Soliq nazoratining shakllari



Yüklə 19,07 Kb.
səhifə2/5
tarix31.03.2023
ölçüsü19,07 Kb.
#103869
1   2   3   4   5
1.2 qism

3- Kameral nazorat soliq to‘lovchi tomonidan belgilangan tartibda taqdim etilgan moliyaviy va soliq hisobotini, shuningdek soliq to‘lovchining faoliyati to‘g‘risida davlat soliq xizmati organidagi mavjud boshqa hujjatlarni o‘rganish hamda tahlil etish asosida amalga oshiriladigan nazoratdir.
Kameral nazorat soliq to‘lovchining huzuriga bormasdan davlat soliq xizmati organi joylashgan erda amalga oshiriladi.
Agar davlat soliq xizmati organi tomonidan kameral nazorat jarayonida soliq hisobotini to‘ldirishda xatoliklarga yo‘l qo‘yilganligi yoki taqdim etilgan soliq hisobotidagi va davlat soliq xizmati organlaridagi ma’lumotlar o‘rtasida ziddiyatlar borligi aniqlansa, bu haqda soliq to‘lovchiga tegishli tuzatishlar kiritish talab qilingan holda yozma shaklda xabar qilinadi.
Soliq to‘lovchi aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etish uchun nazarda tutilgan tartibda tegishli soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha tuzatilgan soliq hisobotini yoxud aniqlangan tafovutlarning asosini talabnoma olingan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatda taqdim etishi shart.

4- Soliq to‘lovchining naqd pul tushumi kelib tushishining xronometraji xronometraj o‘tkazilgan davrda haqiqatda kelib tushgan naqd pul tushumini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometraji naqd hisob-kitob asosida tovarlar realizatsiya qiladigan yoki xizmatlar ko‘rsatadigan soliq to‘lovchi huzurida bevosita tovarlar realizatsiya qilinadigan, xizmatlar ko‘rsatiladigan joyda davlat soliq xizmati organi tomonidan o‘tkaziladi.
Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini amalga oshirish jarayonida tekshiruv o‘tkazishga, soliq to‘lovchidan biron bir axborot yoki tushuntirishlar talab qilishga, soliq to‘lovchiga nisbatan talablar taqdim etishga yoki uning faoliyatiga boshqacha tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Xronometraj natijasi soliq to‘lovchini javobgarlikka tortish uchun asos bo‘la olmaydi.
5- O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanishga ruxsat etilgan Nazorat-kassa mashinalarining davlat reestri O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan tartibda shakllantiriladi.
Fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini qo‘llashda quyidagilar majburiy hisoblanadi:
1) fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasini faoliyat amalga oshirilayotgan joydagi davlat soliq xizmati organlarida fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasining ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasi berilgan holda ro‘yxatdan o‘tkazish;
2) fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalariga texnik xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish;
3) fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarining chekini iste’molchiga berish;
4) davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasini tekshirishiga ruxsat etish.
Fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasi texnik jihatdan vaqtincha nosoz bo‘lgan yoki elektr energiyasi bo‘lmagan taqdirda naqd pul bilan hisob-kitob qilishni xaridorlarga kvitansiyalar, chiptalar, talonlar yoki chekka tenglashtirilgan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadigan shakldagi qat’iy hisobdagi boshqa hujjatlarni berish orqali amalga oshirishga yo‘l qo‘yiladi.
Fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarining qo‘llanilish tartibiga rioya etilishi ustidan nazorat davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Soliq tekshiruvlari o‘tkazilayotganda davlat soliq xizmati organlari fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarida saqlanayotgan ma’lumotlardan foydalanishga haqli.
6- Tamaki va alkogolli mahsulotlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda hamda shartlarda aksiz markasi bilan tamg‘alanishi kerak, pivo bundan mustasno.
Aksiz to‘lanadigan ayrim turdagi tovarlarni tamg‘alash qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni davlat soliq xizmati organlari va davlat bojxona xizmati organlari amalga oshiradi.
7- Davlat soliq xizmati organlari davlat daromadiga qaratilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushadigan pul mablag‘larining davlat daromadiga o‘z vaqtida va to‘liq tushishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
8- Davlat soliq xizmati organlari boshqa majburiy to‘lovlarni undirish vazifasini amalga oshirayotgan davlat organlari va tashkilotlari ustidan boshqa majburiy to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi, to‘liq undirib olinishi hamda byudjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga o‘z vaqtida o‘tkazilishi bo‘yicha nazoratni amalga oshiradi.
Soliq nazorati amalga oshirilayotganda soliq to‘lovchi to‘g‘risida axborot to‘plash, saqlash, undan foydalanish va uni tarqatishga, shuningdek soliq sirini oshkor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.


Yüklə 19,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə