partiyalar
ushbu
Qonunda
hamda
O‘zbekiston
Respublikasining boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan o‘zga
huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.
(12-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil
21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda
— Qonunchilik
ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
13-modda.
O‘zbekiston
Respublikasi
Oliy
Majlisining
Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi
siyosiy partiyalar fraksiyalari o‘z partiyalarining siyosatini uyushqoqlik
bilan o‘tkazish uchun, siyosiy partiyalardan ko‘rsatilgan deputatlarning
ta’sis yig‘ilishlarida tuziladi. Fraksiyalar fraksiyaning rahbari bergan
tegishli ariza va ta’sis hujjatlariga asosan Oliy Majlisning Qonunchilik
palatasi tomonidan ro‘yxatga olinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrdagi 434-
II-son “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
to‘g‘risida”gi Qonunining
24-moddasi
.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi
siyosiy partiya fraksiyasi quyidagi huquqlarga ega:
Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibini tuzishda ishtirok etish;
Oldingi
tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirini lavozimidan ozod etish
to‘g‘risidagi tashabbus bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga
murojaat qilish;
(13-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil
11-apreldagi O‘RQ-90-sonli
Qonuni
asosida uchinchi xatboshi bilan
to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 15-son, 153-modda)
Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibidagi har bir masala
bo‘yicha muzokaralarda fraksiya vakiliga kafolatlangan so‘z berilishi;
tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasi Spikeriga va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga,
vazirlarga, shuningdek boshqa davlat organlarining rahbarlariga so‘rov
bilan murojaat etish;
Oldingi
tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasining Spiker o‘rinbosarligiga qo‘mitalari va
komissiyalari raisligiga nomzodlar bo‘yicha takliflar kiritish;
(13-moddaning ikkinchi qismi oltinchi xatboshi O‘zbekiston
Respublikasining 2007-yil 11-apreldagi O‘RQ-90-sonli
Qonuni
tahririda —
O‘R QHT, 2007-y., 15-son, 153-modda)
Qonunchilik palatasining majlisida muhokama qilinayotgan masala
bo‘yicha fraksiya fikrini deputatlar orasida tarqatish;
Oldingi
tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasi deputatlari uchun qonunchilikda nazarda
tutilgan boshqa vazifalarni amalga oshirish.
(13-modda ikkinchi qismining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston
Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-
son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrdagi 434-
II-son “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
to‘g‘risida”gi Qonunining
25-moddasi
.
Siyosiy partiya fraksiyasining rahbari O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Qonunchilik palatasi Kengashi tarkibiga kiradi.
Fraksiyalarning faoliyatiga tashkiliy, texnikaviy jihatdan va boshqa
xizmatlar ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik
palatasining devoni tomonidan ta’minlanadi.
(13-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 30-apreldagi 621-
II-son
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 25-son, 287-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
|