|
Siyosiy partiyalar to‘G‘risida 1-modda. Siyosiy partiya tushunchasi337-I 26.12.199613
1
-modda.
Parlamentdagi ko‘pchilik va parlamentdagi
muxolifat. Siyosiy partiyalar fraksiyalarining blokka birlashishi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida
ko‘pchilik o‘rinni egallagan siyosiy partiya fraksiyasi parlamentdagi
ko‘pchilikni tashkil etadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
O‘z dasturiy maqsadli vazifalarining yaqinligidan yoki mosligidan
kelib chiqqan holda blok tuzadigan bir nechta siyosiy partiyalar fraksiyalari
parlamentdagi ko‘pchilikni tashkil etishi mumkin.
Yangitdan shakllantirilgan hukumatning tutgan yo‘li va dasturiga
yoki uning ayrim yo‘nalishlariga qo‘shilmaydigan siyosiy partiyalar
fraksiyalari o‘zlarini muxolifat deb e’lon qilishi mumkin.
(13
1
-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari O‘zbekiston
Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli
Qonuni
tahririda
— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y.,
03/19/563/3685-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Siyosiy partiyalar fraksiyalarining blokka birlashishi qonunda
nazarda tutilgan huquqlarni amalga oshirishda ularning mustaqilligini
cheklab qo‘ymaydi.
O‘zini parlamentdagi muxolifat deb e’lon qilgan siyosiy partiya
fraksiyasi qonunda fraksiyalar uchun nazarda tutilgan vakolatlar bilan bir
qatorda quyidagi huquqlarga ega:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi mas’ul
qo‘mitasining tegishli masala bo‘yicha ma’ruzasi bilan bir vaqtda qonun
loyihasining muqobil tahririni kiritish;
muhokama etilayotgan masalalar yuzasidan o‘zining alohida fikrini
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining yalpi
majlisi bayonnomasiga kiritish;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad
etilgan qonun bo‘yicha kelishuv komissiyasida o‘z vakillarining kafolatli
ishtirok etishi.
Parlamentdagi muxolifatning qonun bilan kafolatlangan huquqlari
parlamentdagi ko‘pchilik tomonidan kamsitilishi mumkin emas.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrdagi 434-
II-son “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
to‘g‘risida”gi Qonunining
25
1
-moddasi
.
(13
1
-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-apreldagi
O‘RQ-90-sonli
Qonuni
bilan kiritilgan — O‘R QHT, 2007-y., 15-son, 153-
modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Dostları ilə paylaş: |
|
|