Sitologiya va genetika



Yüklə 244,49 Kb.
səhifə69/100
tarix22.12.2023
ölçüsü244,49 Kb.
#154335
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   100
9-sinf biologiya

Molekular genetik. Mazkur usul orqali irsiyatning moddiy asosi bo'lgan DNK va RNKning strukturasi va vazifasi o'rganiladi.
Ontogenetik. Bu usul yordamida organizmlarning shaxsiy rivojlanish taraqqiyotida genotip va tashqi muhit omillarning ta’siri fenotipning namoyon bo'lishiga qanday ta’sir qilishi o'rganiladi.
Genetik injeneriya. Bu usul yordamida bir organizmning no- yob genlarini ikkinchi organizmga ko‘chirib o‘tkazish ishlari amal­ga oshiriladi.
Genetika fanining rivojlanish tarixi. Genetika fanining rivoj­lanish tarixida quyidagi asosiy bosqichlarni belgilash mumkin:

  1. bosqich. G.Mendel va uning izdoshlari tomonidan irsiyat va irsiylanish qonunlarining kashf etilishi.

  2. bosqich. T.Morganning xromosoma nazariyasining yaratili- shi va uning rivojlantirilishi.

  3. bosqich. Genetik tadqiqotlarga kimyo, fizika, kiberneti- ka kabi fanlarning yutuqlarini tatbiq etish. Bu bosqich asosan elektron mikroskopiya, rentgenostruktur tashxis kabi usullardan foydalanish bilan bog‘liq.

Genetika fanining rivojlanishiga xorijlik juda ko‘p olimlar o‘zlarining hissa I arini qo‘shishgan. O‘zbekistonda ham genetika sohasida ko‘plab olimlar ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishgan va genetika fanining rivojiga munosib hissa qo‘shishgan. Bu olimlari- miz akademiklar J.A.Musayev, O.Jalilov, N.Nazirov, S.Mirahme- dov, A.Abdukarimov, Abdullaev va boshqalar.
Irsiyatning duragaylash metodidan foydalanib o‘rganilganda quyidagi genetik simvollar qo'llaniladi. ~
Chatishtish “x” belgisi bilan ifodalanadi. Ona organizm “ V ” (Venera-Zuhroning ko'zgusi), ota organizm “ <У (Mars qalqoni va nayzasi) belgisi bilan ifodalanadi. Ota-ona organizmlar oldiga “P” harfi (lotincha “Parents” - ota-ona degan ma’noni anglatadi). Ota-ona organizm va duragaylarda hosil bo‘ladigan gametalar “G” harfi bilan belgilanadi. Duragaylash natijasida olingan birinchi avlod duragay - F1, ikkinchi avlod duragay - F2 va h.k simvollar bilan belgilanadi. “F” harfi lotincha “Filio” so‘zidan olingan bo‘lib, bolalar degan ma’noni anglatadi. Birinchi avlod (F1) duragaylarni dominant yoki retsessiv gomozigotali organizmlari bilan chatish- tirish qayta - tahliliy chatishtirish yoki bekkross deb ataladi. Olin­gan avlod esa Fb tarzida belgilanadi.

  1. Biologiya, 9- sinf.

Irsiyat deb nimaga aytiladi? Misollar asosida tushuntiring. O'zgaruvchanlik deb nimaga aytiladi?
G
l3Ji|
4.
enetikaning rivojlanish tarixi qanday bosqichlarga bo'linadi? Har bir bosqichga izoh bering.

Genetika sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borgan o'zbekiston- lik olimlardan kimlarni bilasiz?

  1. §. G.Mendel qonunlari. Monoduragay chatishtirish

Irsiyat qonunlarini dastlab chex olimi Gregor Mendel tomo­nidan 1865- yilda e’lon qilingan. Uning tadqiqotlari uzoq vaqtga- cha to'g'ri baholanmay kelindi. 1900- yilda Mendel tadqiqotlari uch yirik olim G.de-Friz, E.Chermak va K.Korrenslar tomonidan qayta kashf etildi va tasdiqlandi. Shuning uchun 1900- yil biolo- giyaning yangi sohasi - genetikaga asos solingan yil hisoblanadi.
Mendel o‘z tajribalarida dastavval bitta belgisi, so'ngra ikkita va nihoyat, uchta va undan ortiq belgisi bo'yicha keskin farq qiluv- chi no'xat navlarini chatishtirdi. Hosil bo'lgan duragaylar bir necha avlod (F1, F2, F3) davomida tekshirildi. Bunda har qaysi duragay o'simlikning avlodini alohida o'rganishga e’tibor berildi.
G.Mendel o‘z tajribalarini no'xat ustida o'tkazdi. Bu o'simlik­ning har xil navlari ko'p bo'lib, ular yaxshi ifodalangan irsiy belgi- lari bilan bir-biridan aniq ajralib turadi. Masalan, gullari oq va qi- zil, poyasi baland va past bo'yli, donlari sariq va yashil, silliq yoki burishgan navlari bor. Mana shu xususiyatlarining har biri maz- kur nav doirasida nasldan-naslga o'tib boradi. No'xat odatda o'z- o'zidan changlanadi, lekin chetdan changlanishi ham mumkin.
Mendel tomonidan o'rganilgan no'xat o'simligining irsiy belgilari

Belgilar

Dominant

Retsessiv

don shakli don rangi gul rangi poya uzunligi dukkak shakli

silliq sariq qizil uzun oddiy dukkak

burishgan yashil oq kalta bo'g'imli dukkak

Mendel tekshirishning gibridologik usulini — ma’lum belgilari jihatidan bir-biridan ajralib turadigan ota-ona formalarini chatish- tirish usulini qo'lladi va kuzatilayotgan belgilarning bir qancha av- lodlarda qanday namoyon bo'lishini o'rgandi. U tahlil qilish yo'li bilan o'simliklarning turli-tuman belgilaridan bitta yoki bir-biriga qarama-qarshi bir nechta belgilarini ajratib oldi va ketma-ket kela­digan bir qancha avlodlarda qanday namoyon bo'lishini kuzatdi. Mendel tajribalarining mohiyati shundan iboratki, o'rganil ayotgan belgilarning barcha individlarda namoyon bo'lishini miqdor ji­hatidan aniq hisobga olib borishida bo'ldi. Bu unga irsiyatdagi muayyan miqdoriy qonuniyatlarni belgilab olishga imkon berdi.
Mendel qo'llagan usul - duragaylash yoki chatishtirish usuli deb ataladi.
Odatda bir juft belgisi bilan o'zaro keskin farq qiluvchi orga- nizmlarni chatishtirishni monoduragay chatishtirish deyiladi. Ikki juft belgilari bilan farq qiluvchi ota-ona organizmlarni chatishtirish­ni diduragay chatishtirish va nihoyat, uch va undan ortiq belgi­lari bilan farq qiluvchi organizmlarni chatishtirishni esa polidura- gay chatishtirish deb yuritiladi.
monoduragay chatishtirish. Monoduragay chatishtirish deb, bir juft turg'un belgisi bilan farq qiluvchi ota-ona organizm­larni chatishtirishga aytiladi.
Irsiyat qonunlarini tahlil qilishni Mendel monoduragay chatish- tirishdan boshladi.
Masalan, qizil gulli no'xatni oq gulli no'xat bilan chatishtirishni, doni sariq no'xatni doni yashil no'xat bilan chatishtirish monodura­gay chatishtirishga misol bo'ladi. Tajribada doni sariq va yashil no'xat o'simliklari chatishtirilsa, shu chatishtirish natijasida olina- digan birinchi avlod duragaylarning hammasida doni sariq bo'ladi. Qarama-qarshi belgi (donlarning yashilligi) go'yo yo'qolib ketadi. Mendelning birinchi avlod duragaylarning bir xilligi mana shunday namoyon bo'ladi. Donlarning sariq rangidan iborat belgi (yashil rang) yuzaga chiqishiga go'yo yo‘l qo'ymaydi va F1 duragaylar­ning hammasi sariq (bir xil) bo'lib qoladi.
Belgining ustun turishi dominantlik, ustun turadigan belgi dominant belgi deb ataladi. Mendelning birinchi qonuni - domi­nantlik qonuni yoki birinchi bo‘g‘inda bir xillilik qonuni deb ataladi.
Ko'zdan kechirilayotgan misollarda donning sariq silliq for- malari, gulning qizil rangi, donning yashil, burishgan, gulning oq rangi ustidan dominantlik qiladi. Qarama-qarshi, F1 da namoyon bo'lmaydigan belgi retsessiv belgi deb ataladi. Dominant belgilar katta harflar bilan, (A) retsessiv belgi esa kichik harf (a) bilan bel- gilanadi.
Agar organizm genotipida ikkita bir xil genlar bo'lsa, bunday organizm gomozigota organizm deyiladi. Gomozigota organizm dominant (AA yoki BB) yoki retsessiv (aa yoki bb) holatda bo'ladi.
Agar genlar bir-biridan farq qilsa, ya’ni biri dominant, ikkin- chisi retsessiv (Aa yoki Bb) bo'lsa, bunday genotipli organizm geterozigota organizm deyiladi.
P
Gametalar
(ota-ona)

Mendelning birinchi qonunini quyidagicha izohlash mum­kin: agar bir juft belgisi bilan farq qiladigan gomozigota organizm­lar o'zaro chatishtirilsa, F1 duragaylar ota-ona organizmlarning bitta belgisiga ega bo'lib, barchasi fenotip va genotip jihatdan bir xil bo'ladi. No'xat o'simligining doni rangi (sariq va yashil) va donining shakli (silliq va burishgan) bo'lgan navlarni o'zaro cha- tishtirib, F1 bo'g'inda sariq va silliq duragaylar olinadi.

Yüklə 244,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə