12
Kontrpassiv schyotlarining tuzilishini 8600 «Sotib
olingan xususiy aksiyalar
hisobi schyotlari» misolida ko‘rib chihamiz. Bu schyot 8310 «Oddiy aksiyalar» va
8320 «Imtiyozli aksiyalar» schyotlariga nisbatan kontrpassiv bo‘lib aksioner
jamiyatining aksiyadorlik kapitalini kamayishini ko‘rsatadi
va balansda
ko‘rsatiladigan ustav kapitalining umumiy jamidan chegiriladigan summa
hisoblanadi.
Kontrpassiv schyotlarning ta’rifi
SHartli belgilar:
G - tartibga solinuvchi moddaning boshlang‘ich summasi
D
- boshlang‘ich summadan ayirib tashlanadigan tartibga soluvchi moddaning
summasi
E
- tartibga solinuvchi moddaning haqikiy summasi
Schyotlarni tayinlanishi va tarkibiga ko‘ra turkumlanishi. Yig‘ib taqsimlovchi
schyotlar. Taqsimlovchi schyotlar korxonvalarining ba’zi xarajatlari ustidan nazorat
qilish va ulariing to‘g‘ri taqsimlanishini ta’minlash (shu jumladan, ayrim faoliyat
tannarxini ham aniqlash) uchun taynilangan. Yig‘ib-taqsimlovchi schyotlar u yoki
bu xo‘jalik jarayonlari bo‘yicha xarajatlarni, ularni
keyiichalik taqsimlash
maqsadida yig‘ish uchun qo‘llaniladi.
Ular aktiv schyotlardir, chunki ularda mablag‘lar (xarajatlar) harakati hisobga
olinadi. Bu schyotlarda yigiladigan summalar mazkur ob’ekt bo‘yicha barcha
xarajatlar hisobga olinadigan schyotlarga o‘tkaziladi (hisobdan chiqariladi). Yig‘ib
13
taqsimlovchi schyotlar ikki sababdan zarurdir:
eng avvalo, ba’zi xarajatlarni bir
nechta ob’ektlar o‘rtasida taqsimlash kerak bo‘ladi.
Bular egri (bilvosita) xarajatlar bo‘lib, ularga umumishlab chiqarish xarajatlari
kiradi. Bu erda biz «Umumishlab chiqarish xarajatlari» schyotini mukammal ko‘rib
chiqamiz. Uning debetida umuman ishlab chiqarishga
xizmat qilish va uni
boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar yig‘iladi. Kreditida esa ularning
summalari tegishli xarajatlarga
kiritish maqsadida, faoliyat turlari bo‘yicha
schyotlarga o‘tkaziladi (hisobdan chiqariladi).
Bunda umumishlab chiqarish xarajatlarining katta qismi «Asosiy ishlab
chiqarish» schyotiga o‘tkaziladi, ya’ni mahsulot tannarxiga kiritiladi. Umumishlab
chiqarish xarajatlari hisobot davrining oxirida hisobdan chiqariladi va taqsimlanadi,
bunda debetda yig‘ilgan hamma
summa hisobdan chiqarilib, hisobot davrining
oxiriga hech qanday qoldiq bo‘lmaydi.
Dostları ilə paylaş: