Sjif 2022: 947 Advanced Sciences Index Factor asi factor = 7


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 441,94 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix07.05.2023
ölçüsü441,94 Kb.
#108930
1   2   3   4   5   6   7   8
xalq-musiqa-merosini-o-rganish-va-targ-ib-qilishda-musiqiy-folklor-etnografik-ansambllarining-tutgan-o-rni-va-ahamiyati

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 3 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
1281 
w
www.oriens.uz
March
2022
 
jamoa tashkil etadi. Bu esa Toshkent shahridagi ilk folklore-etnografik jamoa edi. 
Badiiy jamoaga 8yoshdan 80 yoshgacha bo’lgan xotin-qizlar jalb etiladi. Jamoa katta 
izlanishlar, tinimsiz mehnat evaziga 100dan ortiq xalq termalari, yallalari, marosim 
va urf-odatlarini sahnalashtirib tomoshabinlar hukmiga havola etadi.respublika 
miqyosida tashkil etilgan bayram sayllarida, ko’rik-tanlov va festivallarda ishtirok 
etib sovrinli o’rinlarni qo’lga kiritadi. O’z yurtida shuxrat topgan “Gavhar” folklore-
etnografik jamoasi qiziqarli, xalqchil ijodi chet ellarda ham o’z san’atsevarlariga ega 
bo’lgan. Badiiy jamoa Amerika, Italiya, Turkiya, Hindiston kabi xorijiy davlatlarda 
bo’lib qaytgan. Erishilgan muvaffaqqiyatlar, ko’rsatilgan xizmatlari evaziga jamoaga 
O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan 2000-yilda “Xalq 
havaskorlik jamoasi” unvoni berilgan. “Gavhar” folklore-etnografik xalq havaskorlik 
ansambli repertuarida “Kelin salom”, “Beshik to’yi”, “Nikoh to’yi, “Navro’z sayli” 
kabi marosim qo’shiqlari, “Aka chekmang”, “Sochpopuk”, “Abdullajon” kabi lapar 
va aytishuvlar keng o’rin olgan. Xalq og’zaki ijodining chinakam jonkuyari Oyxon 
Yoqubova boshqalarning hayoliga kelmaydigan ajoyib mavzularni topgan. Ammo 
achinarli tomoni jamoa muntazam faoliyat olib bormaganligi uchun 2017-yilda ijodiy 
sinovdan o’ta olmagan va jamoa unvoni va shartlari bekor etilgan. 
Toshkent shahridagi yana bir fidoiy insonlar tashabbusi va boshchiligida tashkil 
etilgan ansambllardan biri “Nodirabegim” folklore-etnografik ansambli edi. 
Ansamblni tashkil etib, shakllantirishda jonbozlik ko’rsatgan fidoyi san’atkorlardan 
biri O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Rayxon To’rayeva hisoblanadi. 1995-yil 
Toshkent shahar Tolibjon Sodiqov nomidagi markaziy madaniyat markazi (Hozirgi 
Toshkent markaziy madaniyat markazi) qoshida “Nodirabegim” folklore etnografik 
ansamblini tashkil etadi va jamoaga rahbarlik qiladi. “Nodirabegim folklore-
etnografik ansambli zamon ruhiga mos udum, marosimlarida Navro’zni, ona yurtni 
madh etuvchi qo’shiqlar bamisoli daryoday jo’shib kuylanadi. Bu esa chechan 
ijrochilarning ona yurtga uning qadriyatlariga bo’lgan cheksiz hurmat va ehtiromning 
namunasidir. Jamoaning fidoyi hizmatlari O’bekiston Respublikasi Madaniyat 
vazirligi 
tomonidan 
munosib 
baholanib, 
“Nodirabegim” folklor-etnografik 
ansambliga “Xalq havaskorlik jamoasi” unvoni berilgan. Bugungi kunda 
“Nodirabegim” folklore-etnografik ansambli Toshkent shahridagi eng yetakchi 
jamoalardan biri xisoblanadi. Hozirda ansamblga ustoz san’atkor Rayxon 
To’rayevaning sevimli shogirtlaridan biri Ma’mura Avazova rahbarlik qilib 
kelmoqda. 

Yüklə 441,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə