|
Siyosiy partiyalar to‘G‘risida 1-modda. Siyosiy partiya tushunchasi337-I 26.12.1996 partiyalar
apparati
xodimlariga
nisbatan
mehnat
to‘g‘risidagi, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta haqidagi qonunchilik
tatbiq etiladi.
(5-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-
yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik
ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
6-modda. Siyosiy partiyani tuzish
Oldingi
tahrirga qarang.
Siyosiy partiyani tuzish uchun kamida sakkizta hududiy subyektda
(viloyatda), shu jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent
shahrida yashayotgan hamda partiyaga birlashish istagida bo‘lgan kamida
yigirma ming fuqaroning imzosi bo‘lishi talab etiladi.
(6-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil
12-dekabrdagi 568-II-son
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi,
2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Siyosiy partiya tuzish tashabbuskorlari kamida ellik kishidan iborat
bo‘lishi, ular partiya ta’sis hujjatlarini tayyorlash, a’zolar tarkibini
shakllantirish hamda ta’sis syezdi yoki konferensiyasini chaqirish bo‘yicha
tashkiliy qo‘mitani tuzishlari lozim.
Tashkiliy qo‘mita o‘zi tuzilgan kundan boshlab yetti kunlik
muddatdan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga o‘z
tashabbusi, qo‘mitaning tarkibi, rahbari (yetakchisi), joylashgan manzili
hamda ta’sis syezdi yoki konferensiyasi chaqiriladigan sanani yozma
ravishda xabar qilishi lozim.
Tashkiliy qo‘mita tuzilgan kundan boshlab uzog‘i bilan uch oy
faoliyat ko‘rsatish huquqiga egadir.
Siyosiy partiya ta’sis syezdida yoki konferensiyasida tuziladi.
Ta’sis syezdi yoki konferensiyasi partiya ustavi va dasturini qabul
qiladi, uning saylab qo‘yiladigan organlarini tuzadi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|