Sitologiya va genetika


Nasldan naslga o‘tishning sitologik asoslari



Yüklə 244,49 Kb.
səhifə72/100
tarix22.12.2023
ölçüsü244,49 Kb.
#154335
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   100
9-sinf biologiya

Nasldan naslga o‘tishning sitologik asoslari. Mendel gametalar sofligi gipotezasini ta’riflab bergan vaqtlarda mitoz va meyoz to'g'risida hali hech narsa ma’lum emas edi. Hozirgi vaqt- da sitologiya yutuqlari tufayli Mendel qonunlari mustahkam si­tologik asosga ega bo'ldi.
O'simliklar va hayvonlarning har birida xromosomalar ma’lum bir miqdorda bo'ladi. Somatik hujayralarda barcha xromosomalar soni juft, ya’ni diploid holda bo'ladi, jinsiy hujayralarda esa gaploid holda bo'ladi. Meyozda gomologik xromosomalarning har bir jufti gametalarda bittadan qolishini tushunish oson, modomiki, shun­day ekan, gametalarda har bir juftda bittadan gen qoladi. Xro­mosomalarning diploid to'plami vujudga kelganda xromosomalar va undagi genlarning jufti zigotada yana tiklanadi. Boshlang'ich ota-ona organizmlar gomozigota bo'lib, bittasida dominant genli xromosomalar, ikkinchisida retsessiv genli xromosomalar bo'lsa, birinchi bo'g'in duragay geterozigota bo'lishi tushunarli. Geterozi­gota individda jinsiy hujayralar yetilgan vaqtda meyoz jarayonida gomologik xromosomalar turli gametalarga o'tib qoladi va gameta­larda har bir juft gendan bittadan bo'ladi.
Monoduragay chatishtirishda belgilarning ajralishini sitologik asoslari shundan iboratki, meyoz natijasida gomologik xromoso­malar tarqalishi va gaploid jinsiy hujayralarning hosil bo'lishidir.
Allel genlar. No'xat donlari rangining sariq bilan yashil rang- ni belgilovchi geni, gul rangining oq bilan qizil rangini belgilovchi
geni va boshqalar ana shunday juft genlardir. Juft genlar allel genlar deb ataladi. No‘xat donlari rangining sariq va yashil rangni belgilovchi genlari allel genlar (allellar)dir. Allel genlar gomologik, ya’ni juft xromosomalardan joy oladi, shunga ko‘ra meyoz ja­rayonida ular har xil gametalarga o‘tib qoladi.



M
03
3.
endel gametalar sofligi gipotezasini ta’riflab bergan vaqtlarda fanga nimalar ma’lum emas edi?

Somatik hujayralarda barcha xromosomalar soni qanday holatda bo‘ladi?
Monoduragay chatishtirishda belgilar ajralishining sitologik asoslari nimadan iborat?



Yüklə 244,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə