Siyosiy partiyaning ustavida quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:
partiyaning nomi, maqsadi va vazifalari;
partiyaning tuzilishi;
partiya a’zoligiga qabul qilish va undan chiqish shartlari va tartibi;
partiya a’zolarining huquq va majburiyatlari;
partiya va uning tashkilotlari rahbar organlarining vakolatlari hamda
ularni tuzish (chaqirish) tartibi, ularning vakolat muddatlari;
partiya rahbar organlarining faoliyatini nazorat qilish tartibi;
partiya va uning tashkilotlari mablag‘larini shakllantirish hamda
boshqa mol-mulkini sotib olish manbalari;
partiya rahbar organi joylashgan manzil;
partiya ustavi va dasturini qabul qilish, ularga o‘zgartishlar va
qo‘shimchalar kiritish tartibi;
partiya faoliyatini qayta tashkil etish yoki to‘xtatish tartibi.
Ustavda partiya faoliyatiga oid boshqa qoidalar ham nazarda tutilishi
mumkin.
8-modda. Siyosiy partiyalarni ro‘yxatga olish Siyosiy partiyalar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
tomonidan ro‘yxatga olinadi.
Siyosiy partiyani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ustav qabul qilingan
kundan e’tiboran bir oy muddat ichida quyidagilar taqdim etiladi:
partiya rahbar organining kamida uch a’zosi imzolagan ariza;
ustav;
dastur;
ta’sis syezdi yoki konferensiyasining bayoni;
Oldingi tahrirga qarang. davlat boji
qonunda
belgilangan miqdorda to‘langanligini
tasdiqlovchi bank hujjati;
(8-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvardagi O‘RQ-600-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.01.2020-y., 03/20/600/0023-son) Oldingi tahrirga qarang. ushbu Qonun talablari bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar, shu
jumladan mazkur partiyaga birlashish istagini bildirgan yigirma ming nafar
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining o‘zlari imzo qo‘ygan ro‘yxati,
saylab qo‘yiladigan organlarning a’zolari to‘g‘risidagi ma’lumotlar
(familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili, turar joyi va ish joyi, telefon
raqami), rahbar organ a’zolariga vakolatlar, shu jumladan ro‘yxatdan
o‘tkazish jarayonida yoxud munozaralar kelib chiqqan taqdirda sudda