembrional rivojlanish davri boshlanadi. Postembrional rivojlanish bevosita (to‘g‘ri) yoki bilvo- sita (noto‘g‘ri, metamorfozli) bo'ladi.
Bevosita rivojlanish (sudralib yuruvchilar, qushlar, sut emizuv- chilar)da tuxumdan chiqqan yoki ona organizmidan tug'ilgan em­brion voyaga yetgan organizmlarga o'xshaydi, faqat kichik bo‘la- di. Postembrional rivojlanishda embrion faqat o‘sadi va jinsiy ba- log'atga yetadi.
Bilvosita (metamorfoz) rivojlanishda tuxumdan qurt (lichinka) chiqadi. Qurt voyaga yetgan organizmdan tuzilishi jihatidan keskin farq qiladi. Qurt oziqlanadi, o‘sadi va ma’lum muddat davomida qurt organlari voyaga yetgan organizm organlari bilan almashi-
nib boradi. Binobarin, noto‘g‘ri rivojlanish lichinka organlari o‘rnida voyaga yetgan organizmga xos organlar hosil bo‘ladi.
Bilvosita postembrional rivojlanishni bir necha misollar yor­damida ko‘rib chiqamiz. Assidiya (xordalilar tipi, lichinkaxordalil ar kenja tipi)ning lichinkasi xordali hayvonlarning asosiy belgilarini: xorda, nerv nayi va halqumida jabra yoriqlarini o‘zida mujassam qilgan bo‘ladi (45- rasm).
Lichinka suvda erkin suzib yuradi, keyin suv tubidagi qat- tiqroq narsaga yopishib olib, metamorfozga uchraydi. Uning alohi­da dumi, xordasi, muskullari yo‘qolib ketadi; nerv nayi hujayralar- ga bo‘linib fagositlarni hosil qiladi. Lichinkalarning nerv nayidan nerv tuguni hosil qilishda ishtirok etadigan faqat ayrim hujayralar to‘plamigina qoladi. Voyaga yetgan assidiyaning tuzilishi umuman xordali hayvonlar tuzilishiga o‘xshamaydi. Assidiya qurtining tuzili­shi, bu hayvonning kelib chiqishi erkin hayot kechiradigan xordali­lar ekanligidan dalolat beradi.
Assidiyadagi metamorfozni yuzaga kelishining asosiy sababi o‘troq holatda hayot kechirishga o‘tish bilan bog‘liqdir. Amfibiyalar- ning lichinkalik bosqichi - itbaliqdir (46- rasm). Itbaliq uchun jabra yoriqlari, yon chiziq organi, ikki kamerali yurak, bitta qon aylanish


D

Yuqoridakoloniya hosil qilgan voyaga yetgan hayvon. O'ngdaassidiya lichinkasining tuzilishi: 1-xorda; 2- nerv nayi; 3- jabra yoriqlari.



doirasini bo'lishi xosdir. Metamorfoz jarayonida qalqonsimon bez- ning tiroksin gormoni ta’sirida itbaliqda dum va yon chiziq organ­lari yo'qoladi. O‘pka va ikkita qon aylanish doirasi rivojlanadi. It- baliq bir qator belgilari (yon chiziq, yurak tuzilishi, qon aylanish sistemasi, jabra yoriqlari) bilan baliqlarga o'xshab ketadi.
Bilvosita rivojlanish-metamorfozga hasharotlarning rivojla­nishi ham misol bo'ladi (47- rasm). Qo‘ng‘iz, kapalaklarning qurt- lari tashqi tuzilishidan, hayot tarzi va yashash muhiti bilan voyaga yetgan organizmlardan keskin farq qiladi. Ularning ajdodi halqali chuvalchanglarga o'xshab ketadi. Metamorfoz - hayot tarzi va ya­shash muhitini almashinishi bilan bog'liqdir.
Bilvosita rivojlanishning biologik ahamiyati shundan iboratki, bitta turning lichinkalari va voyaga yetgan individlari har xil sha- roitda yashaganligi uchun ularning yashash joyi va oziq uchun o‘zaro raqobati kuzatilmaydi. Faqat o‘troq yoki parazit holda ya- shashga moslashgan organizmlarning qurtlari erkin harakat qilib, turning keng tarqalishiga yordam beradi.
Postembrional rivojlanish davri turli muddat davom etishi

Yüklə 244,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə