Sitologiya va



Yüklə 3,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/148
tarix11.12.2023
ölçüsü3,8 Kb.
#144544
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   148
Biologiya 9

Bakteriyalar.
Bakteriyalar yer sharidagi sodda tuzilgan eng 
qadimgi va ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydigan sodda organizmlar hi-
soblanib, hujayrasida yadro rosmana shakllanmaganligi hamda 
oddiy ko‘payishi (bo‘linish yo‘li) bilan xarakterlidir, jinsiy ko‘payish 
uchramaydi. Ba’zi avtotrof bakteriyalarni hisobga olmaganda, ular 
gete rotrof oziqlanadi. hujayra po‘sti murein moddasidan iborat. 
Bakteriyalar bir hujayrali, ba’zan ipsimon yoki shoxlangan, koloni-
yali organizmlar bo‘lib, ular shakl jihatidan uch guruhga ajratilgan:
1. Sharsimon-kokklar; 2. Tayoqsimon-batsillalar; 3. Buralgan-
vib rionlar, spirillalar (4- rasm). 
Bakteriyalar noqulay sharoitda 
spora 
hosil qilish xususiyati-


14
oRGANIk oLAM hAQIDA MA’LuMoT
I Bo‘LIM
ga ega. Sporalar tashqi omillar ta’siriga ancha chidamli bo‘lib, 
bakteriyalar spora holatida bir necha yilgacha o‘z hayotchanligini 
saqlab qoladi. ular asosan shamol va suv yordamida tarqaladi. 
Shuning uchun ham suv, tuproq, ozuqa mahsulotlarida va turar 
joylarda bakteriyalar ko‘p uchraydi. Shuningdek, bakteriyalarning 
erkin kislorodli muhitda yashovchi aerob va kislorodsiz muhitda 
yashovchi anaerob hamda kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriya turlari 
ham mavjud.
Xavfli kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriyalar orasida o‘pka sili 
kasalligi ni qo‘zg‘atuvchi tayoqchasimon bakteriyaga qarshi davo-
lash usullari va tegishli dori-darmonlar yaratilgan. Vatanimizda sil 
kasalligini oldini olish va unga qarshi kurashish maqsadida max-
sus dispanserlar faoliyat ko‘rsatib turibdi. Sil kasalligi sekin rivojla-
nadigan kasallik hisoblanadi, bakteriyalar orqali tez tarqaladigan 
xavfli kasalliklarga o‘lat, vabo, kuydirgi kabi kasalliklarini misol 
qilib ko‘rsatish mumkin. ularni ma’lum turdagi bakteriyalar keltirib 
chiqaradi. o‘lat kasalligini keltirib chiqaradigan bakteriyalar sich-
qon va kalamushlarda yashaydigan burgalar orqali tarqaladi.
hozirgi davrda mamlakatimizda yuqumli kasalliklar xav-
fi bartaraf etilgan. Suv va oziq-ovqat mahsulotlari doimo qat’iy 
nazorat ostida, shuningdek, vodoprovod suvlari filtrdan o‘tkaziladi.
De z in feksiya ishlari keng ko‘lamda olib boriladi. Bu borada sani-
tar epidemiologik stansiyalar faollik ko‘rsatib kelmoqda. kasallik 
qo‘zg‘atuvchi bakteriyalarga qarshi kurash chora-tadbirlaridan biri 

Yüklə 3,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə