Soliq va soliqqa tortish



Yüklə 101,64 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix28.11.2023
ölçüsü101,64 Kb.
#135161
1   2   3   4   5
Rayxona 70 22 1

Aktiv schyot shakli 
 
Bu erda:
Sb - boshlang‘ich saldo
Ay.d - debetlik aylanma
Ay.k - kreditlik aylanma
So - oxirgi qoldiq
So = Sb + Ay.d –Ay.k
Passiv schyot shakli 
 
So= Sb +Ay.k - Ay.d
Mablag‘lar va ularning manbalari qoldiqlarining o‘zgarishlarini schyotlarda aks 
ettirilishini misollarda ko‘rib chiqamiz.
1 - misol. «Kassa» moddasi korxonalarning naqd pullarini aks ettiradi. Faraz 
qilaylik, kassada 2000 so‘m bor. Xo‘jalik mablag‘lari balansning aktivida 
ko‘rsatilganligi bois, schyotlarda ularning qoldiqlarini debetga yozish tartibi qabul 
qilingan. Demak, 2000 so‘m qoldiqni «Kassa» schyotining debetiga yozish kerak.



SHuningdek, shunday operatsiyalar sodir bo‘lganki, ularning natijasida kassaga 
korxonvalarda birinchi operatsiya bo‘yicha 500 000 so‘m, uchinchi operatsiya 
bo‘iicha 300 000 so‘m kelib tushgan; kassada ikkinchi operatsiya bo‘yicha 600 000 
so‘m va to‘rtinchi jarayon yuzasidan 280 000 so‘m chiqib ketgan (sarflangan). 
Pullarning kelib tushishi (ko‘payishi)ni «Kassa» schyotining debetiga, ularning 
chiqib ketishi (kamayishi)ni uning qarama-qarshi tomoniga - kreditiga yozish kerak. 
Bu, kassadagi mablag‘lar harakatining yakunlarini hisoblab chiqishda naqd pullarni 
kelib tushishini qoldiqqa qo‘shish, chiqib ketishini esa ayirish uchun kerak.
SHunday qilib, 500 000 va 300 000 so‘m «Kassa» schyotining debetiga, 600
000 va 280 000 so‘m uning kreditiga yoziladi.
Naqd pullar harakatini debeti va krediti bo‘yicha oborotlar summasi hisoblab 
chiqarilgandan keyin qoldiqni aniqlaymiz. U 22 000 so‘mga teng bo‘ladi 2 000 +800 
000-780 000).
To‘rtta operatsiya yozilgandan keyin «Kassa» schyoti quyidagi ko‘rinishga ega 
bo‘ladi:
Bu schyotdagi oxirgi qoldiq faqat debetida bo‘lishi mumkin, chunki mavjud 
bo‘lgan naqd puldan ortiqcha sarflash mumkin emas.
2 - misol. «Mol etkazib beruvchi va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar»



moddasi korxonalar mablag‘lari manbaini aks zttiradi. Balansda unga yozilgan 
summa - korxonalarning mol etkazib beruvchilarga bo‘lgan qarzi miqdorini 
ko‘rsatadi. Bu modda bo‘yicha boshlang‘ich qoldiq 400 000 so‘mga teng deylik.
«Mol etkazib beruvchi va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» moddasining 
o‘zgarishini anglatuvchi operatsiyalar korxonalar qarzining oshishini kamayishini 
ko‘rsatishi mumkin. Faraz qilaylik, uchta operatsiya sodir bo‘lgan: birinchisi - 
korxona mol etkazib beruvchilarga bo‘lgan qarzini 150 000 so‘mga uzgan, 
ikkinchisi - korxonaning mol etkazib beruvchilariga qarzi 200 000 so‘mga oshgan, 
uchinchisi - mol etkazib beruvchilarga bo‘lgan korxona qarzini 350 000 so‘mga 
uzgan.
Mol etkazib beruvchilarga doir operatsiyalarni hisobga olish uchun 6010-«Mol 
etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» schyoti yuritiladi. Bu 
schyot mablag‘lar manbaini aks ettiradi, shuning uchun undagi yozuvlar, mablag‘lar 
turlarini hisobga oladigan «Kassa» schyotiga qaraganda boshqacha aks ettiriladi.
Unda qoldiq, mablag‘lar manbaining kreditiga yoziladi. Mazkur schyotda 
ko‘payishni anglatuvchi operatsiyalar - kreditida, kamayishni anglatuvchi 
operatsiyalar - debetida aks ettiriladi. Demak, 150 000 va 350 000 so‘m shu 
schyotning debetiga, 200 000 so‘mni esa kreditiga yozish kerak.
Boshlang‘ich qoldiq va operatsiyalar yozilgandan keyin, debet hamda kredit 
bo‘yicha oborotlar yakunini hisoblab chiqamiz va yangi qoldiq (saldo)ni topamiz.
U quyidagicha bo‘ladi:



(400 000+200 000-500 000= 100 000).
«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» schyoti 
unga operatsiyalar yozilganidan keyin quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
Bu schyotning oxirgi qoddig‘i faqat kreditli bo‘lishi mumkin, chunki 
korxonvalari mol etkazib beruvchilarga bo‘lgan qarzini uzishda, mavjud 
majburiyatdan ortiq summani to‘lamaydi. Schyotlarning qoldiqlari, hisobga 
olinadigan ob’ektlarning ko‘payishi va kamayishiga qarab, ularning qar xil 
tomonlariga yoziladi. Schyotlarning bunday tuzilishi tasodifiy emas.
SHunday qilib, aktivlarning turlarini aks ettiruvchi schyotlarda hisobga 
olinadigan ob’ektlar qoldiqlarini va ko‘payishi debetiga, kamayishi esa kreditiga 
yoziladi. Mablag‘lar manbalarini hisobga olish uchun xizmat qiladigan schyotlarda 
qoldiqlar va ko‘payishlar kreditda, kamayishlar zsa - debetda ko‘rsatiladi. Aktivlar 
turini yoki ularning manbalarini hisobga olishga qarab, schyotlar aktiv va passivga 
bo‘linadi.
Aktivlar turlarini hisobga oluvchi schyotlar aktiv, ularning manbalarini aks 
ettiruvchi schyotlar esa - passiv schyotlar deb ataladi. Barcha schyotlarda qoldiqlar 
va operatsiyalar yuqorida keltirilgandek aks ettiriladi. Lekin buxgalteriya hisobida 
qator murakkab schyotlar borki, ular o‘zlarining tuzilishlariga ko‘ra bunday oddiy 
tarzdan farq qiladi. Bundaylarga xo‘jalik jarayonlari, xo‘jalik faoliyatining 
moliyaviy natijalari, topshiriqlarning bajarilishi hisobga oladigan schyotlar kiradi.



Bu schyotlarda hisobga olinadigan ob’ektlarning xususiyatlari aks ettiriladi. 
Lekin ular qam aktiv va passiv schyotlarga mansubdir. Schyotlardan to‘g‘ri 
foydalanish uchun - u yoki bu schyot yordamida qanday ko‘rsatkichlarni olish 
mumkinligi va unda qanday ob’ektlar hisobga olinishi zarurligini bilish maqsadida 
ular tasniflanadi. Bunday schyotlarni turkumlash ikki belgi asosida tuziladi: qanday 
maqsadga tayinlanishi va tuzilishi hamda iqtisodiy mazmuniga qarab.
Schyotlarning qanday maqsadlarga tayinlanishi va tuzilishi bo‘yicha 
turkumlanishi, u yoki bu schyotlar, nima uchun, qanday ko‘rsatkichlarni olish uchun 
mo‘ljallangan hamda ularning tuzilishi qanday, ya’ni ularning debeti, kreditining 
mazmuni qanday, ulardagi sal’do qanday xususiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Ular 
buxgalteriya hisobida qo‘llaniladigan schyotlarning xususiyatlarini o‘rganish uchun 
xizmat qiladi va ularning ayrim turlari qanday xususiyatlarga ega ekanligini aniqlash 
imkonini beradi.
Schyotlarning 
iqtisodiy 
mazmuniga 
qarab 
turkumlanishi 
(iqtisodiy 
turkumlash), schyotlarda nima hisobga olinadi, ya’ni unda qanday aniq iqtisodiy 
ob’ekt aks ettirilishini ko‘rsatadi hamda mazkur ob’ektga har tomonlama tavsif 
berish uchun qanday schyotlardan foydalanish kerakligini aniqlab olish imkonini 
beradi. Iqtisodiy turkumlash mazkur korxonalarda, uning xususiyatlarini hisobga 
olgan holda, foydalanishi kerak bo‘lgan schyotlar ro‘yxatini belgilab olish uchun 
mo‘ljallangan.
Har ikkala turkumlash ham chambarchas bog‘langan o‘zaro bir-birovlarini 
to‘ldiradi. Schyotlarning xususiyatlarini bilish va ulardan amaliyotda to‘g‘ri 
foydalanish uchun ularning qanday maqsadga tayinlanganligi, tuzilishi va iqtisodiy 
mazmunini o‘rganish kerak.
Schyotlarning turkumlannshi mavjud ma’lumotlardan xo‘jalik faoliyatini 
boshqarishda zarur bo‘lgan ko‘rsatkichlarning xususiyatlarini (tarkibiy tuzilishi, 
turkumlanishi) va unda hisobga olinadigan ob’ektlarning iqtisodiy mazmunini 



(iqtisodiy turkumlanishi) aniqlab olingandan keyingina ulardan boshqaruv ishlarida 
to‘g‘ri foydalanish mumkin.

Yüklə 101,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə