|
Siyosiy partiyalar to‘G‘risida 1-modda. Siyosiy partiya tushunchasipartiya rahbar organining vakolatli a’zolari ro‘yxatga olish rad etilganligi337-I 26.12.1996 partiya rahbar organining vakolatli a’zolari ro‘yxatga olish rad etilganligi
to‘g‘risida xabarnoma olingan kundan e’tiboran bir oy ichida hujjatlarni
O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasiga
va qonunchiligiga butunlay
muvofiq holga keltirgan taqdirdagina partiyani ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi
ariza bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga takror murojaat
etishga haqlidirlar.
(9-moddaning
birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston
Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-
son)
Siyosiy partiyani ro‘yxatga olishni rad etish ustidan O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudiga belgilangan tartibda shikoyat qilish mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil
10-martdagi 57-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat
tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom”ning
25 – 28-bandlari
.
10-modda. Siyosiy partiyaning faoliyatini to‘xtatib turish
Oldingi
tahrirga qarang.
Siyosiy partiya O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasini
,
ushbu Qonunni, boshqa qonunchilik hujjatlarini yoki o‘z ustavini buzgan
taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonunchilikning yoki
ustavning qaysi normalari buzilganligini ko‘rsatgan holda bu xususda
partiya rahbar organlariga yozma tarzda xabar qiladi va bunday buzishlarni
bartaraf etish uchun muddat belgilaydi. Agar buzishlar belgilangan muddat
davomida bartaraf etilmasa, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yoki
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga binoan
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi siyosiy partiyaning faoliyatini olti
oygacha muddatga to‘xtatib turishi mumkin.
(10-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil
21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda
— Qonunchilik
ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Siyosiy partiyaning faoliyati to‘xtatib turilgan taqdirda, shu muddat
davomida partiyaning har qanday ommaviy axborot vositalaridan
foydalanishi, targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borishi, saylovlarda
ishtirok etishi man qilinadi.
|
|
|