Soliqqa tortish



Yüklə 8,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/218
tarix26.10.2023
ölçüsü8,7 Mb.
#131026
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   218
1 2009 Vahobov A V Soliqlar va soliqqa

Soliq agenti
— yuridik va jismoniy shaxslardan soliqni 
ushlab qolish va davlat budjetiga o‘tkazib beruvchi yuridik 
shaxslar. Bunday yuridik shaxslar o ‘z faoliyatida bevosita 
yoki bilvosita ishtirok etgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar, 
ya’ni yuridik va jismoniy shaxslaming mazkur korxonada 
o‘z mehnati, investitsiyasi bilan ishtirok etishi natijasida
23


olgan daromadi (foydasi)dan soliqlami ushlab qoladi va 
davlat budjetiga oTkazib beradi. Soliq agentlari davlat 
budjetiga soliqlami bevosita yoki bilvosita ishga yollangan- 
ligi natijasida toTanadigan ish haqidan, dividendlardan, 
doimiy muassasa orqali faoliyat ko‘rsatmaydigan norezident 
yuridik va jismoniy shaxslardan ushlanishi lozim boTgan 
soliq summalarini ushlab qoladi va budjetga oTkazib bera­
di, ushlab qolinmagan, kam ushlab qolingan va o‘z vaqtida 
oTkazib berilmagan soliq summasi uchun qonunchilikda 
belgilangan moliyaviy, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka 
tortiladilar. Har bir yuridik shaxs soliq munosabatlarida 
soliq subyekti boTishi bilan birgalikda soliq agenti sifatida 
ham ishtirok etadi. Soliq agenti iqtisodiy adabiyotlarda 
asosan fiskal agent sifatida qayd etiladi.
! Soliq obyekti —
soliq toTovchining soliq hisoblanadigan 
va soliqqa tortish uchun asos boTib xizmat qiladigan daro­
madi, oboroti va mol-mulki tushuniladi. Soliq obyekti 
sifatida foyda yoki daromad, muayyan tovarlaming qiymati, 
yer maydoni, jismoniy va yuridik shaxslaming mulklari, 
tabiiy resurslardan foydalanish miqdori va boshqalar kiradi. 
Soliq obyekti aslida jamiyatdagi mavjud moddiy va ma’- 
naviy boyliklaming ayrimlariga qonun yoTi bilan ulardan 
foydalanuvchi, egalik qiluvchi va tasarmf qiluvchi soliq 
subyektlarining huquqlarini soliqqa tortishni ifodalaydi. 
Binobarin, moddiy yoki ma’naviy boyliklar soliq obyekti 
qilib albatta unga mulkiy huquqqa ega boTgandagina yuza­
ga chiqadi. Masalan, egasiz imoratga soliq solinmaydi, 
chunki egasiz imoratga nisbatan soliq subyekti mavjud 
emas, vaholanki, boTgan taqdirda ham soliq obyekti sifati­
da imorat emas, balki ushbu imoratga boTgan mulkiy 
huquqqa soliq solinadi. Shu jihatdan aytish mumkinki, 
soliq obyekti aslida yuridik va jismoniy shaxslaming mulkiy 
huquqi va daromadiga qaratiladi.
Soliqqa tortish predmeti —
soliq solinadigan daromad, 
oborot, mol-mulk va boshqalarga boTgan huquq emas, 
balki ularning o‘zidir, ya’ni soliq solish obyekti boTib 
biror-bir soliq predmetiga boTgan huquq tushunilsa, pred- 
met boTib ana shu egalik qilinadigan daromad, yer 
uchastkasi, imorat va boshqalaming o‘zi tushuniladi. Soliq 
obyekti yoki soliqqa tortish predmeti, unga kim egalik qi­
lish huquqiga ega boTsa, unda soliqni toTash majburiyati, 
ya’ni soliq subyektini namoyon qiladi. Demak, aytishimiz
24


mumkinki, soliqqa tortish predmetiga egalik qilish huquqi 
soliq obyektini vujudga keltirsa, o‘z navbatida ushbu pred- 
metga kimning egalik qilishi soliq subyektini yoki soliq 
toTovchisini namoyon etadi.
Soliq manbayi —
bu soliq toTovchining toTaydigan 
soliqlari manbayi, ya’ni daromadi. Soliq obyekti va soliq 
manbayini bir-biridan farqlash lozim. Ayrim soliq turlari 
bo‘yicha, masalan, foydaga, yalpi daromadga, jismoniy 
shaxslaming daromadiga soliqlar bo‘yicha soliq obyekti 
ham, soliq manbayi ham bir xil boTadi, ya’ni nima obyekt 
boTsa, uning o‘zi manba hisoblanadi.
Shu o'rinda soliqqa tortish predmeti, soliq obyekti va 
soliq manbayini farqlash va ulaming mohiyatini ochib be­
rish uchun aniq soliq turi bo‘yicha ko‘rib chiqishga harakat 
qilamiz. Yer sohgT bo‘yicha ko‘radigan boTsak, uning soliq­
qa tortish predmeti boTib, yer uchastkasi maydoni, unga 
kimning egalik qilish huquqi mavjud boTsa soliq obyekti 
paydo boTadi va ushbu yer solig‘i qaysi manba hisobidan 
davlat budjetiga toTansa, masalan, yerdan turli xil ko‘ri- 
nishda foydalanish natijasida olinadigan daromad uning 
manbayi hisoblanadi. Demak, soliqqa tortish predmeti o‘z- 
o‘zidan kimdadir soliq toTash majburiyatini vujudga keltir- 
maydi. Misolimizga qaytadigan boTsak, yerga boTgan hu- 
quqni joylardagi mahalliy hokimiyat organlari beradi va shu 
bilan birgalikda yerdan foydalanuvchida soliq toTash maj- 
buriyati vujudga keladi, chunki unda ushbu yer uchastkasi- 
dan foydalanish huquqi mavjud. Demak, soliq predmetiga 
kimning egalik qilish huquqi mavjud boTadigan boTsa, u 
soliq munosabatlarida soliq subyekti sifatida ishtirok etadi.

Yüklə 8,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə