Sitologiya va genetika



Yüklə 244,49 Kb.
səhifə71/100
tarix22.12.2023
ölçüsü244,49 Kb.
#154335
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   100
9-sinf biologiya

Tahliliy chatishtirish. Mendel tomonidan olingan monodura­gay chatishtirishning to‘liq dominant holda irsiylanishida birinchi bo‘g‘inda olingan duragaylarning fenotipiga qarab genotipini go- mozigota yoki geterozigota ekanligini aniqlab bo‘lmaydi. Buning uchun noaniq genotipga ega organizm sof gomozigota holdagi retsessiv organizm bilan qayta chatishtiriladi. Tahliliy chatishtirish uchun olingan birinchi bo‘g‘in duragaylarni gomozigota retsessiv organizmlar bilan qayta chatishtirishga aytiladi.
Agar dominant organizm gomozigota bo‘lsa, birinchi bo‘g‘inda bir xillilik kuzatiladi, ya’ni ajralish ro‘y bermaydi:
AA x aa i i
Gametalar A a F1 Aa
Agar birinchi bo‘g‘in geterozigota bo‘lsa, fenotip va genotip bo‘yicha 1:1 nisbatda ajralish vujudga keladi.
Aa x aa
Gametalar A a a F1 Aa aa
Bunday natija ota-ona organizmlardan biri geterozigota bo‘lib, ikki xil gameta hosil qilishini to‘g‘ridan to‘g‘ri isbotidir.
Gametalar sofligi gipotezasi. Mendel fikricha, irsiy omillar, duragaylar hosil bo‘lishida ajralib ketmaydi, balki o‘zgarmagan hol- da saqlanadi. Qarama-qarshi belgilarga ega bo'lgan ota-ona orga- nizmlarni chatishtirishdan hosil bo'lgan F1 duragay o'zida har ikka- la muqobil: dominant va retsessiv belgilarni mujassam qiladi. Jinsiy ko'payishda avlodlar o'rtasidagi bog'lanish jinsiy hujayralar - ga­metalar orqali amalga oshadi. Har bir gameta juft irsiy omillardan faqat bittasiga ega bo'ladi. Urug'lanish jarayonida ikkita retsessiv belgiga ega bo'lgan gametaning qo'shilishidan retsessiv belgilar fenotipda namoyon bo'ladi. Dominant belgilarni o'zida mujassam qilgan yoki har ikki gameta, biri dominant, ikkinchisi retsessiv bel­gilarga ega bo'lgan gametalarning qo'shilishidan dominant belgili organizm rivojlanishiga sabab bo'ladi. Shunday qilib, F2 bo'g'in- da retsessiv belgili organizmning namoyon bo'lishi quyidagi ikki shartlarga amal qilinganda paydo bo'ladi: 1) agar duragaylarda ir­siy omil o'zgarmagan holda saqlangan bo'lsa; 2) agar jinsiy hujay­ralar (gameta)lar allellar juftidan faqat bittasiga ega bo'lsa. Men­del geterozigota organizmlarni o'zaro chatishtirganda belgilarning ajralishini genetik jihatdan gametalar sofligi va ular allel genlardan faqat bittasini o'zida saqlashi orqali tushuntirib berdi.

Yüklə 244,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə