3.Buxgalteriya hisobi schyotlarining rejasi.
Schyotlar rejasi buxgalteriya hisobi tizimidagi axborotning umumiy tuzilishini,
uning xo‘jalik mexanizmiga muvofiq holda iqtisodiy tavsifini aniqlab beradi.
Buxgalteriya hisobi schyotlarning ma’lim bir tizimga solinishi schyotlar rejasi
deyiladi.
Xalq xo‘jaligining bozor iqtisodiyotiga o‘tishi, har xil mulkchilik shaklidagi
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning paydo bo‘lishi, korxonalarning rivojlanishi,
xalqaro andozalarga mos bo‘lgan hisob tizimi va schyotlar rejasini ishlab chiqishni
talab qildi.
Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002 yil
9 sentyabrdagi 103 - sonli buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya
hisobining Milliy (BHMA) (21-BHMS) «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning
moliyaviy - xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo‘llash
14
bo‘yicha yo‘riqnoma»ni tasdiqladi va u O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
tomonidan 2002 yil 23 oktyabrda 1181-son bilan qayd qilindi.
Ushbu andoza, byudjet muassasalari va banklardan tashqari, mulk shakllaridan
qati nazar barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan 2004 yil 1 yanvardan
boshlab qo‘llanila boshlandi..
YAngi schyotlar rejasi jami bo‘lib 249 ta balansli va 14 ta balansdan tashqari
schyotlardan iborat bo‘lib, u moliyaviy hisobotlarni tuzishga moslashtirilgan.
Barcha buxgalteriya schyotlari oltita qism bo‘yicha tizimga keltirilgan bo‘lib,
ular quyidagilardan iborat:
I.Uzoq muddatli aktivlar;
II.
Joriy aktivlar;
III.
Majburiyatlar;
IV.
Xususiy kapital;
V.
Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ishlatilishi;
VI.
Balansdan tashqari schyotlar.
Birinchi to‘rt qism schyotlarining ma’lumotlariga asosan moliyaviy
hisobotning I - shakli “Buxgalteriya balansi” tuziladi. Beshinchi qism «Moliyaviy
natijalarning shakllanishi va ishlatilishi» schyotlarning ma’lumotlariga asosan
moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot (2 - shakl ) tuziladi. Schyotlar rejasida
barcha schyotlar 9 bo‘limda tizimga keltirilib ko‘rsatilgan:
1-
bo‘lim. Asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa uzoq muddatli aktivlar;
2-
bo‘lim. Tovar - moddiy zahiralar;
3-
bo‘lim. Kelgusi davr xarajatlari va muddati uzaytirilgan xarajatlar -joriy
qismi;
4-
bo‘lim. Olinadigan schyotlar - joriy qismi;
15
5-
bo‘lim. Pul mablag‘lari, qisqa muddatli investitsiyalar va boshqa joriy
aktivlar;
6-
bo‘lim. Joriy majburiyatlar;
7-
bo‘lim. Uzoq muddatli majburiyatlar;
8-
bo‘lim. Kapital, taksimlanmagan foyda va rezervlar; 9-
bo‘lim. Daromadlar
va xarajatlar.
Birinchidan sakkizinchi bo‘limgacha bo‘lgan schyotlar balans tuzilishiga mos
kelsa,
9 - bo‘lim schyotlari moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot tuzilishiga mos
keladi. Schyotlar rejasining birinchi qismi bir (1- bo‘lim) ikkinchi qismi to‘rt (2, 3,4
va 5)lardan, uchinchi qismi ikki (6 va 7), to‘rtinchi qism bir (8- bo‘lim) va beshinchi
qism bir (9 - bo‘lim) bo‘limlardan iborat. YAngi schyotlar rejasida schyotlar besh
guruhga bo‘lib ko‘rsatilgan.
1.
Aktiv schyotlar (A) - xo‘jalik aktivlarini aks ettiradigan va iqtisodiy
resurslarning hisobot davridagi ko‘payishini debet tomonida va shu davrdagi
kamayishini kredit tomonida aks ettiradigan schyotlar.
2.
Passiv schyotlar (P) - xo‘jalikning majburiyatlari va kapitalini aks
ettirish uchun tayinlangan, hisobot davri boshidagi qoldiqni, hisobot davri
mobaynidagi majburiyatlarni va kapitalning o‘sishini kredit tomonida va shu
davrdagi majburiyatlar hamda kapitalning kamayishini debet tomonida aks
ettiradigan schyotlardir.
3.
Kontr - aktiv schyot (KA) - bu shunday schyotki, moliyaviy hisobotda
aktivning sof qiymayishini aks ettirish uchun uning qoldig‘i u bilan bogliq bo‘lgan
aktiv schyotning qoldig‘idan chegirib tashlanadi. Bunday schyot passiv schyotlarga
mansub bo‘lib ko‘payishi kreditida, kamayishi debetida aks ettiriladi.
4.
Kontr - passiv schyot (KP) - bu shunday schyotki, moliyaviy hisobotda
majburiyat yoki sof qiymatni aks ettirish uchun uning qoldig‘i u bilan bog‘liq
16
bo‘lgan passiv schyotning qoldig‘idan chegirib tashlanadi. Bunday schyot aktiv
schyotlarga mansub bo‘lib ko‘payishi debetida, kamayishi kreditida aks ettiriladi.
YUqorida keltirilgan schyotlarning barchasi doimiy schyotlar hisoblanib, ular
hisobot davrining oxirida qoldiqqa ega bo‘lgan va buxgalteriya balansida aks
ettiriladigan aktivlar, majburiyatlar va kapital schyotlaridir.
5.
Tranzit (o‘tkazuvchi) schyotlar (T) - hisobot davrida foydalaniladigan,
lekin yopilib ketadigan va hisobot davri oxiriga qoldig‘i bo‘lmaydigan daromad
hamda xarajatlarning vaqtinchalik schyotlaridir.
Bu schyotlarning ma’lumotlari moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda aks
ettiriladi. Xarajatlarni hisobga oladigan tranzit schyotlar aktiv schyotlarga mansub
bo‘lib ko‘payishi debetida,kamayishi esa kreditida aks ettiriladi. Daromadlarni
hisobga oladigan schyotlar passiv schyotlarga mansub bo‘lib, daromadning
ko‘payishi kreditida, kamayishi esa debetida aks ettiriladi.
Schyotlarning yuqoridagi guruhlanishidan ko‘rinib turibdiki yangi schyotlar
rejasida aktiv - passiv schyotlar yo‘q. Schyotlarning barchasi yoki aktiv - ko‘payishi
debetida, kamayishi kreditida aks ettiriladi, yoki passiv – ko‘payishi kreditida,
kamayishi debetida aks ettiriladi (majburiyatlarning vujudga kelishi va ularni to‘lash
vaqtlari bir hisob registrida chiziqli yozuv usulida birlashtirilmaydi). Eski schyotlar
rejasidagi aktiv - passiv schyotlar: boshqa debitor va kreditorlar, hisobdor shaxslar
bilan hisob - kitoblar, mahsulot sotish va shunga o‘xshagan qator schyotlar hozirgi
amaldagi schyotlar rejasida bekor qilingan.
Turli debitor va kreditorlar bilan olib boriladigan hisob - kitoblar har bir debitor
va kreditorlik qarzlari bo‘yicha alohida aktiv yoki passiv schyotlarda hisobga
olinadi: a) YAngi schyotlar rejasining 4 - «Olinadigan schyotlar - joriy qismi»
bo‘limi (4000 - 4900 schyotlar) da mahsulot sotish va boshqa operatsiyalar natijasida
vujudga keladigan debitorlar hisobga olinadi. b) YAngi schyotlar rejasining 6 -
«Joriy majburiyatlar» bo‘limi (6000 -6900 schyotlar) da mol sotib olish va boshqa
operatsiyalar natijasida vujudga keladigan kreditorlar hisobga olinadi.
17
Misol uchun safar xarajatlari bo‘yicha hisobdor shaxslar bilan bo‘ladigan hisob
- kitoblarni olaylik. Xizmat safari uchun xo‘jalik xodimlaridan biriga naqd pul
berilsa, 4220 «Xizmat safarlari uchun berilgan bo‘naklar» aktiv schyoti debetlanib,
5010 «Milliy valyutadagi pul mablag‘lari» schyoti kreditlanadi.
Hisobdor shaxslar olgan bo‘nak summasidan ortiqcha xarajat qilgan bo‘lsa,
hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan ortiqcha qilingan xarajatlar summasiga 4220 -
schyoti kreditlanmaydi, chunki u aktiv schyot, balki 6970 - «Hisobdor shaxslardan
qarz» passiv schyoti kreditlanadi.
Ortiqcha qilingan safar xarajatlar summasi kassadan to‘langanda 6970 schyoti
debetlanib 5010 schyoti kreditlanadi. Mahsulot sotish schyoti (eski 46 - «Mahsulot
sotish» aktiv - passiv schyoti) ham shunday. Eski schyotlar rejasi bo‘yicha mahsulot
sotishdan tushgan tushum 46-schyoti kreditida, sotilgan mahsulotning ishlab
chiqarish tannarxi shu schyotning debetida hisobga olingan.
Hozirgi amaldagi schyotlar rejasi bo‘yicha mahsulot sotishdan tushgan tushum
9010 «Mahsulot sotishdan olingan daromadlar» passiv schyotlarga mansub bo‘lgan
schyotning kreditida hisobga olinib, sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi
9110 «Sotilgan mahsulot tannarxi» aktiv schyotlarga mansub bo‘lgan schyotning
debetida hisobga olinadi. Schyotlar korrespondensiyasi faqat tizimli hisob
mohiyatini ochib beradi.
Ko‘plab schyotlar balansli schyotlar bo‘lib, ular tizimlidir. Balansli schyotlar
korrespondensiyalanadi. Lekin balansdan tashqari deb nomlanadigan tizimsiz,
korrespondensiyalanmaydigan schyotlar ham mavjud. Balansdan tashqari schyotlar
bo‘yicha yozuvlar ikkinchi korrespondensiyalanadigan schyotlarsiz amalga
oshiriladi. Balansdan tashqari schyotlarning asosiy xususiyati shundaki, ular
tizimsiz, oz miqdorda va keng tarqalmagan. Diqqatga sazovor joyi shundaki, ular
aktivlar bo‘lib hisoblanadi, lekin balansdan tashqari schyotlarda hisobga olinadigan
ob’ektlarni aktiv va passivga bo‘lish ma’lum bir ma’noga ega emas. Balansdan
tashqari schyotlarning ko‘payishi kirimiga, kamayishi chiqimiga yozib boriladi.
18
Schyotlar rejasidagi schyotlar kodlaridan tashqari nomiga ham ega. Schyotning
nomi - bu tub ma’noda schyotning o‘zidir. Schyotlar bilan ish olib borganda, asosan
ularning tayinlanishi va foydalanish tamoyillarini bilish zarur.
Hisob sub’ektlari tomonidan qo‘llaniladigan schyotlarning to‘liq ro‘yxati
schyotlar rejasidir. Ayrim sub’ektlar tomonidan qo‘llaniladigan schyotlar ro‘yxatida
farqlarning mavjudligi ikki xil schyotlar rejasini taqozo etadi:
Birinchisi - namunali, qonunchilik bilan belgilangan schyotlar rejasi,
Ikkinchisi - buxgalteriya hisobining ishchi (rabochiy) schyotlar rejasidir. Har
bir korxonalar umumiy qonunchilik bilan belgilangan schyotlar rejasiga asosan o‘z
ishchi schyotlar rejasini tuzib olishlari kerak. Ishchi schyotlar rejasida tanlab olingan
schyotlar miqdori xo‘jalik faoliyati turiga qarab barcha qo‘llaniladigan xo‘jalik
operatsiyalari hisobini ta’minlashi kerak.
Hisobning barcha sub’ektlari namunali schyotlar rejasidan foydalanishga
majbur. Schyotlar rejasida ko‘rsatilmagan schyotlarni qo‘llash faqat O‘zbekiston
Respublikasi Moliya Vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
FOYDANILGAN ADABIYOTLAR
1.Jo‘raev N., Bobojonov O., Abduvaxidov F., Sotvoldieva D. Moliyaviy va
boshkaruv xisobi. Darslik. -T.: 2007 y
19
2.
Sotivoldiev A.S. Zamonaviy buxgalteriya xisobi. Darslik.–T.
BAMA,2005y
3.O‘razov K.B. Buxgalteriya moliyaviy hisobi. O‘quv qo‘llanma.
Samarqand, SamISI, 2013y
4.
Karimov A.A. Buxgalteriya hisobi. /Darslik -T.: SHarq,2004.
Dostları ilə paylaş: |