Soliq va soliqqa tortish



Yüklə 101,64 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix28.11.2023
ölçüsü101,64 Kb.
#135161
  1   2   3   4   5
Rayxona 70 22 1




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIOLIY TA’LIM , FAN VA 
INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI 
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI 
ANDIJON FAKULITETI
 
 
 
MAVZU: 
Buxgalteriya xisobining schyotlari tuzilishi va schyotlar rejasi
 
SIRTQI- 
“SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH “ 70/22 yo’nalishi 
2-kurs ERGASHEVA RAYHONA 
 
 
 
Bajardi: Ergasheyav.R 
Tekshirdi: Soliyev.B.K 



Mavzu : Buxgalteriya xisobining schyotlari tuzilishi va schyotlar rejasi
REJA:
1.Schyotlar to‘g‘risida tushuncha va ularning tuzilishi.
2.Buxgalteriya schyotlarini turkumlanishi.
3.Buxgalteriya hisobi schyotlarining rejasi.
4.Foydalanilgan adabiyotlar
1.Schyotlar to‘g‘risida tushuncha va ularning tuzilishi. 



Buxgalteriya hisobi schyotlari - bu xo‘jalik mablag‘lari, operatsiyalarini joriy 
aks ettirish, iqtisodiy guruhlash va tezkor nazorat qilish usuli deb ta’riflasak bo‘ladi.
Schyotlardagi yozuvlar, hisobga olinayotgan ob’ektlarning xususiyatiga qarab 
har xil - natura, mehnat va pul o‘lchov birliklarida olib boriladi. Lekin ma’lumotlarni 
natura va mehnat o‘lchov birliklarida ifodalash bilan birga schyotlardagi barcha 
ma’lumotlar, albatta, pul o‘lchov birligida ham ko‘rsatiladi. Bu umumlashtirilgan, 
yakuniy ko‘rsatkichlarni olish uchun zarurdir.
Xo‘jalik mablag‘larining harakati tegishli balans moddalarining ko‘payishi 
yoki kamayishiga olib keladi. Masalan, kassadagi naqd pullarning harakati ularning 
g‘aznaga kelib tushishi («Kassa» moddasining ko‘payishi) yoki undan berilishi 
(«Kassa» moddasining kamayishi) bilan tavsiflanadi; mol etkazib beruvchilar bilan 
hisob-kitoblarning harakati - bu korxonalarining mol etkazib beruvchilarga bo‘lgan 
qarzning ko‘payishi («Mol etkazib beruvchilar» moddasining o‘sishi) yoki uning 
uzilishi «Mol etkazib beruvchilar» moddasining kamayishiga olib keladi.
Schyotdagi umumiy summani hisoblab chiqishni osonlashtirish uchun 
mablag‘larning ko‘payishini ularning kamayishidan alohida ajratib ko‘rsatish 
qulayroq, shuning uchun schyot ikki qismga bo‘linadi: chap va o‘ng tomonga. Uning 
biri (chap tomoni) dsbet, boshqasi (o‘ng tomoni) kredit deb nomlanadi.
Hisobning har bir ob’ekti hamda mablag‘lar va manbalarning har bir turi uchun 
alohida schyotlar ochiladi. Debet va kredit bo‘yicha yozilgan operatsiyalar 
summalarining jami oborot (oborot) deb nomlanadi. Schyotning bir tomonida qayd 
etilgan summalar bilan uning boshqa tomonida ko‘rsatilgan summalar o‘rtasidagi 
farq qoldiq yoki saldo deb nomlanadi. Qoldiqlar debeti kreditidan ortiqmi yoki 
aksinchami ekanligiga qarab, debetli yoki kreditli bo‘lishi mumkin. Yangi qoldiqni 
aniqlash uchun avval mablag‘larni ko‘payganligini ko‘rsatuvchi oborot summani 
boshlang‘ich qoldiqqa qo‘shiladi, so‘ngra uning kamayishini aks ettiruvchi oborot 
summasi ayirib tashlanadi. Agar qoldiq bo‘lmasa, schyot yopilgan hisoblanadi.
Aktiv va passiv schyotlarniig shaklini keltiramiz




Yüklə 101,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə