|
Siyosiy partiyalar to‘G‘risida 1-modda. Siyosiy partiya tushunchasi-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi337-I 26.12.199614-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi
va xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlari
Partiya guruhi — siyosiy partiyadan ko‘rsatilgan deputatlar
tomonidan partiya manfaatlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i
Kengesida, xalq deputatlari Kengashida ifodalash maqsadida tuziladigan va
belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan deputatlar birlashmasi.
Siyosiy partiyadan ko‘rsatilgan va Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Jo‘qorg‘i Kengesiga yoki xalq deputatlari Kengashiga saylangan deputat
faqat shu partiyaning partiya guruhi a’zosi bo‘lishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi va xalq
deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlari siyosiy partiyalar tomonidan
ko‘rsatilgan deputatlarning ta’sis yig‘ilishlarida tuziladi. Partiya guruhlari
partiya guruhi rahbarining tegishli arizasi va ta’sis hujjatlariga asosan
tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq
deputatlari Kengashlari tomonidan ro‘yxatga olinadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi, xalq
deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlari ularda tegishli siyosiy
partiyadan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga yoki xalq
deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar
Kengashlariga saylangan kamida uch nafar deputat birlashgan taqdirda
tuziladi;
(14-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-
yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Partiya guruhi hisobga olish ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.
Partiya guruhining faoliyati quyidagi hollarda tugatiladi:
partiya guruhining o‘z tashabbusi bilan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining yoki xalq
deputatlari Kengashining vakolatlari muddati tugaganda;
Dostları ilə paylaş: |
|
|