So'roq gaplarning shakliy-mazmuniy tuzilishi va uning talim bosqichlarida órganilishi mundarija: Kirish i-bob


I.BOB . SO‘ROQ GAPLARNING KOMMUNIKATIV TURLARI



Yüklə 104,48 Kb.
səhifə2/6
tarix30.12.2023
ölçüsü104,48 Kb.
#167345
1   2   3   4   5   6
So\'roq gaplarning shakliy-mazmuniy tuzilishi va uning talim bosq

I.BOB . SO‘ROQ GAPLARNING KOMMUNIKATIV TURLARI
1.1.GAPLAR HAQIDA UMUMIY MA’LIMOT.
Bizga ma`lumki , til kishilar orasida eng muhim aloqa vositasi bo‘lib xizmat qiladi . Tilda fikr ifodalash , bayon qilish va anglashda esa gapdan foydalaniladi . Demak , gap , avvalo , so‘zlovchi uchun fikr ifodalash , bayon qilish , tinglovchi uchun esa fikr anglash vositasidir . Shuning uchun ham gap muomala vositasining eng kichik birligi deyiladi .
Gap biror voqea-hodisa haqidagi xabarni , so‘roqni yoki buyruqni ifodalovchi asosiy sintaktik butunlikdir . Gap so‘z birikmasidan kesim va ega yoki faqat kesim bo‘laklarga aloqador grammatik asosga egaligi bilan farq qiladi .
Gap - kishilarning bir-biriga fikr,axborot uzatish uchun ishlatiladigan asosiy birlik,fikr ifodalashning eng oddiy va usullik ko’rinishi.Tugallangan fikrni ifodalovchi so’zlar yig’indisi ham gap deyiladi.
Ex: My father works at the office. I learn English.(R.Murphy)
Gap fikr, tasdiq yoki inkor hukmini bildirib, tugallangan ohang bilan aytiladi.
The street is big. So’z birikmasi esa sanash ohangi bilan aytiladi: A good mind Avval, bosh so’z keyin keladi: A clever boy-aqlli bola; A big street-katta ko’cha;
A high degree-baland daraja;
Agar ular o’rnini o’zgartirilsa gap hosil bo’ladi: the street is big-ko’cha katta:
The boy is clever-bola aqlli; the degree is high-daraja baland.
Bitishuvda ergash so’z vazifasida sifat, ravish hamda ular vazifasidagi boshqa so’zlar keladi.1
A red flower-qizil gul.A gold ring-oltin uzuk.A clever person-aqlli kishi.
Bosh so’z ot va fe’l so’z turkumidan bo’ladi.So’z birikmasi tahlili:2
Gapdagi so’z birikmalar aniqlanadi. Bosh va ergash so’zlar aniqlanadi.
Bosh va ergash so’zlarning bog’lanish usuli aniqlanadi.
So’z birikmasining bosh so’z turkumi bo’yicha turi aniqlanadi.
So’z birikmasining tuzilish turi aniqlanadi.
Gap bitta so’zdan ham iborat bo’lishi mumkin va u kesimlik qo’shimchalari bilan shakllangan bo’ladi, so’z birikmasi esa har doim eng kamida ikkita mustaqil so’zdan iborat bo’ladi: The spring. All the students are happy.
Ergash so’z bosh so’zga qo’yidagi usullar yordamida birikadi.
Bu bosh so’z bilan ergash so’zning shaxs-sonda mosligidir. Bunda bosh va ergash so’z qaratqich kelishigi hamda egalik qo’shimchasi yordamida birikadi: qaratqich kelishigi qo’shimchasi ergash so’zga, egalik qo’shimchasi bosh so’zga (ba’zan ikkalasiga ham) qo’shiladi. Masalan my brother’s book-ukaning kitobi, my father’s car-otamning mashinasi, my sister’s dress-singlimning ko’ylagi;
Ega va kesim ham moslashuv usuli yordamida bog’lanadi. Moslashuvda ba’zan qaratqich kelishigiga yoki egalik qo’shimchasi tushurilishi mumkin.
Our school-bizning maktab.
Ergash so’zning bosh bilan grammatik vositasiz faqat ma’no jihatdan yo so’z tarkibi yordamida birikishi bitishuv deyiladi. Bitishuvda doimo ergash so’zdir.
Gap haqidagi ta’limot uzoq tarixga ega. Tilshunoslik fanida gap va uning tabiatiga doir turli qarashlar mavjud. Adabiyotlarda qayd etilishicha, hozirgi kunda gapning 300 ga yaqin ta’rifi ma’lum. Shu faktning o‘ziyoq gap tushunchasi naqadar murakkab va ziddiyatli ekanligidan dalolat beradi. Tilshunoslik tarixida sintaktik kategoriyalarni shu jumladan, gap va uning xususiyatlarini izohlashda bir-biridan farq qiluvchi bir qancha lingvistik oqimlar bo‘lgan. Shularadn biri va dastlabkisi logik grammatik oqimdir. Bu oqim gapni logika qonunlari asosida tahlil etadi. Bunda hatto “gap” termini gapning o‘ziga nisbatan logik xuqmga nisbatan ham qo‘llanadi. Gapga logik nuqtai nazardan qarashga rus tilshinusligida F.I.Buslaev misolida ko‘rish mumkin. U gapga “so‘zlar bilan ifodalangan hukm” deb ta’rif beradi. Gapga psixologik protsess sifatida qarovchilar ham bo‘lgan. Bunday qarash til fanida psixologik-grammatik oqim nomini olgan. Bu oqim gapni so‘zlovchi psixikasida paydo bo‘lgan tasavvurlar birikmasini ifoda etuvchi shuningdek, tinglovchi psixikasida ham shu tasavvurlarni hosil qiluvchi vosita sifatida baholaydi .
Gapga logik nuqtai nazardan qarash bilan psixologik nuqtai nazardan qarash o‘rtasida printsipial farq yo‘q. Har ikkala qarash ham gapning sof lingvistik belgilarini hisobga olmaydi. Bu hol tilshunoslikda gapning lingvistik belgilarini topishga intilishni kuchaytirib yubordi. Logik-grammatik va psixologik-grammatik oqimlarga qarshi kurashda uchinchi yangi oqim – formal –grammatik oqim maydonga keldi. Bu oqim ikki yo‘nalishda davom etdi. Ba’zi olimlar gapga ta’rif berishda uning kommunikativ birlik sifatidagi xususiyatlarini, bu xususiyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan kriteriylarni hisobga olish kerak. Boshqalar esa gapning formal belgilariga birinchi galda formal-grammatik belgilariga tayandilar. Kommunikativ birlik sifatida gap nutqning pauzalari bilan ajralib turadigan va xabar bildiradigan yaxlit parcha sifatida baholanadi. Masalan, M.N.Peterson gapni fikriy va intonatsion butunlik sifatida izohlaydi. Uningcha gap bilan so‘z birikmasi o‘rtasida printsipial farqi yo‘q, gap grammatik birlik emas, balki faqat kommunikativ birlikdir .
Kommunikativ birliklarning ko‘pchilik olimlar tasnifni ixchamlashtirish yo‘lidan borayotganligi sezilib tursada, lekin tadqiqotchilar bunda ham turlicha mezonlarga murojaat qilayotganligi sezilib turibdi. Ayrim mualliflar darak va buyruq gaplarni yagona guruhga kiritsalar, boshqalari esa darak va so‘roq tuzilmalarini bir qatorga qo‘ymoqdalar. Ingliz tili gaplarining struktur tadqiqi bilan shug‘ullangan L.S.Barxudarov hatto til tizimida gaplar faqat buyruqni ifodalash/ifodalamasligiga qarab tasniflash imkoniyati mavjud, degan fikrni bildirgan edi.
Bunday tasnifiy nomutanosibliklarning paydo bo‘lishi, albatta, ba’zi sabablarga bog‘liqdir. Zotan, ajratilayotgan funktsional turlarning barchasi ba’zi mazmuniy va grammatik umumiylikka egadirlar. Jumladan, darak va buyruq gaplari tinglovchiga axborot etkazishga mo‘ljallangan va shu jihatdan so‘hbatdoshdan axborot olish maqsadini ko‘zlaydigan so‘roq gaplariga qarama-qarshi turadilar. Umuman olganda so'zlovchi tinglovchiga o'z fikrini bayon qilish uchun o'z oldiga turli maqsadlarni qo'yadi, ya'ni biror voqea haqida ma'lumot olishni istaydi, yo tinglovchini biror ishini bajarishga undaydi, yoki shu haqda istak bildiradi. Demak, so'zlovchining bunday istagi ifoda maqsadiga ko'ra gaplar uch turga bo'Iinadi: darak gaplar, so'roq gaplar, buyruq gaplar.
Darak gap. Borliqdagi voqea -hodisa, narsalarni tasdiq yoki inkor yo'li bilan xabar qiluvchi gaplar darak gap deyiladi. Masalan: Asadbek, Elchinning girdobidan qulini oldi-yu , o’sha zahoti jag’iga musht tushirdi.(T. Malik. Shaytanat.bet.31.) Darak gap maxsus ko'rsatkichga ega emas. Darak gap fe'l bilan, ayrim hollarda ot bilan ham ifodalanadi. Masalan: Dunyo xaritasida jahon hamjamiyati tomonidan tan olingan yangi davlat O'zbekiston Respublikasi paydo bo'ldi. (I. Karimov). Bahor keldi, gullar ochilsa, yana avvalgiday tabiat gullar bilan to’lsa. (H. O.)
Shuning bilan birgalikda, buyruq va so‘roq gaplarning kommunikativ vazifasida ham uxshashlik mavjud, ya’ni ularning har ikkalasi ham tinglovchini biror-bir harakatga undaydi. Shu bois bo‘lsa kerakki, ushbu turdagi gaplar, darak gaplardan farqli ravishda, asosan diologik nutqda uchraydilar. Darak va so‘roq gaplari o‘rtasida ma’lum darajada umumiylik mavjud, chunki ularning ikkalasi ham predmet va hodisalar o‘rtasidagi munosabatlarni tavsiflash xususiyatiga ega. Shu bois bu turdagi gaplarda modallikning ifodalanishi erkindir. Buyruq gaplarining qo‘llanishi esa doimo imkoniyatdagi modallik bilan bog‘liqdir. Aynan shu xususiyatlarga va buyruq gaplarining sub’ekti formal ifoda topmasligini inobatga olgan holda L.A.Barxudarov buyruq gaplarini boshqa gaplarga qarama-qarshi qo‘yadi.
So‘roq va buyruq gaplar kommunikativ jihatdan umumiy xislatlarga ega bo‘lishidan qat’iy nazar, oxirgi turdagi gaplarning o‘ziga xos xususiyatlari ayniqsa kommunikativ maqsadni voqelantirish sharoitida aniq ko‘zga tashlanadi.
Ajratilayotgan uch funktsional turga kiruvchi gaplarning farqi kommunikativ maqsad faollashuvida namoyon bo‘ladigan so‘hbatdoshlar munosabatida o‘z aksini topadi. So’zlovchi darak gapi vositasida ma’lum hodisalar o‘rtasidagi munosabatlarni ta’kidlaydi. Demak, ushbu gapning kommunikativ maqsadi so‘hbatdosh tamonidan uzatilgan axborotni qabul qilishga yo‘naltirilgan. Tinglovchining boshqa hatti-harakatlari gap grammatik ma’nosi bilan bog‘liq bo‘lmasdan, balki nutq vaziyati, gapning aniq mazmuniga tobedir. Buyruq semantikasi ham biror bir hodisa, fakt ta’kidini inkor qilmaydi. Lekin talab qilinayotgan javob harakati ko‘pincha majburiydir, chunki ushbu harakatning bajarilishi yoki oldindan rejalashtiriladi yoki uning ijrosiga rozilik (norozilikni) bildirishni so‘raydi.
So‘roq gaplarning grammatik ma’nosi esa so‘hbatdoshdan darak gap shaklidagi yoki paralingvistik elementlar vositasidagi javobni ko’tadi. Demak, kommunikativ maqsad ifodasi va qo‘llanish qoidalari jihatidan darak, so‘roq va buyruq gaplariga bir xil mundarija xos bo‘la olmaydi.
Lekin qariyib 17- asrning oxirigacha so‘roq va undov belgilari to‘liq qabul qilinmagan bo‘lganligini va hozirgacha ularning qo‘llanishida variantlashuv holatlari uchrab turishini unutmasligimiz lozim. (Gurlach 1991 : 58). Lekin so‘roq belgisining yo‘qligi gapning kommunikativ mazmunini anglash uchun har doim ham to‘siq bo‘lavermaydi. So'roq gap. So'zlovchi uchun ma'lum bo'lmagan voqea, hodisa, harakat holat haqidagi so'roqni ifoda qiluvchi gaplar so'roq gap deyiladi.
Suvdan oldin—-sel kelar,Tuzdan keyin—siz kelar.
Suv, tuzga—siz qo'shsak,Toping, qanday so' z bo' lar?(grammatik topishmoq)
So'roq gaplarning tarkibida so'roq olmoshi va so'roq yuklamasi bo'ladi yoki so'roq ohangi bilan talaffuz etiladi. Ex:Bor "yalpizda", yashinda.Ham "yaqin", ham yashilda.Undan so'ng yozilmasa,U qaysi harf ekan-a?
Bir unli-yu bir undosh,Qanday bo'g'in? Top Yo'ldosh.(gramatik topishmoq)
So'roq gaplar quyidagi vositalar orqali hosil bo'ladi:
1. So'roq olmoshlari. kim? nima? qanday? qaysi? qancha?necha? qaerda? qachon? nega? nima uchun? Masalan:Tuz qachon bo'ladi tus .Qor qachon bo'ladi qor? (grammatik topishmoq)2. -mi, -chi,-a,-ya yuklamalar: Terma. terim
Xuddi shuningdek, o‘rta ingliz davrida so‘z tartibi va yordamchi fe’llar vositasida yasaladigan analitik shakllar faollashuvida ham yakdil tizim hosil bo‘lmagan: ,, Why didst thou tell me that thou wert a king?’’(Shakespeare. Henry IV, V, 3,24); ,, Why look you so upon me?’’ (Shakespeare. The Winter is Tale, IV, 4,454).
Bundan tashqari, gaplarning tamoman qarama-qarshi tasnifi mavjud bo‘lib‚ unda gaplarning grammatik formasini hisobga olmagan holda faqat mazmuni e’tiborga olingan. Bunday yondashuvda so‘zlovchi o‘zining fikri bilan tinglovchiga ta’sir etish xohishining bor yoki yo‘qligiga nisbatan gaplar ikki asosiy toifaga bo‘linadi. Birinchi toifaga odatdagi tasdiqlar‚ har-xil undovlar hamda God save the King shaklidagi istaklar kiradi. Ikkinchi toifaga kiruvchi gaplarda ifodalanadigan fikrlarning maqsadi ─ tinglovchi erkinligiga ta’sir etish‚ ya’ni uni nimanidir bajarishga undash. Bu toifaga savollar va xilma-xil iltimoslar: qo‘pol buyruqdan tortib‚ jur’atsiz va tahqirli yolvorishlargacha bo‘lgan iltimoslar kiradi.
Kommunikativ turdagi sodda gaplarning uchta mustaqil turga ajratuvchi an’ananaviy tasnifning kamchiliklarini aniqlashga uringanlardan biri I.P.Raspopovdir. Muallifning fikricha, bunday turkumdagi gaplarni ajratishda kommunikativ maqsad va modal ma’noning turli tuman xususiyatlari chalkashtirib yuborilgan. I. N. Raspopov eng avvalo darak va so‘roq gaplarni ularning kommunikativ maqsad ijrosiga oid vazifasiga qarab asosiy turlarga ajratib‚ faqat shundan keyin ushbu gaplarning modal xususiyatlarini alohida tahlil qilishni taklif qilgan .
Xususan‚ N.M. Shepeleva, G.I.Mullayanova modal xususiyatlariga qarab darak gaplarni tasnifning birinchi bosqichida ob’ektiv - daraklilarga yoki deklarativlarga (ya’ni ular so‘zlovchining xohish – istagi bilan bog‘liq bo‘lmagan axborotni ma’lum qiladilar) va sub’ektiv daraklilarga (ya’ni so‘zlovchini xohish - istagiga bog‘liq bo‘lgan xabarni etkazish mumkinligi yoki zaruriyatini ifodalaydi) ajratishga chaqiradilar. Keyingi bosqichda barcha sub’ektiv-darak gaplar so‘zlovchining boshqa shaxsga yo‘llanmagan xohish - istagini ifodalovchi optativ gaplar guruhiga hamda so‘zlovchining xohish - istagini boshqa shaxsga yo‘llanganligini ifodalovchi buyruq (imperative) gaplar guruhiga bo‘linadi. Uchinchi bosqichda hamma buyruq gaplar bevosita-buyruqli va bilvosita-buyruqli gaplariga ajratiladi.
Yuqorida ta’kidlangandek‚ tilshunoslar bir tomondan‚ darak va so‘roq gaplarni‚ boshqa tomondan esa darak va buyruq gaplarni qarama-qarshi qo‘yadilar. Shu bilan birga, darak‚ so‘roq‚ buyruq gaplarning har biri o‘ziga xos struktur va semantik belgilarga ega.
Gaplarning kommunikativ turlarining nisbatan aniqroq tasnifi boshqa tadqiqotchilarning ishlarida keltirilgan bo‘lib‚ ular sodda gaplarning an’ananaviy uchta mustaqil turga ajratilishidan qoniqmaydilar. Jumladan, L.P.Chaxoyan ushbu tasnifning asosiy kamchiligini uning etarlicha mazmuniy bo‘lmaganligida ko‘rdi. Zotan bu klassifikatsiya doimiy morfologik yoki sintaktik ifoda formasiga ega bo‘lmagan kommunikativ birliklarni etarlicha hisobga olmaydi. Bundan tashqari, an’anaviy tasnif kerakli darajada formal emas, zero shakliga qarab bo‘lingan kommunikativ turlarning ba’zilari har-xil mazmunni ifodalaydi. Masalan, so‘roq gap shakliga qarab‚ talab‚ taxmin‚ ta’na kabilarni; buyruq gap - buyruq iltimos‚ ruxsat‚ taqiq kabilarni ifodalashi mumkin. Tasnifni so‘zlovchi bajaradigan nutqiy harakat turi asosida hamda nutqiy taffakur jarayonida ob’ektiv voqelikning har - xil qirralarini aks etilishini qayd etuvchi funktsional - semantik turdagi elementlarni hisobga olgan holda tuzishni taklif qilgan L.P.Chaxoyan quyidagi kommunikativ birliklarni aniqlaydi: ta’kidlovchi kommunikativ birliklar va ularning kommunikativ-semantik turlari; so‘roq kommunikativ birliklar va ularning kommunikativ- semantik turlari; buyruq kommunikativ birliklari va ularning kommunikativ-semantik turlari [Chaxoyan 1979: 30-32]. Masalaga bunday yondashuv gaplarning kommunikativ turlarini ya’ni, darak, so‘roq va buyruq gaplar o‘rtasidagi chegaraning harakatchanligini ochib beradi va ma’lum darajada gaplarning nutqda aktuallashib, o‘zining bevosita tub vazifasini yo‘qotib, o‘ziga xos bo‘lmagan kommunikativ funktsiyalarda qo‘llanilish holatlarini tushunishga yordam beradi.


Yüklə 104,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə