Sjif 2022: 947 Advanced Sciences Index Factor asi factor = 7


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 441,94 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix07.05.2023
ölçüsü441,94 Kb.
#108930
1   2   3   4   5   6   7   8
xalq-musiqa-merosini-o-rganish-va-targ-ib-qilishda-musiqiy-folklor-etnografik-ansambllarining-tutgan-o-rni-va-ahamiyati

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 3 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
1279 
w
www.oriens.uz
March
2022
 
Uzoq o’tmishda guruh-guruh bo’lib xalq sayillarida, ommaviy bayramlarida turli-
tuman tomoshalar ko’rsatgan xalq qiziqchilari, qo’g’irchoqbozlar, dorbozlar, raqqos 
va xonandalarni ijodiy uyushmalarini folklor ansamblini o’ziga xos namunalari 
deyish mumkin. Chunki folklore asarlarini ommaviy ravishda ijro etuvchilarning 
aksariyati professional bo’lmay, balki havaskor ijrochilar bo’lib, ularni repertuari 
ham sof xalq ijodidandir. 
Oʻzbekistonda 1970-yillarda madaniyat uylari qoshida Ayollar (ananaviy) 
ansambli, masxarabozlik, baxshishoprlar, xalq sozandalari va boshqalar ijodi 
negizida tashkil topgan. Qo’qon shahrida tashkil etilgan "Yor-yor",Bbo’stonliqda 
tashkil etilgan "Gulyor" ayollar ansambllari ilk tashkil etilgan folklor ansambllardir. 
Mustaqillik yillarida folklore-etnografik ansambllarning ijodiy faoliyati yangi 
bosqichga ko’tarildi. Mustaqillik va Navro’z bayramlarida foklor-etnografik 
ansambllarning katta sahnalarga chiqishi an’ana tusini oldi. Jumladan bugunga kelib 
folklor-etnografik ansambllarning umumiy soni 300dan ortib ketganligi qayd 
qilinmoqda. “Boysun”, “Shalola”, “Besh qarsak”, “Gulyor”, “Omonyor”, 
“Gulchehralar”, “Doston”, “Besperde”, “Orzu”, “Yor-yor”, “Chavgi”, “Mohi sitora” 
va boshqa ko’plab ansambllar milliy-badiiy merosni, an’analarni o’rganib, yangidan 
xalqimizga yetkazmoqdalar. 
1980-yillardan boshlab Folklor-etnografik ansambllarining tuman, viloyat va 
respublika koʻrik-tanlovlari o’tkazila boshlandi, xususan, 1987, 1991, 1994-yillarda 
Toshkent shahrida, 1989-yilda Namangan viloyatida va boshqa viloyat va 
shaharlarda o’tkazildi. 2002-yildan Boysunda YUNESKO dasturi asosida "Boysun 
bahori" ochiq folklor festivali oʻtkaziladi. "Chodir jamol" ("Margʻilon"), 
"Beshqarsak" (Ur-gut), "Chiroqchi chiroqlari" (Chiroqchi), "Momogul" (Qarshi), 
"Gavhar" (Bek-temir), "Gap-gashtak" (Forish tuma-ni), "Boysun", "Shalola" 
(Boysun), "Orazibon" (Xiva), "Anor" (Sariosiyo), "Jildi xalak" (Kegeyli), "Dil-
kushod navolari" (Xoʻjaobod), "Chavqi" (Bulungur), "Mardona" (Vobkent) va 
boshqa Folklor-etnografik ansambllari mashhur. Ular xalq sayillari, milliy bayram va 
boshqa tadbirlarda faol qatnashadi. KoʻplariAmerika, Yevropa, Osiyo 
mamlakatlarida oʻtkazilgan tanlov va festivallarda laureat unvoniga sazovor boʻlgan. 
1980—90 yillardan boshlab bolalar folklore-etnografik ansambllari ham faoliyat 
koʻrsatmoqda. Surxondaryo viloyatida "Quralay", "Gul-guncha" folklore-etnografik 
ansambllari , Sirdaryo viloyatida “Dilrabo” folklore-etnografik ansambllari va 
boshqalar shular jumlasidandir. 
Hozirgi kunda respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan eng ilg’or folklore-
etnografik ansambllarining tashkil etilishi, ularning shakllanishi, rivojlanishi hamda 



Yüklə 441,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə