So'roq gaplarning shakliy-mazmuniy tuzilishi va uning talim bosqichlarida órganilishi mundarija: Kirish i-bob


So’roq gaplarning grammatik xususiyatlari



Yüklə 104,48 Kb.
səhifə3/6
tarix30.12.2023
ölçüsü104,48 Kb.
#167345
1   2   3   4   5   6
So\'roq gaplarning shakliy-mazmuniy tuzilishi va uning talim bosq

1.2. So’roq gaplarning grammatik xususiyatlari.
So‘roq tushunchasining tarixi uzoq va uning lisoniy hodisa sifatida yuzaga kelishi insonning olamni bilish ehtiyoji o‘sishi bilan bog‘liq. So‘roq hodisasining shu nuqtai nazardan o‘rganilishi bilan faylasuflar, mantiqshunoslar band bo‘lishib, ushbu tushunchaning bilish nazariyasidagi o‘rni, savolning mantiqiy (semantika) va strukturasi va uning to‘g‘ri tuzilishi masalalari muhokama qilib kelindi. So‘roq gaplar so‘zlovchining tinglovchidan o‘ziga noma’lum va noaniq biror narsa-predmet yoki voqea-hodisa haqida ma’lumot talab qiladigan murojaatini ifoda etadi. Bunda murojaat so‘roq yo‘li bilan beriladi va tinglovchidan shu so‘roqqa javob beriladi.
Demak, so‘roq gaplar o‘zaro aloqa-aralashuvda, fikrlashuvda nutqiy suhbatni keltirib chiqaradi. So‘roq gaplar o‘z tuzilishi, mazmuni va bajaradigan kommunikativ vazifasi jihatidan murakkab tuzilmalar bo‘lib, boshqa turdagi gaplardan o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. So‘roq gaplar alohida kommunikativ turni tashkil qilgan holda, sintaktik tuzilish jihatidan to‘liq ko‘rinishga ega bo‘lishlari, so‘roq yoki boshqa shaklda namoyon bo‘lishlari hamda darak gaplarining so‘z tartibini olishlari mumkin. Ularning shakliy va ma’noviy nomutanosibligi ba’zan hatto ”so‘roq gapi” tushinchasiga murojaat qilishni ham qiyinlashtiradi. So‘roq gaplarini guruxlarga ajratish, ularni tasniflash va tabiatini aniqlashga qator muammolarni keltirib chiqaradi.. Ushbu tadqiqotda so‘roq gaplar maqomi va tasnifiy belgilar masalasini batafsil muhokama qilishni talab qiladi. So‘roq gaplarning alohida guruhini tashkil qiladigan so‘roq gapli tuzilmalarning kommunikativ vazifa bajarish hamda semantik mazmun ifodalash imkoniyatlarini tadqiq etishdir. Lingvistik an’anaga binoan barcha guruhlardagi so‘roq gaplarining asosiy vazifasi sifatida axborot so‘rovi qaralib kelinmoqda. Bajarilayotgan semantik-sintaktik tahliliy jihatlari to‘lig‘icha o‘rganilib kelmoqda . Odatda, so‘roq gaplar muloqot jarayonida uch xil vazifani bajaradi: a) so‘rovchining axborot olish istagi; b) so‘zlovchi istagan axborotni etkazish; c) javobni talab qilish. Ingliz tilida savolning ifodalanishi va savol gaplari tasnifi masalasiga bag‘ishlangan ushbu ishda D.Bolinjer tasnif mezonini gap strukturasining o‘zidan izlashga undaydi. Masalan, darak gap shakliga ega bo‘lgan va tarkibida olmosh qo‘llanmaydigan gaplarni so‘roq gaplar qatoriga kiritish uchun birinchi navbatda ularni javobini talab qilishiga ahamiyat berish lozim. Masalan, Can you read it? va You read it? tuzilmalarining farqi faqat “savol ko‘rsatkichi”ning bor yoki yo‘qligida, ular bajaradigan funktsiya bir xildir . So‘roq gaplarining lisoniy strukturasi va umumiy kommunikativ vazifasi o‘rtasidagi bog‘liqlik har holda ma’lum darajada saqlanadi. So‘roq gaplarining struktur xususiyatlari qatoriga quyidagilar kiradi: 1) o‘ziga xos intonatsiyaga ega bo‘lish; 2) so‘z tartibi; 3) fe’l kesimning mayl shakli.
So‘roq gaplar tushunchasini to‘liq tavsiflash uchun ularni sintaktik erkin bo‘lgan gaplar hamda leksik tuzilmalar bilan taqqoslash maqsadga muvofiqdir. Ma’lumki‚ sintaktik erkin bo‘lgan gaplarning leksik va umumgrammatik ma’nosi bo‘laklarning tegishli bo‘laklari ma’nolaridan tarkib topgan. Ba’zan so‘roq gaplar tarkibida frazeologik strukturali gaplar ham mavjud bo‘lib ularning ma’nosini esa komponentlar ma’nosidan chiqarib bo‘lmaydi‚ bu erda mazmun gapning barcha tarkibli tuzilishi bo‘ylab yoyilgan bo‘ladi. Bu gaplarning aniq mazmuni ma’lum darajada yo‘qolgan‚ o‘chgan‚ alohida so‘zlarning leksik ma’nosi har holda saqlansada‚ lekin ,,barcha birliklarning umumiy ma’nosi bilan qorishib ketadi”.
Masalan‚ ingliz tilidagi quyidagi turg‘un tarkibli so‘roq gaplari Why don’t +Pr+V…? modelida tuzilgan bo‘lib‚ ular ko‘proq istak, mayl ma’nosini ifodalash uchun ishlatiladi: Why don’t you come in? Why don’t they have a rest?
Biz tavsiflayotgan ikki kategoriyaning semantik farqi shundan iboratki‚ so‘roq gaplar «xabar»‚ «savol»‚ «xohish-istak»ni ifodalasa‚ leksik frazeologizmlar esa «so‘z-tushuncha» munosabatini ifodalaydi. Ushbu tadqiqotda o‘rganilayotgan so‘roq gaplarning qatorida shundaylari ham borki‚ ular o‘zlarida sintaktik bog‘liqlik belgilarini hamda leksik birliklari xususiyatlarini umumlashtiradilar. So‘roq gap ko‘rinishidagi bu tuzilmalar kommunikativ birliklar vazifasida qo‘llanadilar va ayni paytda semantikasida asl ma’noning ifodalanmasligi ularni leksik tuzilmalar bilan yaqinlashtiradi.
Masalan, to think fe’li tub ma’nosini (fikrlamoq‚ mulohaza qilmoq‚ nimalar‚ kimlar xususida o‘ylash) yo‘qotib, o‘zga semantikada adresatning xulq-atvoriga nisbatan so‘zlovchining nafratini‚ g‘azablanishini ifodalamoqda.So‘roq gaplardan tayyor formalar sifatida foydalanish tilning o‘ziga xos funktsional uslublaridan bo‘lgan so‘zlashuv nutqining xarakterli belgilaridan biridir. Zotan bevosita muloqot sharoitida variant shakllarini tanlash imkoniyati birmuncha cheklanadi va shu bois so‘zlashuvchilar tomonidan ishlatiladigan tuzilmalar avvaldan tanlanmay, balki til vositalarining boy xazinasidan bevosita tayyor holda olinishi tabiiydir.Bunday turdagi so‘roq gaplar olmoshli tarkibiga so‘roq olmoshi va olmoshsiz gaplar guruxlariga bo’linadi


Yüklə 104,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə