partiya nomidan ishtirok etish huquqi berilganligi to‘g‘risidagi partiya oliy
organining qarori.
(8-moddaning ikkinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda) Oldingi tahrirga qarang. Siyosiy partiyani ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza u tushgan
kundan boshlab bir oy muddat ichida ko‘rib chiqiladi. Ko‘rib chiqish
natijalariga binoan siyosiy partiyani ro‘yxatga olish yoki ro‘yxatga olishni
rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Qaror qabul qilingach, uzog‘i bilan
uch kun muddat ichida u siyosiy partiya rahbar organiga beriladi yoki pochta
orqali jo‘natiladi.
(8-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda) Siyosiy partiya ro‘yxatdan o‘tgan kundan e’tiboran yuridik shaxs
maqomini oladi va u o‘z faoliyatini amalga oshirishi mumkin.
Siyosiy partiyalar ustavlariga kiritilgan o‘zgartishlar va
qo‘shimchalar ularning ustavlarini ro‘yxatga olish uchun ushbu moddada
nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
Siyosiy partiya ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi xabar ommaviy
axborot vositalarida e’lon qilinadi.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom . 9-modda. Siyosiy partiyani ro‘yxatga olishni rad etish Oldingi tahrirga qarang. Agar siyosiy partiyaning ustavi, maqsadlari, vazifalari va faoliyat
uslubi O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasiga
, ushbu Qonunga hamda
boshqa qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lsa yoki oldinroq xuddi shunday
nomdagi siyosiy partiya yoki jamoatchilik harakati ro‘yxatga olingan
bo‘lsa, bu partiya ro‘yxatga olinmaydi.
Siyosiy partiyani ro‘yxatga olish rad etilgan taqdirda O‘zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligi taqdim etilgan hujjatlar qonunchilikning qaysi
qoidalariga zid ekanligini ko‘rsatgan holda bu xususda partiya rahbar
organining vakolatli a’zosiga yozma tarzda xabar qiladi. Ushbu siyosiy