Sitologiya va


quyidagi jadvalda organoidlar tuzilishi berilgan



Yüklə 3,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/148
tarix11.12.2023
ölçüsü3,8 Kb.
#144544
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   148
Biologiya 9

quyidagi jadvalda organoidlar tuzilishi berilgan
ularni juftlab ko‘rsating
1
hujayra umumiy hajmining 
30-50 % ini tashkil etadi.
А
hujayra markazi
2
Zich joylashgan qopchalar tizimi, 
vakuolalar va pufak 
chalardan 
tashkil topgan.
B
Lizosoma
3
katta va kichik yassi tana-
chalardan iborat.
V
Golji 
majmuasi
4
Membranasida gidrolitik fer-
mentlar joylashgan
S
Mitoxondriya
5
Ikki qavat membranalardan 
iborat, ichki qavat membranalari 
kristalar deb ataladi
D
Plastida
6
Ichki qavat membranasi stroma 
deb ataladi
G
Vakuola
7
Devori to‘qqizta triplet
naychalardan tashkil topgan
J
Ribosoma
8
Tarkibi organik birikmalar va 
tuzlardan tashkil topgan
e
endoplazmatik to‘r
1-
2-
3-
4-
5-
6-
7-
8-
 
14­ §. Yadro va uning tuzilishi
Yadro
– zamburug‘, o‘simlik va hayvonlar hujayrasining mu-
him tarkibiy qismi hisoblanadi. Yadroning shakli, o‘lchami hujay-
raning shakli va o‘lchami hamda funksiyasiga bog‘liq. Asosan hu-
jayralarda bitta yadro bo‘ladi. Ayrim hujayralargina jigar, muskul, 
suyak ko‘mik hujayralari ko‘p yadroli bo‘ladi. Yadro asosan quyi-
dagi vazifalarni bajaradi: 1. Irsiy axborotni saqlash, ko‘paytirish va 
nasldan-naslga o‘tkazish. 2. hujayrada sodir bo‘ladigan moddalar 
almashinuvi jarayonini idora qilish.


45
huJAYRA hAQIDAGI TA’LIMoT
II Bo‘LIM
hujayra hayotining turli davrlarida yadroning tuzilishi va funk-
siyalari har xil bo‘ladi. Interfaza holatidagi yadro quyidagi qism-
lardan yadro qobig‘i, yadro shirasi, yadrocha va xromosomadan 
tashkil topadi.
Yadro qobig‘i 
ikki qavat: tashqi va ichki membranadan tashkil 
topgan. Yadroning tashqi membranasi ribosomalar bilan qoplan-
gan, ichki qavat membranasi esa silliq bo‘ladi. Yadroning tashqi 
qavat membranasi endoplazmatik to‘r kanalchalari bilan tutash-
gan. Yadro bilan sitoplazma o‘rtasidagi moddalar almashinuv ja-
rayoni ikki yo‘l bilan amalga oshadi. Birinchidan, yadro qobig‘ida 
juda ko‘plab kanalchalar bo‘lib, bu kanalchalardan sitoplazmadan 
yadro ichiga va yadrodan sitoplazmaga moddalar o‘tadi. Ikkinchi-
dan yadrodagi moddalar yadro qobig‘ini ayrim qismlarining bo‘rti-
shi va ajralib chiqishi hisobiga sitoplazmaga o‘tadi. Yadro bilan 
sitoplazma o‘rtasida faol moddalar almashinuvi amalga oshishi-
ga qaramay, yadro qobig‘i yadro shirasi (karioplazma)ni sitoplaz-
madan ajratib turadi. Yadro qobig‘i yadro shirasi bilan sitoplaz-
maning kimyoviy tarkibidagi farqni saqlab turadi. Bu yadro struk-
turalarini normal funksiyasini ta’minlab beradi.
Yadro shirasi. 
Yadro ichidagi turli strukturalarni bog‘lab 
turuv chi gelsimon suyuqlik bo‘lib, unda xromatin va yadrochalar 
joylashadi. karioplazma tarkibida turli vazifalarni bajaruvchi oqsil-
lar, fermentlar, erkin nukleotidlar, aminokislotalar va boshqa mod-
dalar bo‘ladi. 
Xromosoma
(yunoncha “xroma” – bo‘yoq, “soma” – tana 
so‘zlaridan olingan) shaklan yadrodan farq qiluvchi, ba’zi bir 
bo‘yoqlar yordamida bo‘yaladigan yadroning eng muhim tarkibiy 
qismidir. Xromatin DNk va oqsildan iborat bo‘lib, xromosoma-
ning spirallashmagan va zichlashmagan qismlari hisoblanadi. 
ular yaxshi bo‘yalmaydi. Xromosomaning yaxshi bo‘yalmaydigan 
qismlari – 

Yüklə 3,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə