Sitologiya va



Yüklə 3,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/148
tarix11.12.2023
ölçüsü3,8 Kb.
#144544
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   148
Biologiya 9

1. Leykoplastlar
– rangsiz bo‘ladi. ular o‘simliklar ning rang-
siz qismlarida, masalan, poyasi, ildizi, tugunaklarida bo‘ladi. 
Leykoplastlar monosaxarid va disaxaridlardan kraxmal hosil qi-
lishda ishtirok etadi (ayrim leykoplastlarda oqsil va moylar ham 
to‘planadi).
2. Xloroplastlar
– bu organoidlar o‘simliklar bargi, bir yillik 
novdalari va pishib yetilmagan mevalarida ko‘p bo‘ladi. Xloroplast-
larda fotosintez jarayoni amalga oshadi. Xloroplastlarda ATF ham 
sintezlanadi. 
3. Xromoplastlar
– har xil rangga ega plastidalar. ular gullar 
va mevalarga rang beruvchi karotinoidlardan iborat. Gultoji barg-
lar va mevalarning har xil ranglarda sariq, qizil, zarg‘aldoq kabi 
bo‘lishi xromoplastlarga bog‘liq. Plastida membranalari orasidagi 
bo‘shliqda DNk, RNk va ribosomalar bo‘ladi. Plastidalar o‘z on-
togenezida biri-ikkinchisiga aylanib turadi. Xloroplastlar xromo-
plastlarga, leykoplastlar xloroplastlarga aylanadi.
Lizosomalar
(yunoncha – “lizeo” – eritaman, “soma” – tana 
degan so‘zlardan olingan) uncha katta bo‘lmagan yassi tanacha-
lardir. Diametri 0,4 mkm bo‘lib, bir qavat membrana bilan o‘ralgan. 
Lizosomada oqsillar, uglevodlar va yog‘larni parchalaydigan 40 ga 
yaqin gidrolitik fermentlar bo‘ladi. Lizosomalar Golji majmuasidan 
yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri endoplazmatik to‘rdan hosil bo‘lishi mum-
kin. Lizosomalar oziq moddalarni aktiv hazm qilish layoqatiga ega 
bo‘lib, hujayraning hayot faoliyati natijasida nobud bo‘lgan hujay-
ra qismlarini yo‘qotishda ishtirok etadi. Masalan, itbaliqning dumi 
lizo soma fermentlari ta’sirida yo‘q bo‘lib ketadi. 
Vakuolalar 
o‘simlik hujayralariga xos organoid bo‘lib, mem-
brana bilan o‘ralgan. ular endoplazmatik to‘rning g‘ovak membra-
nalari hisobiga hosil bo‘ladi. Vakuola tarkibida turli tuman organik 
birikmalar va tuzlar uchraydi.
Vakuola shirasi hosil qiladigan osmotik bosim hujayraga suv-
ning o‘tishini ta’minlaydi va uning tarang, ya’ni 
turgor
holati-
ni vujudga keltiradi. Bu o‘simliklarni mexanik ta’sirlarga nisbatan 
mustahkamligini ta’minlaydi.


43
huJAYRA hAQIDAGI TA’LIMoT
II Bo‘LIM
Hujayra markazi
(sentriola), ikkita silindr shakldagi kichik 
tanachalardan tashkil topgan bo‘lib, bir biriga nisbatan perpendi-
kulyar bo‘lib joylashgan tuzilmalardan tashkil topgan va ular 

Yüklə 3,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə