Sjif 2022: 947 Advanced Sciences Index Factor asi factor = 7


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 441,94 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix07.05.2023
ölçüsü441,94 Kb.
#108930
1   2   3   4   5   6   7   8
xalq-musiqa-merosini-o-rganish-va-targ-ib-qilishda-musiqiy-folklor-etnografik-ansambllarining-tutgan-o-rni-va-ahamiyati

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 3 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
1278 
w
www.oriens.uz
March
2022
 
Xalqimizning eng qadimiy hayotbaxsh milliy qadriyatlaridan biri folklor 
san’atidir. Bu san’at badiiy an’analari tizimi sifatida xalqimizning ilg‘or 
umuminsoniy g‘oyalarini takomillashtirib, kelajakka umid, ezgulik, mehr-sahovat, 
insoniylik, vatanparvarlik bilan bogiliq milliy va ma’naviy qadriyatlami 
shakllantirishga xizmat qilmoqda. Inson dunyoga kelgan kunidan boshlab, to 
hayotining eng so‘nggi lahzasigacha o‘zi mansub xalqning qadriyatlari, an’analari 
ichida ulg‘ayadi, kamol topadi. Hatto o‘zini folklorga begona deb bilgan, bu atama 
ta'rifidan mutlaqo yiroq bolgan kishi shu an’analar ichida ulg'aygan, uning ongi, 
shuuri shu qadim an’analari ta’sirida shakllangan boladi. 
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Har bir xalq yoki elat avvalo tarixi, madaniy birligi bilan ajralib turadi. O’zbek 
xalqi ham uzoq tarixiy davr mobaynida shakllanib, juda ko’p ilmiy-madaniy 
xususiyatlarga ega bo’ldi. O’tmish ajdodlarimiz an’analari qadriyatlari asrdan-asrga, 
avloddan-avlodga saqlanib, taraqqiy topib keldi. Asrlar mobaynida xalqimizga juda 
katta ruhiy va ma’naviy quvvat berib kelayotgan milliy qadriyatlarimizni, folklor 
an’analarimizni yoshlar ongiga chuqur singdirish har tomonlama yetuk, barkamol 
avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishda muhim ahamiyatga ega. Yurtimiz 
mustaqillikka erishgach bunga keng imkoniyatlar yaratildi. Chunki mamlakatimizda 
kechayotgan milliy o’zlikni anglash va ma’naviy hurlikni his etish ehtiyoji 
ajdodlarimiz qalb qo’ri, aql zakovati, turmush tajribasi asosida yaratilgan madaniy 
merosimizni bilishni va shu asosda turli bunyodkorlik va yaratuvchilik ishlarini 
amalga oshirishni taqazo etmoqda. Ijodkor xalqimiz tomonidan yaratilgan nodir 
ma’naviy boylik hisoblangan folklore asarlari asrlar oshaturli axloqiy 
tushunchalarnibetakror badiiy shaklda kishilar qalbiga singdirishda bebaho 
sarchashma sifatida xizmat qilib kelmoqda. O’zbek xalqi etnografiyasi va folklori 
o’rganish orqali ajdodlarimizning boy madaniy va marifiy o’tmishini yanada teran 
anglash mumkin. 
Milliy-madaniy xususiyatlarimizni saqlab qolishda xalq og’zaki badiiy ijodining 
roli beqiyos bo’ldi. Jumladan, xalqimizni o’ziga xos urf-odat va marosimlari bola 
tarbiyasi, mehmonnavozlik tabiati, axloq-odob qoidalari, pazandachilik malakasi, 
mehnat va turmush tarzi tartiblari folklore asarlari orqali bizgacha yetib keldi. Ana 
shu folklore asarlarini toplash, o’rganish va ularni xalqqa yetqazishda folklor-
etnografik ansambllarining o’rni muhimdir.
 
Folklor-etnografik ansambli — havaskor 
ijodiy jamoa. Xalq ijodining qoʻshiq, raqs, oʻyin, ogʻzaki drama kabi shakllarini 
mahalliy milliy urf-odat va marosimlarga bogʻlab sahnaviy talqinini namoyish qiladi. 



Yüklə 441,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə