Sitologiya va genetika


Mendelning ikkinchi (belgilarni ajralish) qonuni



Yüklə 244,49 Kb.
səhifə70/100
tarix22.12.2023
ölçüsü244,49 Kb.
#154335
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   100
9-sinf biologiya

Mendelning ikkinchi (belgilarni ajralish) qonuni. Agar yuqoridagi tajribadan olingan geterozigota holatdagi F1 bo'g'inlar o'zaro chatishtirilsa, ikkinchi bo'g'in (F2)da ajralish hodisasi ku­zatiladi: o'zida ota-onalaridan ikkalasining belgilari bor o'simliklar ma’lum son nisbatlarida paydo bo'ladi.
Olingan duragaylarning 3/4 qismi dominant belgiga, 1/4 qismi retsessiv belgiga ega bo'ladi.
Geterozigota organizmlarni chatishtirish natijasida olingan avlodlarning ma’lum qismi dominant belgilarni, boshqa qismi esa retsessiv belgilarni namoyon qiladi. Bu Mendelning ikkinchi qonu­ni belgilarning ajralish qonuni deb ataladi.
Shunday qilib, Mendelning ikkinchi qonuni ajralish qonuni bo'lib, uni quyidagicha izohlash mumkin: geterozigota holatdagi ikkita F1 bo'gin duragaylarini o'zaro chatishtirish natijasida ikkinchi bo'g'in (F2)da quyidagicha nisbatda ajralish kuzatiladi fenotip bo'yicha 3:1, genotip bo'yicha 1:2:1.
F2da olingan organizmlarning 25 foizi gomozigota holatda do­minant (AA), 50 foizi dominant belgi bo'yicha geterozigota (Aa), 25 foizi retsessiv belgi bo'yicha gomozigota (aa) bo'ladi.
Chala dominantlik. Mendel tajribalarida no'xat donining sariq rangi yashil rangi ustidan, gulning qizil rangi, oq rang ustidan to'liq dominantlik qiladi. Lekin tabiatda ayrim o'simlik va hayvonlar o'zaro chatishtirilganda doimo bu hodisa namoyon bo'lavermay- di. Ba’zan chatishtirishda ishtirok etgan ota-ona belgilari duragay-
Gametalar
larda oraliq holda irsiylanishi mumkin. Geterozigota formalarda belgilar ko‘pincha oraliq xarakterga ega bo‘ladi, ya’ni dominant- lik chala bo‘lishi mumkin. Quyida namozshomgul o‘simligining ikki irsiy formasini chatishtirish natijalari ko‘rsatilgan. Ulardan birining gullari qizil, ikkinchisiniki - oq. Birinchi avlod duragaylarining ham- masi pushti gulli, ya’ni oraliq xarakterda bo‘ladi.
Agar olingan birinchi bo‘g‘in pushti gulli o‘simliklar o‘zaro chatishtirilsa, ikkinchi bo‘g‘inda fenotip va genotip jihatdan nisbat 1:2:1 bo‘ladi (49- rasm).
Chala dominantlik, ya’ni oraliq irsiylanish qulupnay mevasi- ning rangi, qushlar patining tuzilishi, andaluz tovuq patining rangi, odamdagi biokimyoviy belgilarda va boshqalarda kuzatiladi.

Yüklə 244,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə