Soft skills for engineers – lecture 6-mavzu. Amaliy muammolarni yechish va qaror qabul qilish reja



Yüklə 47,1 Kb.
səhifə4/11
tarix08.04.2023
ölçüsü47,1 Kb.
#104724
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
SOFT SKILLS FOE ENGINEERS. LECTURE -6

Norasmiy (evristik) — qaror qabul qilish usuli. Bu boshqaruv qaror qabul qiluvchi shaxslarni analitik qobiliyatiga asoslanadi. Bu rahbar tomonidan to‘plangan tajribalar yordamida alternativlarni nazariy solishtirish yo‘li bilan mantiqiy usullar va optimal qaror tanlash metodi yig‘indisidir. Norasmiy usullar menejerni intuitsiyasiga asoslanadi. Ularning afzalligi shundaki, ular tezkor qabul qilinadi, kamchiligi esa har doim to‘g‘ri qaror qabul qilishga vakolat bermaydi.




  1. Kollektivli. Qaror qabul qilish va muhokama qilishdagi kollektiv usul. Buning uchun avval jarayon qatnashchisi bo‘lgan shaxslar ishtirokini aniqlash lozim. Ko‘pincha bu vaqtinchalik kollektiv bo‘lib uning tarkibiga boshqaruvchi va boshqariluvchilar kiradi. Bunday guruh shakllanishidagi asosiy mezonlar: vakolatlilik, tashabbuskor masalalarni yecha olish qobiliyati, moslashuvchanlik va fikrlashning nazariy mulohazasi kiradi. Kollektiv shaklda guruhiy ishlar turlicha bo‘lishi mumkin: majlis, suhbat, komissiyaga ish va boshqalar.

Boshqaruv qarorini tayyorlashdagi eng ko‘p tarqalgan kollektiv usullarga: «aqliy hujum», «delfi usuli», «kingisyo» — yapon doiraviy qaror qabul qilish tizimi.



  1. Miqdoriy qaror qabul qilish usuli. Uning asosi- ilmiy-tajribali yondashuv, bunda katta sig‘imdagi axborotni (EHM yordamida) qayta ishlash yo‘li bilan optimal qarorni tanlash tushuniladi. Model asosida qo‘llanilgan matematik funksiyalar turiga qarab ular quyidagicha farqlanadi:

  1. chiziqli modellashtirish — bunda chiziqli bog‘liqlik qo‘llaniladi;

  2. dinamik programmalashtirish — bu masalada qaror qabulqilish jarayoni qo‘shimcha o‘zgarishlarni kiritish imkonini beradi;

  3. ehtimollik va statistik usullar — umumiy xizmat qilish nazariyasi usulida amalga oshiriladi;

  4. o‘yin nazariyasibu holatda modellashtirishda, qaror qabul qilish turli bo‘g‘inlarni, qiziqishlarni to‘g‘ri kelmasligini hisobga olmoq kerak;

  5. imitatsion usul — qarorni amalga oshirishni eksperimen-tal tekshirishga imkon bo‘ladi. Boshlang‘ich mulohazalarni o‘zgartirish, ularga bo‘lgan talabni aniqlash.



  1. Yüklə 47,1 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə