Soliq va soliqqa tortish


Buxgalteriya hisobi schyotlarining rejasi



Yüklə 101,64 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix28.11.2023
ölçüsü101,64 Kb.
#135161
1   2   3   4   5
Rayxona 70 22 1

3.Buxgalteriya hisobi schyotlarining rejasi. 
Schyotlar rejasi buxgalteriya hisobi tizimidagi axborotning umumiy tuzilishini, 
uning xo‘jalik mexanizmiga muvofiq holda iqtisodiy tavsifini aniqlab beradi.
Buxgalteriya hisobi schyotlarning ma’lim bir tizimga solinishi schyotlar rejasi 
deyiladi.
Xalq xo‘jaligining bozor iqtisodiyotiga o‘tishi, har xil mulkchilik shaklidagi 
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning paydo bo‘lishi, korxonalarning rivojlanishi, 
xalqaro andozalarga mos bo‘lgan hisob tizimi va schyotlar rejasini ishlab chiqishni 
talab qildi.
Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002 yil 
9 sentyabrdagi 103 - sonli buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya 
hisobining Milliy (BHMA) (21-BHMS) «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning 
moliyaviy - xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo‘llash 


14 
bo‘yicha yo‘riqnoma»ni tasdiqladi va u O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 
tomonidan 2002 yil 23 oktyabrda 1181-son bilan qayd qilindi.
Ushbu andoza, byudjet muassasalari va banklardan tashqari, mulk shakllaridan 
qati nazar barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan 2004 yil 1 yanvardan 
boshlab qo‘llanila boshlandi..
YAngi schyotlar rejasi jami bo‘lib 249 ta balansli va 14 ta balansdan tashqari 
schyotlardan iborat bo‘lib, u moliyaviy hisobotlarni tuzishga moslashtirilgan.
Barcha buxgalteriya schyotlari oltita qism bo‘yicha tizimga keltirilgan bo‘lib, 
ular quyidagilardan iborat:
I.Uzoq muddatli aktivlar;
II.
Joriy aktivlar;
III.
Majburiyatlar;
IV.
Xususiy kapital;
V.
Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ishlatilishi;
VI.
Balansdan tashqari schyotlar.
Birinchi to‘rt qism schyotlarining ma’lumotlariga asosan moliyaviy 
hisobotning I - shakli “Buxgalteriya balansi” tuziladi. Beshinchi qism «Moliyaviy 
natijalarning shakllanishi va ishlatilishi» schyotlarning ma’lumotlariga asosan 
moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot (2 - shakl ) tuziladi. Schyotlar rejasida 
barcha schyotlar 9 bo‘limda tizimga keltirilib ko‘rsatilgan:
1-
bo‘lim. Asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa uzoq muddatli aktivlar;
2-
bo‘lim. Tovar - moddiy zahiralar;
3-
bo‘lim. Kelgusi davr xarajatlari va muddati uzaytirilgan xarajatlar -joriy 
qismi;
4-
bo‘lim. Olinadigan schyotlar - joriy qismi;


15 
5-
bo‘lim. Pul mablag‘lari, qisqa muddatli investitsiyalar va boshqa joriy 
aktivlar;
6-
bo‘lim. Joriy majburiyatlar;
7-
bo‘lim. Uzoq muddatli majburiyatlar;
8-
bo‘lim. Kapital, taksimlanmagan foyda va rezervlar; 9-
bo‘lim. Daromadlar 
va xarajatlar.
Birinchidan sakkizinchi bo‘limgacha bo‘lgan schyotlar balans tuzilishiga mos 
kelsa,
9 - bo‘lim schyotlari moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot tuzilishiga mos 
keladi. Schyotlar rejasining birinchi qismi bir (1- bo‘lim) ikkinchi qismi to‘rt (2, 3,4 
va 5)lardan, uchinchi qismi ikki (6 va 7), to‘rtinchi qism bir (8- bo‘lim) va beshinchi 
qism bir (9 - bo‘lim) bo‘limlardan iborat. YAngi schyotlar rejasida schyotlar besh 
guruhga bo‘lib ko‘rsatilgan.
1.
Aktiv schyotlar (A) - xo‘jalik aktivlarini aks ettiradigan va iqtisodiy 
resurslarning hisobot davridagi ko‘payishini debet tomonida va shu davrdagi 
kamayishini kredit tomonida aks ettiradigan schyotlar.
2.
Passiv schyotlar (P) - xo‘jalikning majburiyatlari va kapitalini aks 
ettirish uchun tayinlangan, hisobot davri boshidagi qoldiqni, hisobot davri 
mobaynidagi majburiyatlarni va kapitalning o‘sishini kredit tomonida va shu 
davrdagi majburiyatlar hamda kapitalning kamayishini debet tomonida aks 
ettiradigan schyotlardir.
3.
Kontr - aktiv schyot (KA) - bu shunday schyotki, moliyaviy hisobotda 
aktivning sof qiymayishini aks ettirish uchun uning qoldig‘i u bilan bogliq bo‘lgan 
aktiv schyotning qoldig‘idan chegirib tashlanadi. Bunday schyot passiv schyotlarga 
mansub bo‘lib ko‘payishi kreditida, kamayishi debetida aks ettiriladi.
4.
Kontr - passiv schyot (KP) - bu shunday schyotki, moliyaviy hisobotda 
majburiyat yoki sof qiymatni aks ettirish uchun uning qoldig‘i u bilan bog‘liq 


16 
bo‘lgan passiv schyotning qoldig‘idan chegirib tashlanadi. Bunday schyot aktiv 
schyotlarga mansub bo‘lib ko‘payishi debetida, kamayishi kreditida aks ettiriladi. 
YUqorida keltirilgan schyotlarning barchasi doimiy schyotlar hisoblanib, ular 
hisobot davrining oxirida qoldiqqa ega bo‘lgan va buxgalteriya balansida aks 
ettiriladigan aktivlar, majburiyatlar va kapital schyotlaridir.
5.
Tranzit (o‘tkazuvchi) schyotlar (T) - hisobot davrida foydalaniladigan, 
lekin yopilib ketadigan va hisobot davri oxiriga qoldig‘i bo‘lmaydigan daromad 
hamda xarajatlarning vaqtinchalik schyotlaridir.
Bu schyotlarning ma’lumotlari moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda aks 
ettiriladi. Xarajatlarni hisobga oladigan tranzit schyotlar aktiv schyotlarga mansub 
bo‘lib ko‘payishi debetida,kamayishi esa kreditida aks ettiriladi. Daromadlarni 
hisobga oladigan schyotlar passiv schyotlarga mansub bo‘lib, daromadning 
ko‘payishi kreditida, kamayishi esa debetida aks ettiriladi.
Schyotlarning yuqoridagi guruhlanishidan ko‘rinib turibdiki yangi schyotlar 
rejasida aktiv - passiv schyotlar yo‘q. Schyotlarning barchasi yoki aktiv - ko‘payishi 
debetida, kamayishi kreditida aks ettiriladi, yoki passiv – ko‘payishi kreditida, 
kamayishi debetida aks ettiriladi (majburiyatlarning vujudga kelishi va ularni to‘lash 
vaqtlari bir hisob registrida chiziqli yozuv usulida birlashtirilmaydi). Eski schyotlar 
rejasidagi aktiv - passiv schyotlar: boshqa debitor va kreditorlar, hisobdor shaxslar 
bilan hisob - kitoblar, mahsulot sotish va shunga o‘xshagan qator schyotlar hozirgi 
amaldagi schyotlar rejasida bekor qilingan.
Turli debitor va kreditorlar bilan olib boriladigan hisob - kitoblar har bir debitor 
va kreditorlik qarzlari bo‘yicha alohida aktiv yoki passiv schyotlarda hisobga 
olinadi: a) YAngi schyotlar rejasining 4 - «Olinadigan schyotlar - joriy qismi» 
bo‘limi (4000 - 4900 schyotlar) da mahsulot sotish va boshqa operatsiyalar natijasida 
vujudga keladigan debitorlar hisobga olinadi. b) YAngi schyotlar rejasining 6 -
«Joriy majburiyatlar» bo‘limi (6000 -6900 schyotlar) da mol sotib olish va boshqa 
operatsiyalar natijasida vujudga keladigan kreditorlar hisobga olinadi.


17 
Misol uchun safar xarajatlari bo‘yicha hisobdor shaxslar bilan bo‘ladigan hisob 
- kitoblarni olaylik. Xizmat safari uchun xo‘jalik xodimlaridan biriga naqd pul 
berilsa, 4220 «Xizmat safarlari uchun berilgan bo‘naklar» aktiv schyoti debetlanib, 
5010 «Milliy valyutadagi pul mablag‘lari» schyoti kreditlanadi.
Hisobdor shaxslar olgan bo‘nak summasidan ortiqcha xarajat qilgan bo‘lsa, 
hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan ortiqcha qilingan xarajatlar summasiga 4220 - 
schyoti kreditlanmaydi, chunki u aktiv schyot, balki 6970 - «Hisobdor shaxslardan 
qarz» passiv schyoti kreditlanadi.
Ortiqcha qilingan safar xarajatlar summasi kassadan to‘langanda 6970 schyoti 
debetlanib 5010 schyoti kreditlanadi. Mahsulot sotish schyoti (eski 46 - «Mahsulot 
sotish» aktiv - passiv schyoti) ham shunday. Eski schyotlar rejasi bo‘yicha mahsulot 
sotishdan tushgan tushum 46-schyoti kreditida, sotilgan mahsulotning ishlab 
chiqarish tannarxi shu schyotning debetida hisobga olingan.
Hozirgi amaldagi schyotlar rejasi bo‘yicha mahsulot sotishdan tushgan tushum 
9010 «Mahsulot sotishdan olingan daromadlar» passiv schyotlarga mansub bo‘lgan 
schyotning kreditida hisobga olinib, sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi 
9110 «Sotilgan mahsulot tannarxi» aktiv schyotlarga mansub bo‘lgan schyotning 
debetida hisobga olinadi. Schyotlar korrespondensiyasi faqat tizimli hisob 
mohiyatini ochib beradi.
Ko‘plab schyotlar balansli schyotlar bo‘lib, ular tizimlidir. Balansli schyotlar 
korrespondensiyalanadi. Lekin balansdan tashqari deb nomlanadigan tizimsiz, 
korrespondensiyalanmaydigan schyotlar ham mavjud. Balansdan tashqari schyotlar
bo‘yicha yozuvlar ikkinchi korrespondensiyalanadigan schyotlarsiz amalga 
oshiriladi. Balansdan tashqari schyotlarning asosiy xususiyati shundaki, ular 
tizimsiz, oz miqdorda va keng tarqalmagan. Diqqatga sazovor joyi shundaki, ular 
aktivlar bo‘lib hisoblanadi, lekin balansdan tashqari schyotlarda hisobga olinadigan 
ob’ektlarni aktiv va passivga bo‘lish ma’lum bir ma’noga ega emas. Balansdan 
tashqari schyotlarning ko‘payishi kirimiga, kamayishi chiqimiga yozib boriladi.


18 
Schyotlar rejasidagi schyotlar kodlaridan tashqari nomiga ham ega. Schyotning 
nomi - bu tub ma’noda schyotning o‘zidir. Schyotlar bilan ish olib borganda, asosan 
ularning tayinlanishi va foydalanish tamoyillarini bilish zarur.
Hisob sub’ektlari tomonidan qo‘llaniladigan schyotlarning to‘liq ro‘yxati 
schyotlar rejasidir. Ayrim sub’ektlar tomonidan qo‘llaniladigan schyotlar ro‘yxatida 
farqlarning mavjudligi ikki xil schyotlar rejasini taqozo etadi:
Birinchisi - namunali, qonunchilik bilan belgilangan schyotlar rejasi,
Ikkinchisi - buxgalteriya hisobining ishchi (rabochiy) schyotlar rejasidir. Har 
bir korxonalar umumiy qonunchilik bilan belgilangan schyotlar rejasiga asosan o‘z 
ishchi schyotlar rejasini tuzib olishlari kerak. Ishchi schyotlar rejasida tanlab olingan 
schyotlar miqdori xo‘jalik faoliyati turiga qarab barcha qo‘llaniladigan xo‘jalik 
operatsiyalari hisobini ta’minlashi kerak.
Hisobning barcha sub’ektlari namunali schyotlar rejasidan foydalanishga 
majbur. Schyotlar rejasida ko‘rsatilmagan schyotlarni qo‘llash faqat O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya Vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
FOYDANILGAN ADABIYOTLAR
1.Jo‘raev N., Bobojonov O., Abduvaxidov F., Sotvoldieva D. Moliyaviy va
 
boshkaruv xisobi. Darslik. -T.: 2007 y


19 
2.
Sotivoldiev A.S. Zamonaviy buxgalteriya xisobi. Darslik.–T.
BAMA,2005y
3.O‘razov K.B. Buxgalteriya moliyaviy hisobi. O‘quv qo‘llanma.
Samarqand, SamISI, 2013y
4.
Karimov A.A. Buxgalteriya hisobi. /Darslik -T.: SHarq,2004.

Yüklə 101,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə